Chorvachilikka aloqador qo’shiqlar




Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/22
Sana12.10.2024
Hajmi0,55 Mb.
#274701
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Furqat

Chorvachilikka aloqador qo’shiqlar. 
Xalqimiz qadimdanoq chorvachilik 
bilan ham shug’ullanib kelgan. Bu kasb xalqimiz hayotida muhim o’rin egallagan. 
Xalq orasida ot boquvchini yilqiboqar, tuya boquvchini tuyaboqar, sigir va ho’kiz 
boquvchini podachi, qo’y-echki boquvchini qo’ychivon yoki cho’pon, tovuq 
boquvchini-parrandaboqar deyish an’anaga aylangan? Turli-tuman qushlarni 
parvarish qiluvchilar nomiga «Qushchi» nisbatini qo’shib aytishgan. 
Ot, tuya, ho’kiz kabi jonivorlar hamisha chorvador va dehqonning mehnat 
jarayonidagi yaqin ko’makchisi bo’lgan. Ular orqali qadimgi ajdodlarimiz olis 
manzilni yaqin, mashaqqatli ishni oson qilishgan. Shu bois bu jonivorlarai qadimgi 
kishilar totem va kult darajasiga ko’tarib ardoqlashgan. Ularga nisbatan alohida 


73 
e’tibor bilan munosabatda bo’lishgan. hatto doston, afsona, ertak, rivoyat kabi xalq 
asarlarida bu jonivorlar bilan bog’liq turli epik talqinlar paydo bo’lgan. 
Aslida chorvachilik faoliyatining vujudga kelishiga ibtidoiy insonlarning u 
yoki bu jonivorga e’tiqod qo’yishi, uni o’ziga homiy va madadkor hisoblab, totem 
darajasida e’zozlashi, shu asosda yuzaga kelgan turli totemistik qarashlari muhim 
omil bo’lgan. Shu sababli bugungi kunda bolalar repertuaridagina hukmlagichlar 
istilohi zamirida alohida janr sifatida qaror topgan bunday qo’shiqlarda turli-tuman 
hayvonlar va qushlarga to’ppadan-to’g’ri buyruq ohangida murojaat qilinib, 
ularning o’zigagina xos ta’rif-u tavsifi keltiriladi: «Qaldirg’och», «Laylak», 
«Quyoncham».»Xo’rozim», «Uloqcha», «Eshakkinamni so’ydilar», «Toychoq» 
singari bolalar qo’shiqlarida qadimiy totemistik e’tiqod izlari bo’rtib turibdi. 
Afsuski, ajdodlarning ekologik qarashlarini avlodlarga yetkazuvchi va shu 
qarashlar asosida chorvachilik kasbiga muhabbatni, ekologik tuyg’ularni 
tarbiyalashda beqiyos qimmatga ega bo’lgan ot, uloqcha, sigir, ho’kiz, qo’y, echki, 
tuya, biya, kiyik, quralay, eshak, xo’tik, qo’zichoq, xo’roz, jo’ja, qaldirg’och, 
laylak, turg’ay, bedana, kaptar, qarg’a, quyon, bo’ri, mushuk, it singari hayvonlar 
va qushlar, shuningdek, hasharotlar (kapalak, bolari, ninachi, chumoli, xonqizi 
kabi) haqidagi bunday qo’shiqlar kam yozib olingan, hayvonot olamini e’zozlovchi 
bunday qo’shiqlarning kattagina qismi bizgacha yetib kelmagan. Shunga qaramay, 
o’ziga xos murakkabliklarga ega bu mehnat turi jarayonida ham rang-barang 
qo’shiqlar yaratilgan va ijro etib kelingan. Bu jihatdan, ayniqsa, sigir, qo’y, echki, 
biya, tuya singari hayvonlarni iydirishga xizmat qiluvchi 
sog’im qo’shiqlari 
ayricha jozibaga egaligi bilan ajralib turadi. 

Download 0,55 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish