Vositalardan foydalanish




Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana04.01.2024
Hajmi0,74 Mb.
#130320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
94-104

www.pedagoglar.uz 
48-son 1–to’plam Sentyabr 2023
Sahifa: 103 
9. So‘zlar banki: Bu savol turida so‘zlarni kerakli joyga joylashtirish talab 
etiladi. Bo‘sh joylar va ushbu joylar soniga teng so‘zlar banki keltirilgan bo‘ladi. 
Testlar bazasiga barcha savollarni kiritib bo‘linganidan so‘ng, bajarilgan ishni 
elektron shaklda saqlash kerak bo‘ladi. Tayyor bo‘lgan elektron testni saqlashdan oldin 
ayrim sozlashlarni bajarish kerak. Chunki bu sozlashlar elektron testdan 
foydalanilayotgan vaqtda katta ahamiyatga ega. Buning uchun Ispring dasturining 
yuqori chap tomonida joylashgan “Настройка” tugmasi bosiladi. 
Natijada yangi oyna hosil bo‘ladi. Bu oyna ro‘yxatining birinchi 
bandi “Основные“ deb nomlangan. Bu bandda elektron testga nom berish, testdan 
o‘tish balini o‘rnatish, testni bajarishning maksimal vaqtini o‘rnatish va test 
boshlanishdan oldin tizim topshiruvchining ismini va elektron pochtasini so‘rash 
funksiyalarini qo‘shish imkoniyatlari mavjud. Bundan tashqari har bir to‘g‘ri javob 
uchun maksimal ball, tizim test topshiruvchisi tomonidan barcha testlar topshirilmagan 
holatda ham testni tugatish imkoniyatini va har bir savolga javob berilgandan so‘ng 
to‘plangan ballni ko‘rish imkoniyatini ham o‘rnatish mumkin. Testga “Informatika 
fanidan test” deb nom berildi. O‘tish balini umumiy ballning 55 % miqdorida 
belgiladik. 20 ta savol uchun 30 daqiqa etib belgilandi. Test vaqtida qolgan vaqtni 
ko‘rsatib turishi belgilanib qo‘yildi. Barcha sozlashlarni bajargandan so‘ng OK 
tugmasi bosiladi. Endi bemalol elektron testni saqlash mumkin. Buning uchun 
dasturning yuqori chap tomonida joylashgan 
“Publikovat” tugmasi bosiladi. 
Keyin yangi oyna paydo bo‘ladi. Bu oynada elektron test dasturini saqlash kerak 
bo‘lgan joyni (bizning misolmizda ish stoli ko‘rsatilgan), fayl nomini (bizning 
misolmizda Informatikadan test savollari), fayl tipini (bizning misolimizda .exe) va 
dastur oynasi o‘lchamini ko‘rsatish mumkin. Fayl tipi .exe deb belgilanganda
avtomatik ravishda .swf formatda elektron test saqlanadi. Shuning uchun bu elektron 
testdan foydalanish uchun Adobe Flash Player dasturi o‘rnatilgan bo‘lishi shart.
So‘ngra “Публиковать” tugmasi bosiladi. Dastur faylni avtomatik ravishda 
ko‘rsatilgan joyga saqlaydi. Ishchi stolda yaratilgan ushbu faylni ishga tushirib, test 
topshirig‘ini topshirish mumkin. Yuqorida yaratilgan testlar bazasi shuni ko‘rsatadiki, 



Download 0,74 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish