Vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti filologiya fakulteti




Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/22
Sana12.10.2024
Hajmi0,55 Mb.
#274701
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Furqat

Taqdqiqotning ilmiyligi:
Furqat, avvalambor, lirik shoirdir. Uning ijodida 
gʻazal, muxammas, musaddas, manzuma, masnaviy kabi janrlar yetakchi oʻrin 



egallaydi. Xususan, dastlab uning ijodidagi gʻazallarga e'tibor qaratadigan boʻlsak, 
ularning mavzu koʻlami kengligi, ehtirosga toʻlaligi kitobxonni oʻziga tortadi. 
Shoirning har bir gʻazali oʻziga xos tuzilishga, ifoda va ruhiyatga ega. Gʻazallarda 
qoʻllangan qofiya, radiflar-u badiiy san'atlar ijodkor maqsadini, uning ruhiyatini 
ochib berishga alohida xizmat qilgan. Shoir lirik merosining salmoqli qismi 
g‘azallar bo‘lib, ularning soni 200 atrofida: mavzulari, umumiy olib qaralganda, 
odam va olam haqida. Inson – odamning ma’naviy dunyosi, mehri va qahri haqida, 
olamning obodligi, betimsolligi, olam va odam munosabatlari xususidadir. Furqat 
birinchi navbatda Navoiy va Fuzuliyni oʻziga ustoz deb biladi. Koʻproq shulardan 
ilhom oladi. Ba’zan bu ilhom mavzu va ohang uygʻunligi darajasiga koʻtariladi. 
Oʻz ijodining boshida uning yozgan g‘azallari mumtoz adabiyot namunalariga xos 
latif lavhalardan iboratligi haqida akademik Aziz Qayumov tomonidan uning 
gʻazallarini nashrga tayyorlagan adabiyotshunos A.Turdialiyevning “Muhabbat 
yoʻlida” nomli she’riy toʻplam soʻzboshisida e’tirof etiladi. Unda:"yor goʻzalligi, 
uning nafosatli surati, bezaklarining oʻziga yarashganligi, dilni maftun etuvchi 
fusunkor chiroyi oʻz aksini topgan"22,-deydi. Furqat sheʼrlarida ona yurt tabiati va 
bahor goʻzalligi, joʻshqin sevgi-muhabbat va chin insoniy fazilatlar, hayot 
shodliklaridan quvonish va turmush tashvishlaridan shikoyat qilish, umuman, 
odam va olam, kishilarning maʼnaviy dunyosi, mehri va qahri yaqqol tasvirlangan. 
Masalan, “Bahor ayyomida gulgasht etarga bir chaman boʻlsa”, “Umr xush oʻtmas 
bahor ayyomi sahro boʻlmasa”, Surmadin koʻzlar qaro, qoʻllar xinodin lolarang”, 
“Koʻngul dardigʻa topmay boraman hargiz davo istab”, “Fasli navbahor oʻldi 
ketubon zimistonlar” kabi misralar bilan boshlanuvchi gʻazallari, “Etti falak”, 
“Biri”, “Istar koʻngul”, “Doʻst”, “Kokulung” radifli muxammaslari, Navoiy 
gʻazallariga taxmislari davr sheʼriyatining ham gʻoyaviy, ham badiiy jihatdan 
yetuk namunalari hisoblanadi. Ta’kidlab oʻtganimizdek, Furqat o‘zbek adabiyotida 
mashhur g‘azalnavis shoir sifatida qadrlanadi. Shoirning bir qator g‘azallari aruz 
vaznidagi mumtoz lirikamizning go‘zal namunalari hisoblanadi. Jumladan: 
Yashnab oʻtsang lolagun xil’at kiyib, aylab shitob, Tushmagʻaymu rasa ahlin 
jonlarigʻa pechu tob. bayti bilan boshlanuvchi gʻazali an'anaviy 7 baytni tashkil 


10 
etadi. Qofiyalanish tartibi: a-a, b-a, d-a, s-a va hokazo. Ushbu gʻazal aruzning 
ramal bahrida yozilgan boʻlib, ramali musammani mahzuf tarzida boʻladi. 
Gʻazalning gʻoyaviy mazmuniga kelinadigan boʻlsa, ushbu gʻazal ishqiy-intim 
lirikaning ajoyib namunasi boʻla oladi. Volai ruxsoring, ey, gul, gulshan ichra 
andalib, Ishqing emas, shavqing oʻtida oʻrtanib boʻlsa kabob. Aytib oʻtganimizdek, 
shoirning bu gʻazali ishq-muhabbat mavzusida yozilgan boʻlib, lirik qahramon 
toʻgʻridan toʻgri yorga murojaat qiladi (ey, gul) Furqat lirikasida oʻzini bulbulga 
qiyos etishining koʻplab namunalari uchraydi. Yuqoridagi baytda ham buni 
koʻrishimiz mumkin (andalib-bulbul). Buning asosiy sababi esa Furqat taqdir 
taqozosi va davr oʻyinlari bois yurtidan olislarda yashashga majbur boʻladi. Bu 
holdan chuqur qayg'uga tushgan shoir oʻzini gulzoridan ayrilgan bulbulga qiyos 
etadi. Buni uning "Adashganman" muxammasida ham kuzatishimiz mumkin: Kishi 
holimni bilmas mehribonimdin adashganman, Vatan ovoradurmen bo'stonidin 
adashganman, Vatansiz benavodurmen, makonidin adashganman, G'aribi kuyi 
g'urbat xonumonidin adashganman, Va yo bir murg'i vahshiy oshyonidin 
adashganman. 
9
Adib asarlarini o`rganish va nashr qilishda filologiya fanlari doktori Xolid 
Rasulning xizmati katta bo`lganini ta’kidlash lozim. Uning Furqat hayoti va ijodini 
o`rganishga bag`ishlangan o`nlab maqolalari, risolalari chop etilgan. Olim shoir 
asarlarining o`zbek va rus tillarida bir jildlik va ikki jildlik nashrlari bir necha 
marta amalga oshishida jonbozlik ko`rsatdi. 
1959 yilda shoir tavalludining 100 yilligi munosabati bilan o`tkazilgan yubiley 
tantanalari adib ijodini o`rganishda muhim hodisa bo`ldi. Shu munosabat bilan 
shoir yashagan davrning ijtimoiy va madaniy-adabiy hayoti haqida, shoirning 
faoliyati va ijodi haqida ko`p ilmiy maqolalar, monografiyalar yaratildi. Uning 
ijodiga oid alloma shoirlar G`.G`ulom, M.Shayxzoda, S.Abdulla, akademiklar 
I.Mo`minov, V.Zohidov, A.Qayumov, yirik adabiyotshunoslar H.Zaripov, 
L.Qayumov, 
A.Abdug`afurov, 
E.A.Karimov, 
Sh.Yusupovlarning 
salmoqli 
9
Furqat. Muhabbat yo'lida, she’rlar. T., 2009. 


11 
tadqiqotlari va monografiyalari yaratildi. Yaratilgan ushbu tadqiqotlarga tayangan 
holda Zokirjon Xolmuhammad o`g`li Furqat ijodida milliylilik masalasining 
yoritilishi va unda shoirning badiiy mahorati masalalarini yoritishni maqsad qilib 
qo`ydik. Bu esa tanlangan mavzumizning dolzarbligini belgilaydi. 
Turg`unlik davri adabiyotshunosligida xalqimizning ma’naviy boyligi 
bo`lgan adabiy merosga, ularning kattagina qismini yaratgan din arboblari, 
allomayu shayxlar, adabiyot vakillari shaxsiyatiga bir yoqlama qarab kelindi. 
Ularning faoliyatidan hukmron mafkuraga ma’qul tomonlarigina o`rganilib, 
asarlari mafkura g`oyasiga bo`ysundirildi.
10
Xuddi shunday gapni Zokirjon 
Xolmuhammad o`g`li Furqat ijodiga nisbatan ham aytishimiz mumkin. Ma’lumki, 
XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda o`z hukmronligini o`rnatgan chor 
hokimiyati o`zbek xalqi
boshiga katta kulfatlarni soldi. XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi ijtimoiy-
mafkuraviy voqealar badiiy adabiyotda ham aks etdi. Bu davrda Turkistonga ilg`or 
fan va texnika yutuqlari ham kirib kela boshlagan edi. O`rta Osiyoda kolonial va 
milliy zulm avj olgan bir davrda ilg`or yangi mafkura paydo bo`ldi va bu ilg`or 
mafkura o`zbek adabiyotida ilk bor Furqat ijodida o`z aksini topdi. Biroq sobiq 
sho`ro davrida shoiri ijodini tahlil va talqin qilishda biryoqlamalikka yo`l qo`yildi. 
Shularni inobatga olgan holda kurs ishimizda Furqat ijodida millilik masalasini 
tahlil qilishga harakat qildik. 

Download 0,55 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti filologiya fakulteti

Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish