• Tadqiqotning obekti: Sifatida Furqatning “Tanlangan she’rlar to’plami “ tanlangan Tadqiqotning predmeti
  • I.BOB. IJODKOR SHAXSIYATI VA POETIK DUNYOQARASHI. 1.1.Furqat she’riyatining boshlanish davrlari.
  • Vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti filologiya fakulteti




    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/22
    Sana12.10.2024
    Hajmi0,55 Mb.
    #274701
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
    Bog'liq
    Furqat

    Tadqiqotning maqsadi:
    Furqat she’riyatining janriy tarkibi mavzu 
    mundarijasi vazn xususiyatlari badiiy tilini yoritishdan iborat.
     
    Tadqiqotning vazifasi:
    Adabiyotshunoslikda Jamol Kamol ijodining 
    o'rganilishi masalasini yoritish va shoirning ijodiy biografiyasini yaratish; shoir 
    shye'riyatining mavzular mundarijasini aniqlash va janriy tarkibini ochib byerish; 
    shoirning aruz vaznidagi g'azal, muxammas, mustazod, qasida, ruboiy, fard 
    janridagi asarlarini an'anaviylik va novatorlik nuqtai nazaridan tyekshirish; Jamol 
    Kamolning barmoq vaznidagi shye'rlari tuzilishiga xos xususiyatlarni, qofiya 
    10
    Aruz vazni qoidalari va mumtoz poetika asoslari.Dilnavoz Yusupova.o’quv qo’llanma, T., 2019 


    12 
    unsurlarini ochib byerish;shoirning dostonchilikdagi shakliy-uslubiy izlanishlarini, 
    ularning 
    badiiy qurilishi, vazniga xos jihatlarni yoritishdan iborat. 
    Tadqiqotning obekti:
    Sifatida Furqatning “Tanlangan she’rlar to’plami “ 
    tanlangan 
    Tadqiqotning predmeti:
    Furqatning “Furqat g’azallari “kitobi, va
    “Tanlangan she'rlari poetikasi” tashkil etadi. 
    Tadqiqotning tarkibiy tuzilishi:
    Dissertatsiyada Kirish, 3bob.6 bo’limdan 
    ,xulosa, foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan. 


    13 
    I.BOB. IJODKOR SHAXSIYATI VA POETIK DUNYOQARASHI. 
    1.1.Furqat she’riyatining boshlanish davrlari. 
     
    Furqat (taxallusi; asl ismsharifi Zokirjon Mullo Holmuhammad o‘g‘li) (1859, 
    Qo‘qon —1909, Yorkend) — taraqqiyparvar shoir, mutafakkir, publitsist. 
    Mahallasidagi maktabda savod chiqargan, mudarris va kotiblardan xattotlik, arab 
    tilini o‘rgangan. Madrasada o‘qigan (1873—76). Alisher Navoiy ijodini, fors 
    adabiyoti namoyandalari merosini chuqur o‘rgangan, fors tilini mukammal 
    o‘zlashtirgan. 1876 yilda Yangi Marg‘ilon (hozirgi Farg‘ona) shahridagi savdogar 
    togasining iltimosiga ko‘ra u yerga borib, savdo ishlarida unga yordamlashgan, 
    keyinchalik o‘zi ham kichik do‘kon ochgan. Ayni paytda bilimdon ziyoli sifatida 
    kishilarning arz va iltimoslarini rasmiy mahkamalarga arizalar shaklida bitib, 
    mirzalik ham qilgan.Furqat Yangi Marg‘ilonda ijodkor sifatida to‘la shakllandi,11 
    o‘z g‘azallariga «Furqat» taxallusini qo‘yib, shuhrat qozona boshladi. Bu yerda 
    o‘tkazilgan yillar Furqatning xalqchil dunyoqarashi, ilg‘or adabiyestetik 
    tushunchalarining 
    shakllanishida 
    ham 
    muhim 
    bir 
    bosqich 
    bo‘ldi. 
    80-yillarning boshlarida Furqat Qo‘qonga qaytib, oila quradi va, asosan, ijodiy ish 
    bilan shug‘ullanadi.12 Muqimiy va Muhyi yetakchi bo‘lgan Zavqiy, Nodim, 
    Nisbat, Muhayyir kabi ijodkorlar guruhi bilan bevosita muloqotda bo‘ladi, ular 
    uyushtirib turadigan adabiy majlislar, she’riyat kechalarining faol ishtirokchisiga 
    aylanadi. 
    Furqatning Qo‘qondagi bu davr ijodi tur va mavzu, mazmun va shakl rang-
    11
    Aruz vazni qoidalari va mumtoz poetika asoslari.Dilnavoz Yusupova.o’quv qo’llanma, T., 2019 
    12
    O. Nosirov, S. Jamolov, M. Ziyoviddinov. O'zbek klassik she’riyati janrlari, Toshkent, 1979. 


    14 
    barangligi jihatidan ham, sermahsulligi jihatidan ham diqqatga sazovor.13 U 
    mumtoz she’riyat an’analari ruhida ko‘plab ishqiy g‘azallar, muxammaslar 
    yaratgan. Alisher Navoiy asarlariga go‘zal nazira va taxmislar bog‘lagan, uning 
    she’rlarida ijtimoiy ruh va zamonaviylik tobora keng o‘rin egallay boshlagan (mas, 
    «Bo‘ldi» radifli muxammasi va boshqa she’rlarida). Furqat xalqning siyosiy 
    huquqsizligi va iqtisodiy nochor ahvolidan qayg‘irgan («Ne jurm o‘ttiki bizdin, 
    bunchalik Farg‘ona tang bo‘ldi?.)Qo‘qon xonligining uzilkesil tugatilib, batamom 
    mustamlakaga aylantirilishi voqeasiga bog‘liq holda yaratilgan: «Demish xon bir 
    kunikim, davru davronlar qayon qoldi?» misrasi bilan boshlanuvchi muxammasi 
    ham Furqatning shu davrdagi ijodi mahsulidir. Toju taxtdan, sha’nu shavkat va 
    a’yonlardan maxrum bo‘lgan Xudoyorxon nomidan bitilgan bu asar ham shoir 
    ijodida zamonaviy ijtimoiy mavzu keng o‘rin egallaganinint isbotidir.Furqatning 
    ijodiy merosida an’anaviy she’riy turlar, o‘zbek mumtoz adabiyotidagi asosiy 
    mavzular yetakchi o’rin egallaydi.
    14
    Uning g‘azal va muxammaslari, bog‘lagan 
    taxmislari uzining hayotiyligi, musiqiyligi, nihoyatda samimiyligi bilan o‘quvchini 
    maftun etadi. Furqat she’rlarida ona-yurt tabiati va bahor go‘zalligi, jo‘shqin sevgi-
    muhabbat va chin insoniy fazilatlar, hayot shodliklaridan quvonish va turmush 
    tashvishlaridan shikoyat qilish, umuman, odam va olam, kishilarning ma’naviy 
    dunyosi, mehri va qahri yaqqol tasvirlangan. Masalan, «Bahor ayyomida gulgasht 
    etarga bir chaman bo‘lsa», «Umr xush o‘tmas bahor ayyomi sahro bo‘lmasa», 
    «Surmadin ko‘zlar qaro, qo‘llar xinodin lolarang», «Jannatning gullaridan 
    gulzoringiz chiroylik», «Ko‘ngul dardig‘a topmay boraman hargiz davo istab», 
    «Fasli navbahor o‘ldi ketubon zimistonlar» kabi misralar bilan boshlanuvchi 
    g‘azallari, «Yetti falak», «Biri», «Istar ko‘ngul», «Do‘st», «Kokulung» radifli 
    muxammaslari, Navoiy g‘azallariga taxmislari davr she’riyatining ham g‘oyaviy, 
    ham 
    badiiy 
    jihatdan 
    yetuk 
    namunalari 
    hisoblanadi. 
    Furqat she’riyatida mustamlaka tuzumining illatlarini qoralash, joriy 
    adolatsizlik va zo‘ravonlikdan, huquqsizlik va nochor hayotdan, nodonlarning 
    13 I. Haqqul. G'azal gulshani. Toshkent, 1991.56.b. 
    14
    T. Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari. Toshkent, 2001. 


    15 
    zamonada e’tibor topib, donolarning xorzor etilishidan norozilik esda qolarli badiiy 
    bo‘yoqlarda tasvirlangan.»Charxi kajraftorning bir shevasidan dog‘men:Ayshni 
    nodon surub, kulfatni dono tortadur»kabi barkamol misralar shoir ijodidagi 
    ijtimoiy yo‘nalishni aks ettiradi. 
    15
    «Bormasmiz» radifli she’rida esa o‘zbek milliy 
    ruhiyati badiiy ifodalangan. Mashhur «Sayding qo‘yaber, sayyod...» musaddasida 
    esa shoir shaxsning erkin yashash huquqini himoya qiladi, zulm va istibdodni 
    qat’iy qoralaydi.Furqat xuddi shu yillarda «Xammomi xayol» risolasini yozadi. 
    «Chor darvesh» hikoyatini forschadan tarjima qiladi. «Nuh manzar» nomli she’riy 
    kitob yaratadi. «Bulardin bo‘lak har xil g‘azaliyotim Farg‘ona muzofotig‘a (ya’ni, 
    yonatrof qishloqshaharlariga) va digar mamlakatlarga muntashir (mashhur) 
    bo‘ldi», deb yozadi shoir.
    Xuddi shu yillarda Furqat ilk bor she’rlarini to‘plab, majmua holiga ham 
    keltirgan. Afsuski, shoirning o‘zi qayd etgan risola, manzuma va tarjimalari kabi 
    bu majmua ham shu kunga qadar topilgan emas. Furqat taxminan 1886—87 
    yillarda Marg‘ilonga borib, u yerdagi Masjidi jome hujrasida istiqomat qilgan, 
    yoru birodarlari ko‘magida kichik do‘kon ochgan bo‘lsada, asosan, she’riyat bilan 
    shug‘ullangan, shaharning ziyolilari, jumladan, Xo‘jajon Rojiy, Muhammad Umar 
    Umidiy-Havoiy, Mulla Toshboltu Royiq kabi ijodkorlar bilan tanishib, adabiy 
    suhbatlar qurgan. Furqat ilk bor gazeta bilan tanishib, uning «Toshkent shahrida 
    bosma bo‘lg‘on»ligini shu yerda biladi. Yangilikka chanqoq, taraqqiyparvar 
    shoirda ijtimoiy hayotda yuz bergan o‘zgarishlarga, sekinasta yoyila borayotgan 
    fan va texnika namunalariga qiziqish uyg‘onadi, yangiliklar bilan bevosita 
    tanishish, o‘z ko‘zi bilan ko‘rish ishtiyoqi zo‘rayadi. 1889 yil boshlarida Toshkent 
    safariga chiqadi, Xo‘jandda to‘xtab, Toshxo‘ja Asiriy boshliq shoirlar, adabiyot 
    muxlislari bilan uchrashadi, adabiy kechalarda ishtirok etadi. Nihoyat, 1889 
    yilning iyunida Toshkentga keladi. Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasasi 
    hujralaridan birida yashaydi. Ko‘zga ko‘ringan olim, fozillar bilan tanishadi. 
    15
    Abdug`afurov A. Zokirjon Furqat (hayoti va ijodi). –T.: “Fan”, 1977. – 208 b. 


    16 
    Sharifxo‘ja eshon tavsiyasi bilan ma’lum muddat «Farhat» (shodlik, xursandlik) 
    taxallusida she’rlar yozadi, lekin ko‘p o‘tmay, eski taxallusiga qaytadi.Furqat 
    Toshkentda rus ziyolilari, yevropacha hayot tarzi bilan tanishdi. Chor ma’murlari 
    shoirning teatr, gimnaziyaga, turli kontsertlarga kiritishni uyushtirdilar
    ko‘rgazmalarga olib bordilar. Yangi tarixiy sharoit tufayli yuz bergan 
    o‘zgarishlarni mushohada etish natijasida Furqat dunyoqarashida jiddiy o‘zgarish 
    bo‘ladi va bu hol uning ijodida o‘z badiiy ifodasini topadi — ma’rifatparvarlik, 
    yevropacha ilm-madaniyat, fan-texnikaga xayrixohlik shoir she’rlarining yetakchi 
    g‘oyasiga aylana boradi. Bu esa Furqatnint ko‘p asrli o‘zbek adabiyotiga yangi 
    mavzular, yangi g‘oyalar olib kirishiga zamin bo‘ldi. Toshkentda ochilgan erlar 
    gimnaziyasi, maorif muassasalari, madaniyat va san’at o‘choqlarini, tobora 
    ko‘proq kirib kelayotgan fantexnika yangiliklarini kuzatish oqibatida uning «Ilm 
    xosiyati», «Gimnaziya», «Vistavka xususida», «Akt majlisi xususida», «Toshkent 
    shaxrida bo‘lg‘on nag‘ma bazmi xususida», «Suvorov» va boshqa asarlari 
    maydonga keldi va ularning barchasi 1890 yillarda «Turkiston viloyatining 
    gazeti»da chop qilindi. Bu turkum asarlarida Furqat yangilik va taraqqiyotning, 
    ilm-fan va yevropacha maorif-madaniyatning targ‘ibotchisi sifatida namoyon 
    bo‘ladi; o‘z vatandoshlarini zamonaviy bilimlarni puxta egallashga va ilg‘or 
    xalqlar qatoridan o‘rin olishga da’vat etadi. Birok Furqat ayrim zamondoshlari 
    singari rus istilochilik siyosatining asl mohiyatini birdaniga anglay olmadi. Rus, 
    Yevropa madaniyatparvarligi orqasida mahalliy ruslashtirish siyosati pinhon 
    ekanligini so‘ngroq tushunib yetdi. Xuddi shu yillarda yaratilgan «Shoir ahvoli va 
    she’r mubolag‘asi xususida» asarida Furqat ijodkor va badiiy adabiyot xususida 
    ran 
    ochib, 
    she’riyatda 
    realistik 
    tasvir 
    masalasini 
    ko‘tardi.
    16
    Furqat hakli ravishda o‘zbek publitsistikasining asoschilaridan biri hisoblanadi. 
    Furqatning publitsist sifatidagi faoliyati 1890 yildan boshlandi. «Turkiston 
    16
    Jabborov A. Furqat va jadidchilik. To`plamda: “O`zbekistonning yangi tarihi. Kontseptual-metodologik 
    muammalar” mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. –T.: Akademiya. 1998.-180-183-betlar. 


    17 
    viloyatining gazeti»ga rasman ishga kirdi, gazetani tayyorlashda bevosita 
    katnashdi. Bir yildan ko‘proq vaqt mobaynida Sattorxon kabi ilg‘or 
    ma’rifatparvarlar bilan hamkorlikda ishlab, gazeta sahifalarida o‘z maqolalarini 
    e’lon qildi. Masalan, 1891 yil 1-yarmida «Xo‘qandlik shoir Zokirjon Furqatning 
    ahvoloti. O‘zi yozgoni» publitsistik asarini yozib, shu gazetada e’lon qildi. 1891 
    yil mayda Samarqandga bordi, osori-atiqalar bilan tanishdi, gazetaga xabarlar 
    yo‘lladi, keyin Buxoroda bo‘ldi. Iyulda esa chet el sayohatiga chiqdi. Uning chet 
    elga sayohati haqida turli taxminlar bor. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, u atayin 
    keytib kelmaydigan qilib o‘z yurtidan chiqarib yuborilgan.
    17
    Xullas, 1891 yilning 
    iyulida Marv —Ashxobod—Boku—Batumi orqali Istanbulga bordi. Do‘stlariga 
    yozgan maktublarida, voqealarni oldindan bilgandek, vatanidan bir umr ajralib 
    qoladigan odamning kayfiyatini aks ettirdi. Masalan, Istanbuldan yozgan «Sabog‘a 
    xitob» she’riy maktubida Vatan ishtiyoqi, do‘stlar sog‘inchi, g‘urbat azoblari va 
    yolg‘izlik motivlari birinchi o‘ringa chiqqan. Furqat Istanbuldan Bulg‘oriya va 
    Yunonistonga o‘gdi. Bolqon yarim orolining qator shaharlarida bo‘ldi. 1892 
    yilning martida Istanbuldan O‘rta dengiz orqali Arabistonga — Makka, Jidda, 
    Madina shaharlariga bordi. Makkadagi haj ziyorati munosabati bilan «Hajnoma» 
    asarini yaratdi. So‘ng Bombayga keldi, Hindistonning qator viloyatlariga sayohat 
    qildi. Uning bu davrda yozgan nasriy va nazmiy maktublarida tushkunlik, onayurt 
    sog‘inchi va iztiroblari aks etgan. «Adashganman» radifli hamda «Kashmirda», 
    «Bulbul» deb nomlanuvchi lirik she’rlar turkumi shu jihatdan o‘ziga xos 
    hijronnomadir. 1893 yil martida Furqat Kashmir va Tibet orqali Sharqiy 
    Turkistonga borib, Yorkendda turg‘un yashab qoldi. Oila qurdi. Tabiblikdan 
    xabardor bo‘lgan shoir dorivor o‘simliklar bilan savdo qiluvchi do‘kon ochdi, 
    ijodiy ish va xattotlik bilan shug‘ullandi. Furqat doimo Vataniga qaytish umidi 
    bilan yashadi. Avval boshlagan «Sayohatnoma» asari ustidagi ishni Yorkendda 
    davom ettirdi. Lekin bu asar hanuz topilgani yo‘q. U yerdan Toshkentga 
    publitsistik asarlar, turli mavzudagi xat-maqolalar, Farg‘ona va Toshkentdagi 
    17
    Jabborov A.Furqatning xorijga ketish sabablariga oid yangi hujjat. Adabiy meros. 1998. 3-4-sonlar, –69-70-betlar. 


    18 
    yordo‘stlariga maktublar yo‘llab turgan. Furqat o‘zbek matbuoti tarixida feleton 
    janrini 
    boshlab 
    berdi
    18
    («Hind 
    nayrangbozi 
    Yorkendda», 
    1905). 
    Barkamol lirikasi, jozibali nasri va gublitsistikasi bilan 19-asr oxiri va 20-asr 
    boshlaridagi milliy adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qushgan Furqat onavatanidan 
    uzoqda vafot etdi. Uning jasadi Yorkendning Dongdor qabristoniga ko‘milgan. 
    1990 yil shoir qabri ustiga maqbara qurilgan. Furqatning she’rlari kitob holida 
    dastlab 1913 yilda Muqimiy she’rlari bilan birga bayoz holida toshbosmada 
    bosilgan edi, 50—80-yillarda ko‘p bor nashr etildi. Shoir hayoti va ijodi haqida 
    qator ilmiy asarlar yozildi, dissertatsiyalar yoqlandi, opera librettosi, kinostsenariy 
    va boshqa yaratildi. O‘zbekistondagi bir qator qishloq, tuman, maktab, ko‘cha va 
    xiyobonlar, bog‘lar uning nomi bilan ataladi. 

    Download 0,55 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti filologiya fakulteti

    Download 0,55 Mb.
    Pdf ko'rish