54
Chunki bo`lmushdir senga yuz ming tamanno birla do`st. Furqat Navoiyning
do`stlikni ulug`lovchi olijanob g`oyalarini
tasdiqlaydi, o`z fikricha kengaytiradi,
aytish mumkinki, bu halqchil she’rlarni yanada ommalashtiradi.
Yana shoir Furqat Ozarbayjon adabiyotining ulug` siymosi Fuzuliyning ham
nozik fikrlariga jo`r bo`ladi:
Surmadin ko`zlar qaro, allar hinodin lolarang,
Hech shohid yo`qki, bu rangi-la sansan sho`h shang
kabi misralaridan ilhomlanadi, buyuk shoirning mashhur g`azaliga tazmin bitadi:
Surmadin ko`zlar qaro, qo`llar hinodin lolarang,
G`ozadin yuzlarda tobu o`smadin qoshlar tarang.
Furqatning muhabbat lirikasi o`ziga hos chizgilarda beriladi. Undagi oshiqning
kechinmalari,
iztiroblari, rashki, sevgi qasamyodlari ham, mahbubaning nozu
karashmalariyu husnu malohati ham boshqa shoirlarnikiga o`hshamaydigan
kutilmagan lavhalarda tasvir etiladi. Qarangki, shoir tasviridagi ma’shuqa husnda
tengsiz, uning “jamol”ini qancha “vasf” qilsa ham, shoirlar minglab kitoblar yozsa
ham ado qilib bo`lmaydi:
Jamoli bokamoling qaysi bir vasfin ado qilg`oy,
Daqoyiq bobida shoir agar yuz ming kitob aylar.
O`shal mahbubaning chiroyu latofatidan, nafaqat muhib shoir, balki gulzordagi
gullar ham lolu hayron. Ular bu malohatning go`zal yuzlaridan uyalib, “har yil
bahor ayyomida» bir boragina ko`rinadi, o`shanda ham o`zlarini
mahbubaga fido
qilib, “yo`llariga poyondoz” bo`ladilar:
Yuzlaringdin sharm etib gulshanda, ey ruhsor gul,
55
Ko`rinur har yil bahor ayyomida bir bor gul.
Vahki, solmish o`zini yo`lingg`a poyandoz etib,
Qo`y qadam, gar jonu dildan bo`lsa minnatdor gul.
Tavsifiy uslubdagi ushbu baytlarda mahbuba jamoli kuylangan. SHoir bu
go`zallikning badiiy kashfiyotini