• KAVLAMA
  • Vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti filologiya fakulteti




    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/22
    Sana12.10.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #274701
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
    Bog'liq
    Furqat

    RUXSORI AHMAR USTIDA
     
    Termu tobi bodadin ruxsori ahmar ustida? 
    Qatra-qatra yoki shabnamdur guli tar ustida? 
    O‘smaliq qoshlarmu yo shamshir qondin zangliq? 
    Yoki pistoqi to‘kulmish rangi ahzar ustida. 
    Yuz uza kokulmidur har sori pechutob ila? 
    Ganji husningmu yotur yo ikki ajdar ustida? 
    Chehra ochtingmu bu tadbir-la chamanda toldilar, 
    Xasta bulbul gul uza, qumri sanovbar ustida? 
    Xoki poyingni taloshur ko‘zga el surmoq uchun, 
    Ore, har yerda hujum aylar gado zar ustida. 
    Ikki jodu nargising solg‘ay jahong‘a fitnalar, 
    Bo‘lmasa uryon qoshingdin ikki xanjar ustida. 
    Nozanin, sen tashla istig‘noni, xud bori garon, 
    Noz debosi nazokat xulq paykar ustida. 
    Furqatiy qoshu ko‘zingdin fitnalar ko‘rdi bale! 
    Sho‘rish o‘lmoq rasmdur oy tug‘sa axtar ustida. 


    21 
    KASHMIRDA
    Bir qamar siymoni ko‘rdim baldai Kashmirda, 
    Ko‘zlari masxuru yuz jodu erur tasxirda. 
    Zarra-zarra zar sochar boshig‘a har kun oftob, 
    Subh kelgach, kecha yotib chashmai iksirda. 
    Bir ko‘rib chohi zaqan Horut ila Morut ikov, 
    Chohi Bobil ichra qolmishlar bo‘lak tadbirda. 
    Lam’ai qiyg‘och ko‘zidin aning barqi nigoh, 
    Tezlik javharlari gar bo‘lsa har shamshirda. 
    Qoshi uzra xolining asroridin bir nuqtadur, 
    Surai Nun o‘qudim payvasta har tafsirda. 
    Forig‘ ermas hech kim ul dilraboning ishqidin, 
    Zulfiga dilbastalig‘ har bir juvonu pirda. 
    Aydim: «Ey, jon ofati, zulfingga bo‘lmishman asir! 
    Aydi: «Bu savdoni qo‘y, umring o‘tar zanjirda!» 
    «Nuqta lab ustida bejodur»,— dedim, aydi kulib: 
    «Sahv qilmish kotibi qudrat magar tahrirda». 
    Aydi: «Ey bechora, qilding na uchun tarki vatan?» 
    Man dedim: «G‘urbatda Furqat bor ekan taqdirda!» 
    KAVLAMA
     
    (Mashrab g‘azaliga muxammas) 
    Oshiqi dildodadurman dilbarimni kavlama, 
    Axgar o‘ldi g‘am o‘tida paykarimni kavlama, 
    Sayr qildim bahru bar xushku tarimni kavlama, 
    Ey sabo, g‘amzodadurman, bistarimni kavlama, 
    Chun shafaq oludaman xokistorimni kavlama! 
    Charxi kajraftordin behad alomatlar kelur, 


    22 
    Bu sabab ko‘zdin yuza ashki nadomatlar kelur, 
    Gar yurakni qo‘zg‘asam shirin hikoyatlar kelur, 
    Har zamone Laylidin menga kitobatlar kelur, 
    Sanki Majnun bo‘lmasang sardaftarimni kavlama! 
    G‘amdin ozoda bilur ozodalarni holini, 
    Yo‘qsa miskin na bilur shahzodalarni holini 
    Xurdadonlar bilmadilar soddalarni holini, 
    Xonavayronlar bilur aftodalarni holini. 
    Eyki mahram bo‘lmasang chashmi tarimni kavlama! 
    Ishq savdosi tushub boshimg‘a, ahvolim xarob, 
    Jonim aylar tan aro siymob yanglig‘ iztirob, 
    Ta’na qilma, zohido, ko‘nglumda g‘amlar behisob, 
    To kishig‘a dard tegmay bo‘lmadi bagri kabob, 
    Dilda darding bo‘lmasa dardi sarimni kavlama! 
    Necha kunlar hamdam o‘zga vahshiyu tayr ayladim, 
    Bilmadim bu yo‘lda shar’ qildim vayo xayr ayladim 
    G‘am hujum etti aning-chun maskanim dayr ayladim, 
    Lomakonni shahrini bir hu bila sayr ayladim, 
    Jabraili ishqman, bolu parimni kavlama! 
    Gah o‘zimni suvg‘a urdum, goh o‘tga dam-badam, 
    Bo‘lmadi davron safosi lahzae boshimg‘a kam, 
    To shariatni tutub qo‘ydum tariqatga qadam, 
    Bahri rahmatga kprib qildim vujudimni adam, 
    Ma’rifatdin bexabarsen, gavharimni kavlama! 
    Chun qadam qo‘ydung bu yo‘lg‘a bo‘lma bematlab vale, 
    Faxri zillat bo‘l, talashma g‘urbati mansab vale, 
    Furqatiy, sargashta bo‘lsang, yig‘lagil har shab vale, 
    Durri daryoyi maoniy bo‘ldu chun Mashrab vale, 
    Diyda bino bo‘lmasang ko‘b javharimni kavlama! 


    23 

    Download 0,55 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti filologiya fakulteti

    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish