56
Oshiq qanchalar yor ishqida jafolar chekmasun, sevgida sadoqatli, sobit va sodiq:
Ko`r bo`lsun ko`zlarimkim, o`zgaga solsam nazar,
Jonga o`t tushsun agar sendin bo`lak yor aylasam.
Ham ko`ngul yuz pora bo`lsun – mayl qilsam o`zgaga,
Til kesilsun o`zgag`a bir harf guftor aylasam.
E’tibor bering, muhabbatni nozik fahm etish va
ishq tabiatini belgilashda
g`oyat ohorli satrlar. Bunday kutilmagan lavha - “ishqiy ahdnoma” yohud “sevgi
qasamyodi” boshqa hech bir shoirda Furqatchilik ifodalanmagan edi.
Furqat ijodida mavzular ko`lami keng. Shoir ijodida muhabbat mavzui bilan bir
qatorda ijtimoiy muhitdan norozilik kayfiyatida tug`ilgan ruhiy holat-kechinmalar
aks etuvchi bir qancha hasratnamo she’rlari, shuningdek, Vatan ishqida yozilgan
g`urbat motividagi talaygina asarlari mavjud.
Charxi kajraftorning bir shevasidin dog`men,
Ayshni nodon surub, kulfatni dono tortadar
kabi baytlarida jamiyat tartiblaridan hasrat, nolish
va shikoyat kayfiyati hukm
sursa,
Vatanning ishtiyoqin tortaram g`urbat g`ami birlan,
Turub erdim qutulmay g`ussau ranju inolardin
baytida esa shoirning Vatanga bo`lgan muhabbati va g`urbat alamlari sezilib
turadi.
Furqat lirikasi doirasidagi hajm va mazmun jihatdan katta asarlardan biri
«Sayding qo`yaber, sayyod» musaddasidir. Asarda muallifning chinakam insoniy
57
tuyg`ulari namoyon bo`ladi. Musaddas erkin hayot haqida jo`shqin qo`shiq,
haqiqiy erkinlik madhiyasidir.
Yuqorida e’tirof etganimizdek, shoirning “Turkiston viloyati gazeti”
da chop
etilib borgan “Ho`qandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvoloti – o`zi yozg`oni” deb
nomlangan memuari Furqatning butun hayoti va ijodiy faoliyati haqida aniq va
ishonchli ma’lumot beruvchi muhim manba bo`lib hizmat qiladi. Asar har jihatdan
– ilmiy, tarihiy, badiiy qimmatga ega. Negaki, asarda faqat shoirning tarjimai holi
haqida ma’lumotlargina emas, balki Turkistonning XIX asr ikkinchi yarmidagi
siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayoti bilan bog`liq voqealarning tafsiloti ham real
lavhalarda berilgan.
Furqatning “Qavoidi Chin va umuroti siyosiy” asari esa tarbiyaviy jihatdan
katta ahamiyatga ega. Asarda oila va uning mustahkamligini ta’minlashda eru
hotinning
huquq va burchlari, aka-ukalar munosabati, do`stlik va qo`ni-
qo`shnichilik odoblari haqida ibratli mulohazalar bayon qilingan.
Mutahassislarning aniqlashicha, bizgacha Furqatning uchta elshunoslik
yo`nalishidagi (“To`y xususida”, “Aza xususida”, “Gap xususida”) va bitta
adabiyotshunoslik yo`nalishidagi (“Ilmi she’rning qoidai avzonini bayoni”)
ilmiy
asari etib kelgan. Bu to`rt ilmiy asar Furqatning ilmiy faoliyati haqida muayyan
tasavvur bera oladi
44
Furqat – ilk o`zbek jurnalisti. Uning dastlabki jurnalistlik faoliyati “Turkiston
viloyati gazeti”da boshlandi. Ilk maqolasi Toshkentdagi rus gimnaziyasidan olgan
taassurotlari asosida yozilgan. Keyinchalik esa Xorijdan – Istanbul, Hindiston,
Qashqardan yo`llagan habar va maqolalarida bu mamlakatlarning ijtimoiy-siyosiy,
madaniy hayoti haqidagi muhim masalalarni ko`tarib chiqadi.
Shuningdek,
shoirning “Yoqubbek marhumning qo`liga tushgan Qashqar viloyatining ahvoloti
xususida”, “Qashqar viloyatidagi sartiya halqlarining zindagonlik ahvolotlari
xususida”, “Ho`qandlik Zokirjon Furqatning “Peysai ahbor” nom Hindiston
44
Furqat. Muhabbat yo'lida, she’rlar-Toshkent.Yangi asr avlodi.2009 87.b.
58
gazetidin naql qilib yozgan habari” kabi maqolalari uning jurnalist sifatidagi
yuksak salohiyatini his etish imkonini beradi.
Bulardan
tashqari, «Sarguzashtnoma»da aytilishicha, shoir bir necha asarni
turkiy tilga tarjima qilgan. “Hammomi hayol” asarini she’riy yo`lda, “CHor
darvesh” ni forschadan nasriy shaklda, “Nuh manzar” nomli asarni erkin tarjima
qilgan.
Ko`rinadiki, Furqat serqirra ijod sohibi. Uning she’riyati, nasri, publitsistikasi
va tarjimalari o`zbek adabiyoti, madaniyatining hazinasidan munosib joy olgan.