Vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti filologiya fakulteti




Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/22
Sana12.10.2024
Hajmi0,55 Mb.
#274701
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
Furqat

SAYDING QO‘YABER, SAYYOD
Saydnng qo‘yaber, sayyod, sayyora ekan mendek, 
Ol domipi bo‘ynidin, bechora ekan mendek, 
O‘z yorini topmasdan ovora ekan mendek, 
Iqboli nigun, baxti ham qora ekan mendek, 
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek, 
Kuygan jigari bag‘ri sadpora ekan mendek. 
Kes rishtanikim, qilsun chappaklar otib jasta, 
Hajrida alam tortib, bo‘ldi jigari xasta. 
Tog‘larg‘a chiqib bo‘lsun yori bila payvasta, 
Kel, qo‘yma balo domi birla oni po basta, 
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendsk, 
Kuygan jigari bagri sadpora ekan mendek. 
Besh kun seni davringda bechora xirom etsun, 
Ohular ila o‘ynab, ayshini mudom etsun, 
Yomg‘ur suvi to‘lganda, tog‘ lolani jom etsun, 
Haqqingg‘a duo aylab, umrini tamom etsun, 
Hijron o‘qidnn jismi ko‘p yora ekan mendek, 
Kuygan jpgari bagri sadpora ekan mendek. 
Sargashta bu vodiyda bnr boshng‘a rahm etkil, 
Yo‘q toqati bandingga, bardoshiga rahm etkil, 
Yig‘lab senga termulur, ko‘z yoshiga rahm etkil, 
Rahm etmasang o‘ziga, yo‘ldoshiga rahm etkil, 
Hijron o‘qidip jismi ko‘p yora ekan mendek, 
Kuygan jigari bag‘ri sadiora ekan mendek. 
Tog‘da ochilib lola, yer sabza bahor o‘lsa, 
Axir bu nechuk bedod, olam anga tor o‘lsa? 
Chiqmay desa joyidin, uzlatda figor o‘lsa, 
Gar chiqsa banogohi domeg‘a duchor o‘lsa, 
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek, 


24 
Kuygan jigari bag‘ri sadpora ekan mendek. 
Bechorani zulm aylab, qo‘l-bo‘ynini bog‘labsan, 
Har sori chekib-sudrab, o‘ldirgali chog‘labsan, 
Ko‘ksini jafo birla lola kabi dog‘labsan, 
Sot menga, agar qasding olg‘uvchi so‘rog‘labsan, 
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora ekan mendek, 
Kuygan jigari bag‘ri sadpora ekan mendek. 
Yo‘q hushi, pari tekkan devonag‘a o‘xshaydur, 
Ko‘z yoshi yana to‘lgan paymonag‘a o‘xshaydur, 
G‘am seli bilan ko‘ngli vayronag‘a o‘xshaydur, 
Furqatda bu Sa’dullo hayronag‘a o‘xshaydur, 
Hijron o‘qidin jismi ko‘p yora zkan mendek, 
Kuygan jigari bag‘ri sadpora ekan mendek. 
"Fasli navbahor oʻldi ketibon zimistonlar…" misralari bilan boshlanuvchi 
gʻazalga e'tibor qaratadigan boʻlsak, ushbu gʻazal tabiat lirikasining go'zal 
namunasi hisoblanadi. Unda koʻklam kelishi bilan tabiatda roʻy berayotgan 
oʻzgarishlarni sinchiklab kuzatgan shoirning qalb kechinmalari oʻz ifodasini 
topadi. Shoir oʻtkinchi umrni goʻzallik qoʻynida ezgulik bilan oʻtkazishni istaydi. 
Chunki bahorgina emas, umr ham oʻtkinchi - "gʻanimat": Fasli navbahor oʻldi, 
ketibon zimistonlar, Doʻstlar gʻanimatdur, sayr eting gulistonlar. Bu gʻazal aytib 
oʻtganimizdek, tabiat mavzusida yozilgan gʻazal boʻlib, 8 baytni tashkil etadi. 
Vazni: hazaji musammani ashtar vaznida boʻlib, bu gʻazalning e'tiborli jihati - 
unda radif qatnashmagan. Bilamizki, gʻazalda badiiy san'atlarlardan unumli 
foydalanish ijodkor ruhiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Shoirning bu gʻazalida 
ham badiiy san'atlarning bir necha turi qoʻllangaligini koʻrishimiz mumkin. 
Xususan, yuqoridagi birinchi baytda tazod (zimistonlar - gulistonlar) san'ati 
qoʻllangan. 
19
Keyingi baytlarda ham turli xil badiiy san'atlarlarni tahlilga 
19
Jabborov A. Furqat va milliy uyg`onish qq Jamiyat va boshqaruv. 1998, 4-son. –31-33-betlar. 


25 
tortishimiz mumkin: Nastaran yuvib yuzni, yosumon tuzib o‘zni, Nargis ochibon 
ko‘zni intizori yoronlar. Yuqoridagi misralarda tanosub san’atining o‘ziga xos 
namunalari: nastaran, yosuman, nargis kabi so‘zlar orqali ochib berilgan. Qumrilar 
qilib ku-ku, bulbul aylabon chah-chah, Sarv gul uza doim tortar oh-u afg‘onlar. 
Tanosub - qumrilar, bulbul, gul, sarv. Intoq-bulbulning oh-u fig'on chekishi; 
Intoqmumtoz adabiyotda jonlantirishning bir turi sifatida qaraladi, ya'ni u nutq 
bilan bogʻliq badiiy sanʼat boʻlib, narsa va hodisalarni nutq egasi sifatida 
tasvirlaydi. Yuqoridagi baytda ham u ifoda koʻlamini yanada oshirishga, tasvirning 
ta'sirchanligini ta'minlashga xizmat qilgan. Bulbul oʻqug‘och yig‘lab subhidam 
xazon faslin, G‘uncha qon yutub, yuz chok etti gul giribonlar. Tashxis-bulbul 
oʻqugʻoch yigʻlab; Mumtoz adabiyotda eng keng tarqalgan badiiy sanʼat turlaridan 
biri. Unda shaxsga xos sifatlarni jonsiz narsa va hodisalarga beriladi. Ikkinchi 
misrada ham shoir gʻunchaning qizarishini "qon yutish" bilan qiyoslab
jonlantiradi. Furqat ijodini oʻrganar ekanmiz, shoir lirikasining mavzu koʻlami 
kengligi, tasvir ifodasining ta'sirchanligi, lirik qahramon ruhiyatining toʻlaqonli 
ochib berilishini koʻrishimiz mumkin. She'rlarida qoʻllangan tasviriy vositalar va 
badiiy sanʼatlar shoirning poetik mahoratidan dalolat berib, ijodkor tilining 
lug'aviy boyligi va soʻz qoʻllash mahoratini belgilashda alohida ahamiyatga ega. 
Furqatning ijodiy merosida anʼanaviy sheʼriy turlar, oʻzbek mumtoz adabiyotidagi 
asosiy mavzular yetakchi oʻrin egallaydi. Uning gʻazal va muxammaslari, 
bogʻlagan taxmislari oʻzining hayotiyligi, musiqiyligi, nihoyatda samimiyligi bilan 
oʻquvchini maftun etadi. Furqat sheʼrlarida ona yurt tabiati va bahor goʻzalligi, 
joʻshqin sevgi-muhabbat va chin insoniy fazilatlar, hayot shodliklaridan quvonish 
va turmush tashvishlaridan shikoyat qilish, umuman, odam va olam, kishilarning 
maʼnaviy dunyosi, mehri va qahri yaqqol tasvirlangan. Masalan, „Bahor ayyomida 
gulgasht etarga bir chaman boʻlsa“, „Umr xush oʻtmas bahor ayyomi sahro 
boʻlmasa“, „Surmadin koʻzlar qaro, qoʻllar xinodin lolarang“, „Jannatning 
gullaridan gulzoringiz chiroylik“, „Koʻngul dardigʻa topmay boraman hargiz davo 


26 
istab“, „Fasli navbahor oʻldi ketubon zimistonlar“ kabi misralar bilan boshlanuvchi 
gʻazallari, „Etti 
falak“, „Biri“, „Istar 
koʻngul“, „Doʻst“, „Kokulung“ radifli 
muxammaslari, Navoiy gʻazallariga taxmislari davr sheʼriyatining ham gʻoyaviy, 
ham badiiy jihatdan yetuk namunalari hisoblanadi.
20
Furqat sheʼriyatida mustamlaka tuzumining illatlarini qoralash, joriy 
adolatsizlik va zoʻravonlikdan, huquqsizlik va nochor hayotdan, nodonlarning 
zamonada eʼtibor topib, donolarning xor-zor etilishidan norozilik esda qolarli 
badiiy boʻyoqlarda tasvirlangan. 
„Charx kajraftorning bir shevasidan dogʻmen:Ayshni nodon surub, kulfatni 
dono tortadur“ kabi barkamol misralar shoir ijodidagi ijtimoiy yoʻnalishni aks 
ettiradi. „Bormasmiz“ radifli sheʼrida esa oʻzbek milliy ruhiyati badiiy 
ifodalangan. Mashhur „Sayding qoʻyaber, sayyod...“ musaddasida esa shoir 
shaxsning erkin yashash huquqini himoya qiladi, zulm va istibdodni qatʼiy 
qoralaydi.
21
Furqat xuddi shu yillarda „Xammomi xayol“ risolasini yozadi. „Chor 
darvesh“ hikoyatini forschadan tarjima qiladi. „Nuh manzar“ nomli sheʼriy kitob 
yaratadi. „Bulardin boʻlak har xil gʻazaliyotim Fargʻona muzofotigʻa (yaʼni, yon 
atrof qishloq-shaharlariga) va digar mamlakatlarga muntashir (mashhur) boʻldi“, 
deb yozadi shoir. Xuddi shu yillarda Furqat ilk bor sheʼrlarini toʻplab, majmua 
holiga ham keltirgan. Afsuski, shoirning oʻzi qayd etgan risola, manzuma va 
tarjimalari kabi bu majmua ham shu kunga qadar topilgan emas.
22
Furqat taxminan 1886—1887-yillarda Margʻilonga borib, u yerdagi Masjidi 
jome hujrasida istiqomat qilgan, yor-u birodarlari koʻmagida kichik doʻkon ochgan 
boʻlsa-da, asosan, sheʼriyat bilan shugʻullangan, shaharning ziyolilari, jumladan, 
Xoʻjajon Rojiy, Muhammad Umar Ulshdmy Havoiy, Mulla Toshboltu Royiq kabi 
20
Milliy uyg`onish davri o`zbek adabiyoti. Hammualliflar: Begali Qosimov, Sharif Yusupov, Ulug`bek Dolimov, 
Shuhrat Rizaev, Sunnat Ahmedov. –T.: “Ma’naviyat”. 2004. –105-145-betlar 
21
Furqat va Muqimiy haqida maqolalar. –T.: O`zbekiston Davlat badiiy adabiyot nashriyoti, 1958. –180 b. 
22
Xolid Rasul. Zokirjon Furqat ijodi. –T.: O`zbekiston Fanlar Akademiyasi nashriyoti. 1954. – 135 b. 


27 
ijodkorlar bilan tanishib, adabiy suhbatlar qurgan. Furqat ilk bor gazeta bilan 
tanishib, uning „Toshkent shahrida bosma boʻlgʻon“ ligini shu yerda biladi. 
Yangilikka chanqoq, taraqqiyparvar shoirda ijtimoiy hayotda yuz bergan 
oʻzgarishlarga, sekin-asta yoyila borayotgan fan va texnika namunalariga qiziqish 
uygʻonadi, yangiliklar bilan bevosita tanishish, oʻz koʻzi bilan koʻrish ishtiyoqi 
zoʻrayadi. 1889-yil boshlarida Toshkent safariga chiqadi, Xoʻjandda toʻxtab, 
Toshxoʻja Asiriy boshliq shoirlar, adabiyot muxlislari bilan uchrashadi, adabiy 
kechalarda ishtirok etadi. Nihoyat, 1889-yilning iyunida Toshkentga keladi. 
Toshkentdagi Koʻkaldosh 
madrasasi hujralaridan birida yashaydi. Koʻzga 
koʻringan olim, fozillar bilan tanishadi. Sharifxoʻja eshon tavsiyasi bilan maʼlum 
muddat „Farhat“ (shodlik, xursandlik) taxallusida sheʼrlar yozadi, lekin koʻp 
oʻtmay, eski taxallusiga qaytadi.
23
Furqat Toshkentda rus ziyolilari, yevropacha hayot tarzi bilan tanishdi. Chor 
maʼmurlari shoirning teatr, gimnaziyaga, turli konsertlarga kiritishni uyushtirdilar, 
koʻrgazmalarga olib bordilar. Yangi tarixiy sharoit tufayli yuz bergan 
oʻzgarishlarni mushohada etish natijasida Furqat dunyoqarashida jiddiy oʻzgarish 
boʻladi va bu hol uning ijodida oʻz badiiy ifodasini topadi — maʼrifatparvarlik, 
yevropacha ilm-madaniyat, fan-texnikaga xayrixohlik shoir sheʼrlarining yetakchi 
gʻoyasiga aylana boradi. Bu esa Furqatning koʻp asrli oʻzbek adabiyotiga yangi 
mavzular, yangi gʻoyalar olib kirishiga zamin boʻldi.
Toshkentda ochilgan erlar gimnaziyasi, maorif muassasalari, madaniyat va 
sanʼat oʻchoqlarini, tobora koʻproq kirib kelayotgan fan-texnika yangiliklarini 
kuzatish oqibatida uning „Ilmxosiyati“, „Gimnaziya“, „Vistavka xususida“, „Akt 
majlisi 
xususida“, „Toshkent 
shahrida 
boʻlgʻon 
nagʻma 
bazmi 
xususida“, „Suvorov“ va boshqa asarlari maydonga keldi va ularning barchasi 
1890-yillarda Turkiston viloyatining gazetasida chop qilindi. 
23
Xolid Rasul. Zokirjon Furqat ijodi. –T.: O`zbekiston Fanlar Akademiyasi nashriyoti. 1954. – 135 b. 


28 
Bu turkum asarlarida Furqat yangilik va taraqqiyotning, ilm-fan va yevropacha 
maorif-madaniyatning targʻibotchisi sifatida namoyon boʻladi; oʻz vatandoshlarini 
zamonaviy bilimlarni puxta egallashga va ilgʻor xalqlar qatoridan oʻrin olishga 
daʼvat etadi. Biroq Furqat ayrim zamondoshlari singari rus istilochilik siyosatining 
asl mohiyatini birdaniga anglay olmadi. Rus, Yevropa madaniyatparvarligi 
orqasida mahalliy ruslashtirish siyosati pinhon ekanligini soʻngroq tushunib yetdi. 
Xuddi shu yillarda yaratilgan „Shoir ahvoli va sheʼr mubolagʻasi xususida“ asarida 
Furqat ijodkor va badiiy adabiyot xususida ran ochib, sheʼriyatda realistik tasvir 
masalasini koʻtardi. 

Download 0,55 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti filologiya fakulteti

Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish