|
Vositalardan foydalanishBog'liq 94-104www.pedagoglar.uz
48-son 1–to’plam Sentyabr 2023
Sahifa: 99
siyalarini yaratish uchun Captivateda chap va o‘ng sichqoncha tugmasini bosish va
klavishalarni bosish mumkin. SHuningdek, Adobe Captivateni skrinkastlarni,
podkastlarni yaratish va Microsoft PowerPoint taqdimotlarini Adobe Flash formatiga
konvertasiya qilish uchun qo‘llash mumkin.
Captivate yordamida dasturlarning interfaol namoyishlari, simulyasiyalar,
yordamchi ma’lumotlar, skrinkastlar, o‘yinlar va darslar yaratish va tahrirlash
mumkin. Captivateda yaratilgan skrinkastlar ekrandan qilingan yozuvlarga nisbatan
ancha kam joy egallaydi. Foydalanuvchilar Captivateda
taqdimotlarga effektlar
, faol
nuqtalar, matnli sohalar, video va hokazolarni qo‘shib tahrirlashlari mumkin.
Mualliflar mazmunini va u yoki bu elementni paydo bo‘lish vaqtlarini tahrirlashlari
mumkin. Faol nuqtalarni bosish boshqa slaydga o‘tish, shuningdek, tashqi
murojaatlarga o‘tishni ta’minlashi mumkin. Captivate tasvirlarni, PowerPoint
taqdimotlarni, video, .flv va audiolarni loyihaga import qilishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Adobe Captivate dasturi materiallarni yaratish va namoyish etishning qulay vositasidir.
Captivate keng doiradagi imkoniyatlarni taklif etadi: Microsoft PowerPointda
yaratilgan taqdimotlar asosida o‘quv materiallarni yaratish, monitordagi suratni olib,
savolga berilgan javobga bog‘liq ravishda o‘tish imkoniyatli testlar yaratish.
Spring dasturi va uning imkoniyatlari
Multimediali elektron o‘quv kurslarni yaratish imkoniyatini beruvchi pedagogik
dasturiy vositalar ichida yuqori reytingga ega bo‘lgan iSpring dasturi haqida to‘xtalib
o‘tamiz. iSpring Free dasturi .PPT, .PPTX, .PPS, .PPSX formatdagi fayllarni Flash
(.SWF) va HTML5 formatiga konvertatsiyalash imkoniyatini beradigan mualliflik
dasturi hisoblanadi. Dastur orqali foydalanuvchilar Flash-roliklar va YouTube-video
resurslarni PowerPoint taqdimot slaydlariga joylashtirishlari mumkin.
Xususan:
• Yaratiladigan elektron o‘quv kontentlarni SCORM va TinCan tizimlarga
o‘tkazish imkoniyatini beradi, bu esa ixtiyoriy LMS (Learning menegment system)
bilan integratsiyalashtirish mumkin degani.
• PowerPoint dasturida yaratilgan taqdimot faylining xajmini 97% gacha siqish
|
| |