BAHOR AYYOMIDA Bahor ayyomida gulgasht etarga bir chaman bo‘lsa,
Qilurga sharhi hol, ahli muhabbat ikki tan bo‘lsa.
Xazon ayyomida ul tavba qilgan bo‘lsa ham maydin,
Yetib mayxoralikning mavsumi, paymonshikan bo‘lsa.
Bulut qatra fishonu, ruhafzo sabzalar xandon,
Arig‘larning labida sabzakori bir chaman bo‘lsa.
Havo ham mo‘‘tadil, havzi musaffo, suffai dilkash,
Oqar suv g‘alt urib, sebarga uzra mavjzan bo‘lsa.
Sabui la’l birlan shishai bayzou oltun jom
O‘shal majlisda soqiy bir nigori siymtan bo‘lsa.
Gul uzra andalibu, sarvning boshida qumrilar
Yuzu qad hasratidin ohu faryod aylagan bo‘lsa.
Kishi to‘biyu kavsar, jannatu rizvonni ne qilsun?
Jahon ayvonida hosil bu yanglig‘ anjuman bo‘lsa.
18
Jabborov A. Furqat va milliy uyg`onish qq Jamiyat va boshqaruv. 1998, 4-son. –31-33-betlar.
19
Sururu shodlikni dahr bog‘ida nechuk ko‘rgay?
Kamina Furqatiyning maskani baytul-hazan bo‘lsa.
UMR XUSH O‘TMAS Umr xush o‘tmas bahor ayyomi sahro bo‘lmasa,
Lolazor ichra bisoti aysh barpo bo‘lmasa.
Hosil o‘lmas bodau jom ila miynodin murod,
Jilvagar to soqiyi gulchehra ando bo‘lmasa.
Bazm ahli bo‘lsalar mayxoralar anda zarif —
Dardi yo‘q ag‘yor o‘shal majlisda aslo bo‘lmasa.
Dahr gulzorida xushdir yaxshi ta’miri bisot,
Gar xazondin gardi hodis anda paydo bo‘lmasa.
Obihayvon birla umri jovidonni ne qilay
Bir xati Xizru labi la’li Masiho bo‘lmasa.
Xok bo‘lsun ul tanekim, ishq o‘tida kuymasa,
Zeripo bo‘lsun sarekim, anda savdo bo‘lmasa.
Furqat aylar orzu bu anjumaini har bahor,
Odam ermas har kishida bu tamanno bo‘lmasa.
OHISTA-OHISTA Vafo aylab yiroqdin oshkor ohista-ohista,
Bir ishqim aylading, jono, hazor ohista-ohista.
Na yaxshi marhamatlar aylamishsan nomada izhor;
«Muhabbat rasmi qilg‘il» deb shior ohista-ohista.
Jadal birla kishi maqsudig‘a yetgan emas, ore,
Bo‘lur vaqti bilan har nav’ kor ohista-ohista.
Nechuk toqat qilaykim, bora-bora zo‘r etib ishqing,
Ko‘nguldin oldi sabr ila qaror ohista-ohista.
Berib taskin ko‘ngulg‘a: vasliga bir kun yetarman deb
O‘zimni o‘rgatay hajringga, yor, ohista-ohista.
20
Parishon o‘lmayin to xotiringni jam’i qil, jono,
So‘rab holimni xat birlan biror ohista-ohista.
Nechuk osoyish aylay, ey ko‘ngul oromikim, sensiz
Bo‘lub borur jahon ko‘zimg‘a tor ohista-ohista.
O‘shal kun bir ko‘rib qolganda qilgan novaki g‘amzang
Hanuz aylab kelur ko‘ksim figor ohista-ohista.
Visoling bodasidin qilmasang shodob Furqatni,
Xabar aylar ani hajru xumor ohista-ohista.