III.BOB.SHOIR LIRIKASIDA INSON ERKI VA
G`URBAT OHANGLARINI POETIKASI.
3.1. Furqat sherlarida insonparvarlik va inson erkini tahlili
Shoir chet ellarda kezar ekan, bir lahza ham Vatanidan ko`ngil uza
olmaydi. Yurtidan ayri tushganini dildilidan sezib turadi. Iztirob chekadi. Uning
xorijda yozgan “Adashganman” radifli g`azali va muhammasi buning yorqin
misoli. She’rga “adashganman” so`zining radif qilinib, urg`u berilishining o`zida
katta ma’no bor. Qayerga bormasin, shoir o`zini g`arib, oshiyonidan ayrilgan qush,
bo`stonidan adashgan bulbul singari his qiladi: G`aribi bu viloyat - honumonidin
adashganman, Basoni murg`i vahshiy - oshiyonidin adashganman. Yo`q, yo`q, u
shunchaki Vatanidan emas, tandagi jonidan ay-rilgan. Falak bir aylandi-yu, u
59
boshidagi soyabonidan ayrildi. Boshiga g`urbat oftobi tushdi. Bu olamga nur,
hayot berguvchi odatdagi oftob emas, aksincha, hayotni so`ndiruvchi, borliqni yo`q
etuvchi “olamtob” (olamni kuidiruvchi)dir. Shoir oftobga butunlay yangi ma’no
beradi, g`urbat mazmunini anglashga hizmat ettiradi.
“Ko`rdim” radifli g`azalida dunyo kezgan shoirning falsafiy o`ylari berilgan. U
dunyo odamlari («ahli jahon»)da vafodan asar ko`rmaydi. O`z holidan birovga
shikoyat qilishga hojat sezmaydi, chunki ularning ahvoli bunikidan “battar”
Uningcha, umuman, birov bilan gaplashish imkoni yo`q. Chunki “Hamani ko`zini
ko`ru qulog`i kar ko`rdum”, - deb yozadi shoir. U Vatanga qayta olmasligini
yurakdan sezadi. Shoirning “Murod nahlini togshimu besamar ko`rdim” (Murod
darahtini topdimu mevasiz ko`rdum), “Firog` kechasini oh, besahar ko`rdum”
deyishidan shu ma’no anglashilib turadi. Shoir Vatanidan kelgan har bir hat-
habarni ko`ziga to`tiyo qiladi. Zavqiyning 1898 yili yozgan satrlaridagi ehtirosli
so-g`inchdan hayajonga tushadi:
45
Jonimga tob soldi so`zi firoq, Furqat,
Kelkim, harob qildi bu ishtiyoq, Furqat!
Qosid, etur payomim, har erda topsang oni,
Zavqiyni toqatini qo`p qilma toq, Furqat.
Shoir Furkat darhol:
Kezdim jahonni qolmay, Shomu Iroq,
Zavqiy! Bir topmadim seningdek ahli vifoq,
Zavqiy! Shavqi visoling ila hargiz qaror yo`qtur!
Jonimni yoqti hajru ko`nglum - firoq, Zavqiy!
degan satrlar bilan boshlanuvchi she’riy javob bitib yuboradi. «Iqboli
noraso»ligidan, «ma’yus tole’i»dan qadrdoniga shikoyat qiladi. Sharqu G`arb
omuxta bo`lgan muazzam Bombay ko`chalarini kezar ekan, musofirligi har
daqiqada esiga tushadi. Toshkentdagi ulfatlari bilan bo`lib turgan dushanba kun
45
Furqat. Muhabbat yo'lida, she’rlar-Toshkent.Yangi asr avlodi.2009 78.b.
60
suhbatlarini, “g`ijjagu setorlar”ni, qadrdoni - san’atkor Farzinhonni yodga oladi.
Kashmirdagi go`zal bilan uchrashuv va u bilan bo`lgan suhbat (“Bir qamar
siymoni ko`rdum baldai Kashmirda” g`azali) beihtiyor Vatan mavzuiga kelib
taqaladi.
“Qamar siymo” shoirdan “Tarki Vatan” sababini so`raydi. Shoir taqdirga
yo`yadi. Hatto marg`ilonlik shoir va olim, donishmand qadrdoni Umidiy-
Havoiy(1835-1905)ga yo`llangan she’riy maktubida o`z “Qori aka»sidan mo`tabar
kitoblarga qarab, taqdirini ko`rib, yurtiga qaytish-qaytmasligini bilib berishni iltijo
qiladi. Taqdir shoirni bo`ysunishga majbur etadi. 1903 yili Toshboltuga yozgan
she’riy maktubida Yorkentda “muqim qolmoq»ni “Xudo taqdiri” deb bilgani,
“chunucharo” (nega, nima uchun) debon sabab izlash bandalikka mos kelmasligini
qayd etadi.
46
Shoir vatanjudoligi taqdir taqozosi ekanligiga shubha yo`q. Lekin buning
ob’ektiv sabablari ham bor edi. Shoirning bir qancha asarlarida ham bunga
ishoralar mavjud. Xususan, Zavqiyga yozgan mazkur she’riy maktubidagi quyidagi
satrlar bu jihatdan e’tiborga molik:
Sargashta holatimdin voqiflik istar ersang,
Ibrat ko`zini ochib garduna boq, Zavqiy.
E’tibor bering: shoir sargashta holati sababini gardunda kechayotgan hodisalar
zamiridan qidirishni tavsiya etmoqda. Uning boshqa asarlarida bu hodisalar
mohiyati - yurtning istibdod iskanjasida qolganligi, «g`unchai davlat gul yanglig`
parishon, hukumat gulshani hazon» bo`lganligi, bulbullar o`rnini zog`lar
egallaganligi ochiq yozilgan. Demak, mazkur she’riy maktub yozilgan paytda bu
haqda ochiqcha yozish imkoni bo`lmagan. Fikrni obrazlar vositasida, misralar
46
Furqat. Muhabbat yo'lida, she’rlar-Toshkent.Yangi asr avlodi.2009 78.b.
61
tagmatnida berishdan o`zga chora qolmagan-ligi ma’lum bo`ladi. Shoir boshqa bir
nazmiy maktubida shunday yozadi:
47
Borurman gar qutulsam bu tilismi hayratafzodin,
Etib imdod holimg`a jami’i muddaolardin.
Furqatning «Bu tilismi hayratafzodin qutulsam borurman» degan fikri
chuqurroq o`ylab ko`rishni taqozo etadi. Demak, shoirning yurtga qaytish
yo`llarida to`siqlar ko`p bo`lgan. U bularni ochiq aytmaydi. She’riy maktublarida
o`z qadrdonlariga bu haqda ayrim ishoralar qiladi, holos.
Furqatning «Sayding qo`yaber, sayyod, sayyora ekan mazndek» satri bilan
boshlanuvchi musaddasi uning ijodida muhim o`rin egallaydi. Sayd (ov), sayyod
(ovchi), dom (tuzoq) obrazlari Sharq adabiyotida qadimdan bor. XVIII asrda
turkman shoiri Andalib ushbu obrazlardan unumli foydalanib, ovchi tuzog`iga
tushgan ohuta hamdardlik tuyg`usi bilan to`lib-toshgan mahsus muhammas ham
yozgan edi. Furqatning asari musaddas bo`lib, bu ham shu an’anada bitilgan. Lekin
shoir yashagan zamon, Turkistonday yurtning egasi qo`lidan ketib, istilo asrining
sayyodi qo`liga tushishi unga, tabiiyki, yangi ma’no, yangi mazmun beradi.
Qolaversa, furqatshunoslar ushbu musaddasning maydonga kelishida she’rda nomi
zikr etiladigan Sa’dulla Hofizning yomonlar tomonidan fojiali o`ldirilishini ham
bir sabab qilib ko`rsatadilar.
Musaddas 7 banddan iborat. Dastlabki band shunday boshlanadi:
Sayding qo`ya ber, sayyod, sayyora ekan mandek,
Ol domini bo`ynidin, bechora ekan mandek,
O`z yorini topmasdan, ovora ekan mandek,
47
. Maxmidjonov, S. (2023). O'ZBEK ADABIYOTIDA ZIYOLI OBRAZINING GENEZISI. Zamonaviy ilm-fan
va tadqiqotlar, 2(6), 1231-1235.
62
Iqboli nigun, bahti ham qora ekan mandek,
Hijron o`qidin jismi ko`p yora ekan mandek,
Kuygan jigari-bag`ri sadpora ekan mandek.
Shoir tuzoqqa tushgan ohuning holini hilma-hil tashbih va muqoyasalar bilan tasvir
etgach, ovchiga hitob qilib, uni banddan ozod etishini so`raydi. Yashamoq,
dunyoga shunchaki bir kelib ketmoq emas, shilliqurt misoli faqat qorin g`amida
g`ovakda g`imirlab o`tib ketish hdm emas. Yashamoq, birinchi navbatda, hur,
erkin yashamoqdir. Bas, «rishtani (tuzoq iplarini) kes!..» hayqiradi shoir, tog`larga
chiqib, yori bilan qovushsin. Kel, besh kunlik sening davringda bechora o`ynab-
quvonsin. Tengdoshlari bilan dunyo ne’matlaridan bahramand bo`lsin. Umr bo`yi
sening duoyi joningni qilsin. Ahir hijron o`qlaridan jismi butun jarohat ekan. Jigar-
bag`ri ezilib, pora-pora bo`lgan ekan-ku! Har bir jonivor o`z jinsi bilan bo`lmog`i
lozim. Har bir hayvonning o`z yaylog`i (yaylov joyi) va qishlog`i (qishloq joyi)ga
teng keladigan saodati yo`q. Faqat uni ozod qilish va o`z holiga qo`yish kerak.
She’rda ilgari surilgan g`oyalardan biri - shu, mazmuni — shu. Lekin bu fikrlar
beihtiyor har bir millatning turmush va taraqqiyoti mutlaqo uning mustaqilligi va
milliy zamin hamda o`z an’analari asosida bormog`i lozim degan va so`ngroq
jadidchilikning bosh masalalaridan biriga aylangan g`oyani esga tushiradi. Bu hol
Furqat ijodini yangi davr adabiyoti bilan bog`laydigan muhim nuqtalardandir.
Tarji’band shaklida yozilgan musaddasning har bir bandi nihoyasida takrorlanib
kelgan:
Hijron o`qidin jismi ko`p yora ekan mandek,
Kuygan jigari-bag`ri sadpora ekan mandek.
misralari asardagi lirik ruhning yanada jo`shqin, ta’sirli bo`lishini ta’minlagan.
Professor G`.Karimov ta’biri bilan aytganda «...musaddas mazmun jihatidan
nihoyatda kuchli va chu-qur bo`lib, kompoziniya jihatidan beqiyos tugallangan,
badiiy forma va uslub jihatidan esa mislsiz yuksak asardir».
63
Tabiiyki, chor hukumati Furqatdek benazir iste’dodning, millatparvar
shoirning, ortidan ko`plab kishilarni ergashti-ra oladigan salohiyatli tafakkur
sohibining Turkistonda yashashidan manfaatdor emas edi. Shuning uchun ham
uning yurtga qaytish yo`llari berkitib qo`yildi. Xalq shoiri Abdulla Oripovning
«Furqat nidosi» she’rida shunday misralar bor:
Yurt u yonda, men bu yonda, o`rtada hijron seli –
Anga qo`prik tashlamakka baytlarim bo`ldi asos.
Darhaqiqat, shoirning muborak vujudi uzoqlarda qolib ketgan bo`lsa-da, uning
o`lmas ruhi asarlari orqali avlodlar qalbida yashab kelmoqda.
|