1.2. Furqat lirikasi va uning g’azallaridagi bosh mavzu.
Qadim Sharq she’riyatining ruh va haqiqat olamiga e’tibor qaratilsa, vasl va
visol ishtiyoqi, ayriliq va hijron azobi unda yerdan ko’kka qadar yuksalgani, ya’ni
eng buyuk armon Olloh diydoriga yetishish, eng so’ngsiz judolik Ollohdan
yiroqlik ekani daf’atan ravshanlashadi. Shunga qaramasdan, ona vatandan,
qondosh va jondosh eldan ajralish hazilakam firoq va judolikdan ham og’ir
bo’lishiga Olloh taoloning o’zi bandasini iqror aylab, o’zi uni sabrga undagan.
Chunki bu hijron holati yonib-kuyib so’nish, samandarday yana tirilib, fig’onu
faryod chekishni zuhurlantiradi. “Hijron qafasida” “jon qushi” bo’g’ilib ketgan
shoh va shoir Bobur Mirzo yozadi:Ko’pdin berikim yoru diyorim yo’qtur,
Bir lahzau bir nafas qarorim yo’qtur.
Keldim bu sori o’z ixtiyorim birla,
Lekin borurimda ixtiyorim yo’qtur.
Chorasizlikka chora, ixtiyorsizlikka ixtiyor o’laroq ko’nikish odamni aql bovar
qilmas g’ussa va qiynoq chohiga qulatadi. Bunday ahvolga mahkum bo’lgan
ijodkorning adabiy shaxsiyati ham azob va hasrat olovmda yonadi, shakllanadi.
Qo’qon farzandi Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat shulardan biri edi.
Furqatning she’rga qiziqishi ancha erta boshlangan. “Chun tab’imda she’rdin
asar ko’rub, – deydi shoir, – hatto bir-ikki g’azal manzurlari o’lub, taxallusidin
29
birmuncha so’z arog’a tushti. Furqat iboratikim, ma’nisi judolig’dir, xosiyat
boisidin marg’ub ko’runmamish.”
24
Badiiy ijodga endi qadam tashlayotgan ijodkor uchun mutolaaning ta’siri ham,
ahamiyati ham katta bo’lishini Furqat tajribasi ham to’la tasdiqlaydi. U tarjimai
holidan bahs yuritgan asarida Attorning “Mantiq ut-tayr” dostoni, Xoja Hofiz
devonini qiziqish ila o’qiganini ta’kidlab yana: “abulmaoniy Mirzo Abdulqodir
Bedil devoni g’azaliyotiga dil bog’lanib… Bedil dilbandi bo’ldim”, – deydi.
Furqat adabiy shaxsiyati va she’riyatiga kuchli ta’sir o’tkazgan ustozlarning
ustodi, albatta, Alisher Navoiy edi. “Chun umrum shohidi, – deydi u, –
to’qquzlarda orqasidin chehra ko’rguzdi. Alisherning turkiy devonlarikim Navoiy
laqabdur, zabonim qushi ul xirmondur donachin o’ldi…” Abdurahmon Jomiy,
Muhammad Fuzuliy, So’fi Olloyor – bular ham Furqatning sevimli salaflari, xayol
musohiblari edi.
25
Uning ma’nan ilgarilashi va shoirlik sirlarini o’zlashtirishini u mansub adabiy
muhit va ijodiy jarayondan ajratish mumkin emas. Mana bu so’zlar shu nuqtai
nazardan e’tiborga molikdir: “… Xo’qand viloyatidagi fozil va rasotab’ kishilar
birla ittihod aylab, alarning suhbatidin ko’p bahralar topdim va asr shuarolarikim,
chunonchi, Mavlono Muhyi va Mavlono Muqimiy va Mavlono Zavqiy va
Mavlono Nisbatdurlar, hamisha majlis bunyod aylab, zoda’i tab’larimizdin
mushoira qilur erduk va bir g’azalda tatabbu’ ko’rguzub, bir mazmun har nav’
ifoda topar erdi”.
Jamiyat va turmushdan topmagan ma’naviy tenglik va erkinlikni ijod ahli ana
shunaqa yig’in, davra hamda gurunglardan topishgan. Bu esa did va saviyani
charxlagan.
24
Yusupov Sh. Xudoyorxon va Furqat. –T.:“Sharq” nashriyoti-matbaa kontserni Bosh tahririyati. 1995. – 93 b.
25
Yusupov Sh. Xufiya qatlamlar. –T.: “Ma’naviyat”. 1999. –141b.
30
Bunday qaralganda, shoir hissiyot va taasssurot kishisi. Tuyg’u va taassurot
imkoni unda qancha kengaysa, ijodida yangilanish ham o’shancha ortadi. Buni
Furqatning safar va sayohat mavzuidagi she’rlari ham to’la tasdiqlaydi.
Dunyo kezish, ayniqsa, Turkiya, Yunoniston, Bulg’oriya, Misr, Arabiston va
Hindiston mamlakatlaridagi sayohatlar shoirning dunyoqarashi, hayotning oqu
qorasi, balandu pastini farqlashiga alohida ta’sir o’tkazgan. U she’riy
maktublaridan birida:
Yer yuzida ko’rmadim Bo’mbay kabi shahri azim,
Garchi kezdim Misr ila Istanbulu Bulg’orlar, –
deydi.
Qaysi o’lka yo shaharda bo’lmasin, shoir kindik qoni tomgan yurti, qadrdon
do’st va aqrobolarni orziqib xotirlaydi. Xotirlab vatanidan madad tilaydi.
26
Taqdir taqozosi va davr o’yinlari bois Yorkentga muqim o’rnashgach, u
adashish bilan ajralish, unutish bilan ko’nikish oralig’idagi bir qayg’u, chek-
chegarasi ko’rinmas armon og’ushida kun kechiradi. Shoir o’zini bo’stonidan
ajragan bulbul, oshyonidan judo bo’lgan “murg’i vahshiy”dan ham battar ahvolda
tasavvur qiladi:
Kishi holimni bilmas – mehribonidin adashganman,
Vatan ovoradurmen, do’stonidin adashganman,
Vatansiz benavodurmen, makonidin adashganman,
G’aribi ko’yi g’urbat xonumonidin adashganman,
Va yo bir murg’i vahshiy oshyonidin adashganman.
Shoirning ma’naviy uyg’onishi, hayot qiyinchiliklariyu, turmush tashvishlariga
taslim bo’lmay fikran ilgarilashi, Dard darajasi va Iztirob miqyosiga bevosita
daxldordir. Shoh Mashrab bejiz “Kimning dardi yo’q, aning imoni yo’q”, –
demagan. Furqatning hayot va ijod yo’lini yoritgan iztirob nuri esa erk hissiyoti va
hurlikka sidqu sadoqat edi. Mahzun yurakda Olloh ravnaq bag’ishlaydigan bu
26
Yusupov Sh. Xufiya qatlamlar. –T.: “Ma’naviyat”. 1999. –141b.
31
noyob tuyg’u turli ohanglarda uning o’nlab she’rlarida tasvirlangan. Mana u bir
g’azalida nima deydi:
27
Biz istig’no eli, qichqirmagan ma’vog’a bormasmiz,
Agarchandiki xirmon aylasa, dunyog’a bormasmiz…
Biz ellar, faqr elimiz, parcha nong’a sabr aylarmiz,
G’araz dunyo uchun Iskandaru Dorog’a bormasmiz.
Ushbu so’zlar qone’likka chorlovdan ko’ra, erishilgan ruhiy erkinlik
muhofazasiga bag’ishlangan durdona kalimalardir. Ularni chin shoirning axloq va
e’tiqod dasturi, deyish joiz. Yigirmanchi asr o’zbek adabiyotining asosiy bir
tolesizligi mana shunday hurriyat, ma’naviy-axloqiy qanoat va ijodiy g’ururdan
judo bo’lganligidir.
Bu ayanchli ahvolning tarixi esa jiddiy o’ylashga loyiqdir. Furqat Qo’qondan
Toshkentga kelganida o’ttizdan qirqqa qarab endi qadam tashlagan yigit bo’lgan.
Shoir kishining kuch-quvvati bilan birga hissiyot va ehtirosi ham bu yoshda jo’sh
urishi muqarrar. Tasavvufiy hayot va nafs tarbiyasi to’g’risida Furqat ma’lum bir
tasavvurga ega bo’lgan bo’lsa-da, nafsu havoni mag’lub aylash uchun biror
murshid dargohida ranju riyozat chekmagan edi. So’fiylarning kuzatishlari
bo’yicha, odam bolasi o’zini uch olovdan asrashi yoki qutqazishi bag’oyat
mushkuldir. Ulardan birinchisi – shahvat olovi, ikkinchisi – shon-shuhrat olovi,
uchinchisi – ziyofat olovi. Bulardan keyingi ikkisi Furqatning taqdiriga katta ziyon
yetkazgandi.
Furqat Toshkentga kelgach, Fon Kaufman, Abramov, Ostroumov kabi chor
amaldorlari bilan uchrashgan. General-gubernator unga ehtirom ko’rsatib,
mehmonga chaqirgan. “Toshkent shahriga kelib, – deydi u, – ikki marotaba janob
general-gubernator uyiga mehmon bo’lib borib, anda har xil tomoshalar ko’rdim”.
Shoir general-gubernatorga bag’ishlab yozgan qasidasida esa uni “adolat
dastgohi”, deya ta’riflaydi. Xullas, o’zi bilib-bilmay, istab-istamay erki, xohish-
27
Qayumov A. She’riyat jilolari. –T.: “O`qituvchi”, 1997. –124 -b.
32
irodasini Furqat rus mustamlakachi mansabdorlarning qo’liga topshirgan edi. Ular
esa har turli siyosiy nayrang va o’yinlar bilan uni chalg’itish, iste’dodidan
o’zlarining ichki maqsadlari uchun foydalanishga erishgan edilar. Nainki xorijiy
yurtlarda, balki turg’un istiqomat qilgani Yorkent zaminida ham Furqatni qiynagan
eng achchiq haqiqat ana shu edi.
28
Shoir erk va ozodlikka sodiq bo’lolmasa, erk va ozodlik hech payt unga
tayanch bo’lolmaydi. Badiiy ijoddagi har qanday buzilish, tanazzul va yuzsizlik
mana shunday boshlanishini chuqur fahmlagan shoirlarimizdan biri ham Furqatdir.
Uning mashhur “Sayding qo’yaber, sayyod”ini mohiyatan ozodlik gimni, “Uch
xarobotiy” deb nomlangan tarje’band-musaddasini hurriyat qo’shig’i, deyilsa
g’alat bo’lmaydi. Ustod Maqsud Shayxzoda ushbu she’rni Furqat lirikasining
“shoh asari” deyishga loyiq, deb baholagandi. Unda so’fiyona mazmundagi
asarlarda tatbiq qilinadigan so’z, ibora va istilohlar anchagina. Biroq ular irfoniy
maqsadga xizmat etadi. Shoir “uch qalandarmiz, qalandarxonada hamxonamiz»
yoki «xonaqoh kunjig’a borib toat ayladuk”, deganda ham botiniy hurlikni
sharaflaydi. Bu xususan, “uch navoiymiz” deb boshlanadigan oltilikda ochiq-oydin
anglashiladi:
Uch navoiymiz, kelinglar, azmi gulshan aylali,
Andalibg’a qo’shilib, ul yerni maskan aylali,
Kuydurub gul shoxu yafrog’ini gulxan aylali,
Chiltanni na etarmiz, o’zni chortan aylali,
Yor bizni(ng) yorimiz, jonon bizning jononimiz,
Ushbu davron birla o’tsak, yo’q erur armonimiz.
Umuman olganda,
musaddasda “uch alamkash”, “uch birodar”, “uch musofir”, “uch adoyi”, “uch
g’aribiy”, “uch vafoiy”, “uch balokash” nuqtai nazari va kayfiyati asosida
28
Qayumov A. She’riyat jilolari. –T.: “O`qituvchi”, 1997. –124 -b.
33
erksevarlik g’oyasi hech bir shoirnikiga o’xshamaydigan usulda juda chiroyli
tasvirlab berilgan. Darveshlik, faqirlik va qalandarlikni yoqlagan holda Furqat
rindlikni, ya’ni rind ma’naviyati va erkinlik imkoniyatini ulardan yuqori qo’ygan.
Haqiqiy san’atkorlik – dardli, armonli yurakning bir parchasini go’yo uzib olib
suvratlantirish yoki ezgin ruh holi va manzaralarini so’z bilan chizib berishdir.
Bundan boshqasi qog’oz qoralash, ijodkorlik iddaosi ila o’quvchini aldash
hisoblanadi. Shu ma’noda o’zbek kitobxoni ko’p aldangan. Bir paytlar xayoliy
ishq, turg’un hijron va ayriliq hasratlariga ko’niktirilgan omma, ayni paytda
yalang’och didaktika, kitobiy, hatto g’ayriilmiy g’oyalar bilan ovuntirilgan. Chor
hukumati bosqini bilan ildiz yozib, mustamlakachilik siyosatidan sovet ilm-fani va
adabiyotiga meros o’tgan ijtimoiy, madaniy ma’rifatparvarlik tushunchalarini
to’g’ri va xolis baholashga, albatta, imkon berilmagan. Negaki, millatsevarga
millatchi, xalqparvarga xalq dushmani yoinki vatan xoini deb ayb qo’yish uncha
qiyin kechmagan. Ong va idroki o’sha mash’um qo’rquv va xavf-xatardan butkul
qutulmagan millatga haqiqat qadar ilhombaxsh, haqiqatchalik jur’at bag’ishlovchi
kuch-qudrat manbai topilmaydi. Mustaqillikka qadam qo’yishdanoq buni jiddiy
o’ylash, har bir ishni shu mezonda baholash zarur edi. Afsuski, bunday bo’lmadi
va chala haqiqatchilik tamoyili oldingiga nisbatan ham kuchayib ketdi. Oqibat esa
ma’lum. Ayni shu nuqtai nazardan Furqat shaxsi, dunyoqarashi, she’riy, xususan,
nasriy merosiga qaralsa, furqatshunoslik milliy g’oya va mafkura talablari bo’yicha
isloh etilib, ayrim qirralari butunlay yangilanishi lozimligiga shubha qolmaydi.
Bundan-da ahamiyatlisi, zamonasozlik, siyosatkorlik va moddiy manfaat yo’lini
maqbul ko’rgan ilm-fanning ertasi nima bo’lishini bilish va xulosa chiqarishdir.
Furqat tarjimai holi, turli janrdagi asarlari tadqiqu tahlil etilgan yuzlab maqola, bir
necha ilmiy to’plam, risola va kitoblarni o’qib-o’rganilsa, beixtiyor ongi
siyosatdan zaharlanmagan, maslak va e’tiqodda betaraflikka amal eta bilgan va
niyati beg’araz olim yo tadqiqotchi bo’lganmi o’zi, degan og’riqli bir savol
tug’iladi. Gapimiz dalilsiz bo’lib qolmasligi uchun shoirning yuz yillik tavalludiga
bag’ishlab chiqarilgan to’plamdagi “Furqat ijodi va zamonamiz”, “Furqat lirikasida
sotsial motivlar”, “Furqat va Hamza” nomli maqolalarni xotirlatib o’tmoqchimiz.
34
Ulardan birida o’qiymiz: “O’rta Osiyoning Rossiyaga qo’shib olinishi natijasida…
o’zbek xalqi bilan rus xalqining taqdiri birlashdi, o’zbek mehnatkashlari bilan rus
mehnatkashlari bir kurash yo’liga kira boshladilar, o’zbek xalqi o’z kelajagini, o’z
hayotini o’z xohishicha belgilashga bo’lgan intilishda rus proletariatidek qudratli
yordamchiga ega bo’ldi”. Bular Furqat bahonasida to’qilgan ilmiy uydirmalardan
bir tomchi ham emas, albatta. Xo’sh, shunday holat yo hodisalar takrorlanmasligi
uchun nima qilish kerak? Nega adabiyotshunoslikda tub yangilanish yo’q?
Adabiyot badiiy matn hayoti va tarixidan ayri bir nima emas. Ammo matn
mohiyatini mukammal kashf qilib, uning g’oyaviy-badiiy tarkibidan so’z yuritish
juda qiyindir. Chunki haqiqiy matn ma’no-mazmunini tushunib, taassurot yo’li
bilan uning musiqasi, ya’ni ohang tovlanishlarini tinglash hamda rang va rangin
manzaralaridan zavqlanish boshqa-boshqa narsalardir. Bir-biridan ularni farqlash
nechog’lik o’tkir did, yuksak saviyani talab qilsa, bir butun tarzda tasavvurda
jonlantirib, mushohada aylash uchun yanada keng bilim, ruhoniy zakovat zarur.
Badiiy matn tahlili bir yonda qolib, har turli ilmiy, g’ayriilmiy va nazariy fikr-
qarashlarni qalashtirib tashlashdek nayrangbozlik, yanada aniqrog’i, hech vaqt
yo’li to’silmas ilmbozlik harakati ana shunda har qalay susayadi. Zero, chetdan
o’zlashtirilgan ko’p fikr, tushuncha va xulosalar tadqiqotchi kabi o’quvchining
ham taassurot, tasavvur va xayol yo’liga to’siq bo’lganidek, bevosita adabiy
matndan tug’iladigan mushohadaga asos bo’lolmaydi. Bu esa o’z-o’zidan
tadqiqotchining mustaqil fikrdan mahrumligi va ma’naviy-ma’rifiy qiyofasizligini
oshkor etadi. Adabiy matnni tekshirish, birinchi navbatda, uning ma’ni, hol, ruh va
go’zallik jozibasini his qila bilishdir. Ana shunda adabiyotga zarar yetmaganiday,
behuda urinish, zo’rma-zo’raki chiranishlar adabiyotshunoslikda ham kamayib
boradi.
29
Uzoqqa bormasdan sho’ro davlati davrida Sharq mumtoz adabiyotini o’rganish
va adabiy matnlarni turli-tuman maqsadlarda izohlash hamda talqin qilish
tajribasini olaylik. Ayniqsa, diniy, tasavvufiy, falsafiy mazmundagi matnlarni
29
Qayumov A. Asarlar. VIII jild. –T.:“Mumtoz so`z” nashriyoti. 2009. –111- 421- betlar.
35
noto’g’ri va xohlagancha buzib izohlash umumiy bir urf tusini olgan. Chunki
markscha-lenincha ta’limotni dastak kilib, partiyaviylik, sinfiylik, zamonaviylik
ko’rsatmalariga sidqi dildan inongan adabiyotshunoslikdan, uning dongdor
vakillaridan boshqa bir nima kutish tasavvurga ham kelmagan, albatta. Ushbu holat
va haqiqatni tan olish naqadar qiyin kechgan bo’lsa, uni yangilash ehtiyoji hanuz
o’zini ko’rsata bilgani yo’q
30
.
Adabiyot haqida ham, hayot yo’li va taqdiri murakkab ijodkorlar to’g’risida
ham biz erkin fikrlash va to’g’risini so’zlash imkoniga erishdik. Bundan qanchalik
keng va faol foydalansak, kechagi qo’rquv, ehtiyot, hiyla va soxtakorliklardan
o’shancha ko’proq xalos bo’lamiz, haqiqat tuyg’usi ko’ngilga o’shancha ortiqroq
kuch va g’ayrat bag’ishlaydi. Demoqchimizki, qalami qilich yo nayzaday xizmat
qilgan shoir va adibga hech vaqt erkinlik berilmagan. Yuz yillarda dunyoga bir
keladigan iste’dod sohibini demasa, adabiy jarayonda doimo o’rtamiyonachi,
sulhparast va shijoatsizlarning oshig’i olchi bo’lgan. To’g’riso’z, haqparast
san’atkorni o’tmish yoki kelajak emas, balki o’zi mansub zamon qiynab, turli-
tuman jazoga giriftor qilgan. Shu bois ulardan ayrimlari bir umr ta’qib va
nazoratda yashasa, ba’zilariga juda og’ir jazo berilib, Fitrat, Cho’lpon, Qodiriyga
o’xshab qatl etilgan. Xullas, boshqa adabiyotlar kabi bizning adabiyot ham davr,
zamon, davlat va jamiyatga uzluksiz qurbonlik berib kelgan.
Turklarning zo’r shoirlaridan bo’lgan Tavfiq Fikrat bir she’rida:
Jam’i olam edik, parishon bo’ldik,
Oh, bir zolimning nafsiga qurbon bo’ldik, –
deydi. Bunday qurbonlik zolim hukmdor, jallod va qonxo’r zamondan
yog’ilgan kulfatu musibatni, ayniqsa, turkiy adabiyot ko’p boshdan o’tkazgan.
Adolatsizlik, nohaqlik, jaholat, zo’ravonlik tufayli bu adabiyot bergan qurbonlik,
hasratu yo’qotishlarni sanab sanog’iga, aytib adog’iga yetib bo’lmaydi. Shu
ma’noda o’lmas shoir Abdulla Oripov: “Tosh otmay ilojim yo’qdur, Furqatni
badarg’a qilgan zamonga”, deb yozganida mutlaqo haq edi.
30
Qayumov A. Shoir Furqat. Sharq yulduzi. 1986, 4-5, 1989, –5-6-sonlar.
36
Dog’uli davron, beshafqat zamon Furqatni goh avrab, goh aldagan, ba’zan esa
shoirligiga qarshi borishga ham majbur etgan. Shunda u o’zi istamagan ishlarga
bosh qo’shib, zohiriy zaruriyat yuzasidan qalam ham tebratgan. Bular bo’lgan,
goho ayrimi imo-ishoratlar orqali aytilgan voqealar. Hozirgi asosiy vazifa esa hech
bir tadqiqotchining beg’araz, halol va xolis mehnatini sira kamsitmay
furqatshunoslik ilmini yangilash hamda taraqqiy toptirishdir. Furqat taqdiri, adabiy
merosidan chiqariladigan to’g’ri xulosa va saboqlar, ayniqsa, hozir uchun har
qachongidan ham muhim. Buni keng tushunib, masalaning eng nozik tomonlari
ham qancha ochiq va aniq so’zlansa, o’shancha yaxshi.
31
Furqat haqli ravishda oʻzbek publitsistikasining asoschilaridan biri hisoblanadi.
Furqatning publitsist sifatidagi faoliyati 1890-yildan boshlandi. „Turkiston
viloyatining gazeti“ ga rasman ishga kirdi, gazetani tayyorlashda bevosita
qatnashdi. Bir yildan koʻproq vaqt mobaynida Sattorxon kabi ilgʻor
maʼrifatparvarlar bilan hamkorlikda ishlab, gazeta sahifalarida oʻz maqolalarini
eʼlon qildi. Masalan, 1891-yil 1-yarmida „Xoʻqandlik shoir Zokirjon Furqatning
ahvoloti. Oʻzi yozgoni“ publitsistik asarini yozib, shu gazetada eʼlon qildi. 1891-
yil mayda Samarqandga bordi, osori atiqalar bilan tanishdi, gazetaga xabarlar
yoʻlladi, keyin Buxoroda boʻldi. Iyulda esa chet el sayohatiga chiqdi. Uning chet
elga sayohati haqida turli taxminlar bor. Ayrim maʼlumotlarga qaraganda, u atayin
qaytib kelmaydigan qilib oʻz yurtidan chiqarib yuborilgan. Xullas, 1891-yilning
iyulida Marv—Ashxobod—Boku—Batumi orqali Istanbulga bordi. Doʻstlariga
yozgan maktublarida, voqealarni oldindan bilgandek, vatanidan bir umr ajralib
qoladigan odamning kayfiyatini aks ettirdi. Masalan, Istanbuldan yozgan „Sabogʻa
xitob“ sheʼriy maktubida vatan ishtiyoqi, doʻstlar sogʻinchi, gʻurbat azoblari va
yolgʻizlik motivlari birinchi oʻringa chiqqan.
O’ta milliy, tarixiy badiiy-estetik hodisa sanaluvchi qo’shiqlar millatning
poetik xotirasi, bilimlari qomusi, tuganmas ma’naviy boyligi sifatida juda qadim
31
Qayumov A. Shoir Furqat. Sharq yulduzi. 1986, 4-5, 1989, –5-6-sonlar.
37
zamonlardan to hozirgacha yaratilib, kuyianib kelmoqda. Xalq she’riyatining
qadimiy, ommaviy, an’anaviy turi sanaluvchi qo’shiqlar insonga, insoniyatga
doimiy hamroh bo’lib. unga ma’naviy turmushda ko’makchi, xilma-xil
marosimlarning betakrorligini ta’minlovchi badiiy qismi vazifasini o’tab
kelmoqda.
Xalq qo’shiqlarida insonning ruhiy olami, ichki kechinmalari, turmushida sodir
bo’luvchi ko’ngilli va ko’ngilsiz voqealar, g’am-anduh yoki shodligu
xurramliklari, mehnat mashaqqatlari, sevgi iztiroblari his-tuyg’ular orqali aniq
badiiy obrazlarda gavdalantiriladi.
32
|