|
Vositalardan foydalanishBog'liq 94-104www.pedagoglar.uz
48-son 1–to’plam Sentyabr 2023
Sahifa: 95
Didaktik talablarga quyidagilar kiradi: ilmiylik, tushunarli, qat’iy va tizimli
bayon etilishi bilan birgalikda (pedagogika, psixologiya, informatika, ergonomikaning
asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental asoslarini hisobga olib, o‘quv
faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini ta’minlash), uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari
o‘rganilgan bilimlarning mantiqiy oqibati hamda to‘ldiruvchisi hisoblanadi), izchillik,
muammolilik, ko‘rgazmalilik, faollashtirish (o‘qitish mustaqilligi hamda faollilik
xususiyatining
mavjudligi),
o‘qitish
natijalarini
o‘zlashtirish
mustahkamliligi,
muloqotning interfaolliligi
,
o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va
amaliyotning yaxlit birligi.
Metodik talablarga quyidagilar kiradi: aniq o‘quv fanining o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olish, ma’lum bir faning o‘ziga xosligini hisobga olish,
axborotni zamonaviy metodlari o‘zaro bog‘liqliligi, o‘zaro aloqadorliligi, turli-
tumanligi, amalga oshirilishi.
Psixologik talablarga idrok etish (verbal-mantiqiy, sensor-perseptiv), tafakkur
(tushunchaviy-nazariy, ko‘rgazmali-amaliy), diqqati (qat’iyliligi, boshqaga ko‘chishi),
motivasiya (ishlashda faol shakllari, yuqori darajada ko‘rgazmalilik, o‘z vaqtida qayta
aloqa yordamida o‘quvchilarning yuqori darajadagi motivasiyalarini doimiy ravishda
rag‘batlantirish), xotira, tasavvuri, yoshi va individual psixologik xususiyatlarini
hisobga olish (egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini hisobga olib, o‘quv fani
mazmuni hamda o‘quv masalalari murakkablik darajasi o‘quvchilarning yosh
imkoniyatlari va individual xususiyatlariga mos kelishi, o‘quv materialini
o‘zlashtirishda ortiqcha his-hayajonli, asabiy, aqliy yuklamalardan ta’sirlanishdan
himoyalash) kiradi.
|
| |