Furqat lirikasini o’rganishda janriy xususiyatlar




Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/22
Sana12.10.2024
Hajmi0,55 Mb.
#274701
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
Furqat

3.2. Furqat lirikasini o’rganishda janriy xususiyatlar. 
Shoir sayohati Furqat Istanbuldan Bulgʻoriya va Yunonistonga oʻtdi. Bolqon 
yarim orolining qator shaharlarida boʻldi. 1892-yilning martida Istanbuldan Oʻrta 
dengiz orqali Arabistonga — Makka, Jidda, Madina shaharlariga bordi. Makkadagi 
haj 
ziyorati 
munosabati 
bilan 
„Hajnoma“ 
asarini 
yaratdi.
48
Soʻng Bombayga keldi, Hindistonning qator viloyatlariga sayohat qildi. Uning bu 
davrda yozgan nasriy va nazmiy maktublarida tushkunlik, ona yurt sogʻinchi va 
iztiroblari aks etgan. „Adashganman“ radifli hamda „Kashmirda“, „Bulbul“ deb 
nomlanuvchi lirik sheʼrlar turkumi shu jihatdan oʻziga xos hijronnomadir. 1893-yil 
martida Furqat Kashmir va Tibet orqali Sharqiy Turkistonga borib, Yorkentda 
turgʻun yashab qoldi. Oila qurdi. Tabiblikdan xabardor boʻlgan shoir dorivor 
oʻsimliklar bilan savdo qiluvchi doʻkon ochdi, ijodiy ish va xattotlik bilan 
shugʻullandi. Furqat doimo Vataniga qaytish umidi bilan yashadi. Avval 
boshlagan „Sayohatnoma“ asari ustidagi ishni Yorkentda davom ettirdi. Lekin bu 
asar hanuz topilgani yoʻq. U yerdan Toshkentga publitsistik asarlar, turli 
48
. Maxmidjonov, S. (2023. O'zbek adabiyotida ziyoli obrazining genezisi. zamonaviy ilm-fan va tadqiqotlar, 2(6), 
1231-1235.


64 
mavzudagi xat-maqolalar, Fargʻona va Toshkentdagi yor-doʻstlariga maktublar 
yoʻllab turgan. Furqat oʻzbek matbuoti tarixida felyeton janrini boshlab berdi 
(„Hind nayrangbozi Yorkendda“, 1905). 
Barkamol lirikasi, jozibali nasri va publitsistikasi bilan 19-asr oxiri va 20-asr 
boshlaridagi milliy adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qoʻshgan Furqat ona 
vatanidan uzoqda vafot etdi. Uning jasadi Yorkentning Dongdor qabristoniga 
koʻmilgan. 1990-yil shoir qabri ustiga maqbara qurilgan.
49
Fikrlarimni yakunlar ekanman, Furqat hayoti, ijodini oʻrganish jarayonida 
yozgan she'rim bilan xulosalamoqchiman: Yigʻladi she'riyatda gʻamga giriftor 
Furqat, Ona yurt jamoliga har on intizor Furqat, Oʻz yurtida topmadi qardoshidan 
mehr-u vafo Oʻzga elda chaman izlar fasli navbahor Furqat. Koʻngil yorni, yurak 
yurt sogʻinchin qumsar hargis, Shoir dardini tinglab subhidam yigʻlar nargiz. Hajr 
yuki sol oʻldi, mulki Qoshgʻar bagʻrida Yurtda agʻyor she'r ahlin, ta'qib etar izma-
iz. Vatan tuprogʻiga yov boʻlsa doim hukmron, Avom nola aylajak, avj olar oh-u 
figʻon Yashashga kun yoʻq xalqqa, ziyoliga halovat Shoir ahli darbadar, oʻzga elda 
bagʻri qon. Yuraklarda yashaysan ona Turon, ona Turon, Darbadar farzandlaring, 
intilishlar sen tomon Furqat, Zavqiy, Muqimiy firoqingda toʻkdi yosh 
Yashayapsan, ona Turon, ular koʻnglida hamon.
Men-ku men va’damda turdim, Sochda sochbog’im bilan. Sen-ku sen va’dasi 
yolg’on, Belda belbog’i bilan. O’zbeklarda belbog’ - erlik sha’ni, g’ururi, iftixori 
belgisi. Sochbog’- ayollar ro’moli. Uni tang’igani uchun ayol-da! Shu holatida u 
kamsituvchi ma’noga egaday tuyulsa-da, aslida ayollik shavkatining ramziy 
belgisini anglatadi. Lirik qahramon esa men ayolligim bilan – “sochda sochbog’im 
bilan” va’damda tursam-u, sen erkakmen deya, “belda belbog’ing bilan” va’dang 
yolg’on bo’lsa, so’zing ustidan chiqolmasang, er bo’lib nima qilasan, deb piching 
qilyapti. Bu piching - kinoya “sochda sochbog’” va “belda belbog” detallarini 
49
Maxmidjonov, S.D.O.G.L. (2023). O‘zbek adabiyotshunosligida badiiy obraz masalasining qiyosiy talqini. 
oriental renaissance: innovative, educational, natural and social sciences, 3(6), 520-524. 


65 
kontrast qo’yish asosidagi parallelizmni to’rtlikning kompozitsion qurilmasiga 
aylantirgan. Jonlantirish asosidagi parallelizm
:
Charxim tanob tashlaydi, Bir baloni boshlaydi, Kundoshligi qurisin, Kunda 
urush boshlaydi. Sirtdan qaraganda charxning tanob tashlashi bilan kundoshlik 
urushi orasida hech qanday aloqa yo’qday. Lekin o’zbek xalqi orasida charxning 
tanob tashlashi - xosiyatsiz sanaladi. Charx tanob tashlasa, demak, biror falokatdan 
nishon beradi, deb ko’ngildan kechiladi. Bu - irim. AsUda charxning tanob 
tashlashi ish unumiga xalal beruvchi tashvish, yigiruvchini zeriktiradi. Binobarin, 
charxning tanob tashlashi irimchilik mohiyati bilan kundoshlik uyda janjal 
chiqishidan ogohlantirsa, zeriktiruvchanligi bilan janjal oqibati — ko’ngilni xira 
qilishga ishoradir. Charxning tanob tashlashi detali ana shu taxlitda jonlantirilib, 
to’rtlik uchun kompozitsion asosga aylangan parallelizmni yuzaga keltirgan. 
Psixologik parallelizm:
50
Tokchadagi qaychini Zang bosibdi, yor-yor, Kelin oyim oyisini G’am bosibdi, 
yor-yor. “Zang bosgan qaychi” bilan «g’am bosgan yurak» bir-biriga qiyoslangan 
holda yaratilgan parallelizm to’rtlik kompozitsion asosini tashkil etgan. Ikkala 
holat — «zang bosgan qaychi» bilan «g’am bosgan yurak»dagi bog’lanish 
shundaki, qaychi zangi ko’rinib turadi, shu xususiyati bilan u kishi ichki dunyosiga 
xos ko’rinmas kechinmani — g’amni yorqin, qo’rimli obrazga aylantirgan holda 
tasawur qilish imkonini yaratib, psixologizmni kuchaytirgan. Allegorik 
parallelizm: 
Xalq qo’shiqlarining paydo bo’lishi va rivojida mifo-poetik tafakkur muhim 
ahamiyat kasb etgan. Mifologik mushohadaning badiiy ifodasi esa, an’anaviy xalq 
qo’shiqlaridagi u yoki bu ramziy obraz bag’rida bizning kunlarimizgacha saqlanib 
qolgan. 
50
Maxmidjonov, S.D.O.G.L.(2023). O ‘zbek adabiyotshunosligida badiiy obraz masalasining qiyosiy talqini. 
oriental renaissance: innovative, educational, natural and social sciences, 3(6), 520-524. 


66 
Mifologik dunyoqarashga ko’ra, hatto turkiy xalqlar qo’shiqning o’zini ham 
jonli mifik mavjudot deb tasawur qilganlar. Qo’shiqning magik qudratiga 
sig’inganlar. Shu boisdan qo’shiqlar mazmunan ijtimoiy turmushning barcha 
sohalarini qamrab olgan. Turmushda ro’y bergan har bir ijtimoiy hodisaga ular 
hozirjavobdir. Shu xususiyatiga ko’ra, ularni an’anaviy va zamonaviy qo’shiqlarga 
bo’lib o’rganish mumkin. 
Xalq qo’shiqlarining asosiy salmoqli hissasini badiiy jihatdan pishiq va yuksak 
ohangdorlikka ega an’anaviy qo’shiqlar tashkil etadi. Biroq hayot muttasil 
harakatda bo’lgani bois unga hozirjavoblik bilan yaratilayotgan, yangi zamon va 
uning kishilari ruhiyatini ifodalayotgan zamonaviy qo’shiqlar ham ijod 
qilinmoqda. 
Oqibatda keyingi yillarda istiqlolga tashna xalqimizning orzu-o’ylari, 
kechinmalarini ifodalovchi yangi qo’shiqlar bot-bot quloqqa chalina boshladi. 
Ularning an’anaviy xalq qo’shiqlari ruhida yaratilganligi jozibadorligini 
ta’minlovchi omil bo’layotir. An’anaviy xalq qo’shiqlarida tashqi ma’no bilan bir 
qatorda tinglovchi birdaniga ilg’ay olishga qiynaladigan, xalqning tarixiy-
mifologik dunyoqarashi, ibtidoiy tasawur-tushunchalari, irimlari, urf-odat va 
e’tiqodlariga daxldor ichki ma’nosi ham bo’ladi. Shu xususiyati bilan ular hozir 
yaratilayotgan qo’shiqlardan birmuncha farqlanib turadi. 
O’zbek xalq qo’shiqlari yaxlit tizim holida shakllangan bo’lib, shakliy xilma-
xilligi bilan ajralib turadi. Ular janr mansubiyati, ijro maqsadi, o’rni va vazifasi 
jihatidan ikki katta guruhga bo’linadi: 
I.Marosimga 
aloqador 
xalq 
qo’shiqlari 
yoki 
marosim 
folklori: 
mavsumiy, 
oilaviy-maishiy 
va so’z magiyasiga mansub marosimlarga 
daxldor qo’shiqlami o’z ichiga oladi.
51
II.Marosimga 
aloqasi 
bo’lmagan 
xalq 
qo’shiqlari 
yoki 
nomarosimiy folklor bu guruhga mansub qo’shiqlar ham janriy shakli,ijro 
xususiyati va motivlari hamda ijtimoiy-estetik vazifasiga qarabto’rt ko’rinishda 
51
Maxmidjonov, S. (2023). The genesis of the image of an intellectual in uzbek literature. modern science and 
Research, 2(6), 1231-1235. 


67 
namoyon bo’luvchi mehnat qo’shiqlari, lirik qo’shiqlar, tarixiy qo’shiqlar va 
termalarai qamrab oladi. Qo’shiq kishining ongi va hissiyotlariga ta’sir etish 
qudratiga ega. Aksariyat qo’shiqlarda xalqning urf-odati. milliy an’analari, axloq 
normalari o’z aksini topgan. Shu vazifasiga binoan ular etnopedagogik qimmat 
kasb etadi.
52
Xalq qo’shiqlarida voqelik garchi yakka shaxsning kechinmalari orqali aks 
ettirilsa-da, biroq bu kechinmalar ommaning, ko’pchilikning his-tuyg’ulari bilan 
uyg’unlashgan holda namoyon bo’ladi. 
Qo’shiqlar xalq ma’naviyatining, ijodkorining buyuk qudratini, mehnatkash 
omma irodasining bukilmasligini ifodalaydi. Kishilarni ruhan tetiklikka, jasoratga, 
mehnatsevarlikka, insonparvarlikka, do’stlikka va vafodorlikka chorlaydi. 
Qo’shiq qaysi tarixiy sharoitda, qanaqa munosabat bilan yaratilgani — uning 
ruhiyatidan bilinib turadi. Shoirlar xalq qo’shiqlaridan ijodiy ta’sirlanib, ular shakli 
va ohangini stilizatsiya qilgan holda she’rlar yozishmoqda. Buning natijasida 
o’zbek she’riyatida adabiy alia, she’riy topishmoq, baxshiyona singari badiiy-
kompozitsion folklorizmlar, xalq qo’shiqlari vazni, motivi va ohangida bitilgan 
hamda ulardagi poetik obrazlardan ijodiy foydalanib yaratilgan badiiy-ma’naviy 
folklorizmlar tobora chuqurlashib, sayqallanib bormoqda. Ayni choqda bunday 
xalqona ruhdagi qo’shiqlar tez ommalashib ketayotir.
53

Download 0,55 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Furqat lirikasini o’rganishda janriy xususiyatlar

Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish