|
Vositalardan foydalanishBog'liq 94-104www.pedagoglar.uz
48-son 1–to’plam Sentyabr 2023
Sahifa: 100
imkoniyati mavjud
PowerPoint dasturida yaratilgan taqdimot faylining himoyalanishini ta’minlaydi
Ushbu paket o‘z ichiga 3 ta dasturiy modulni oladi. Ular yordamida audio, video,
interaktiv elementlar va testlar bilan boyitilgan onlayn taqdimot materiallari va o‘quv
kurslari, har xil so‘rovnomalar, anketalar, interaktiv testlar, 3D kitob kabi bir qancha
elektron nashrlar tashkil etish imkoniyati mavjud.
iSpring Suite elektron nashrlar yaratish paketi modullari.
iSpring
Suite
elektron
nashrlar
yaratish
paketini
ushbu
http://www.ispring.ru/ispring-suite
manzil orqali yuklab olish mumkin. Dastur
avtomatik ravishda MS PowerPoint dasturi menyular satriga o‘rnatiladi va alohida
menyuda joylashadi. Elektron testlar yaratish uchun Ispring Quiz Maker moduli
tanlanadi va ekranda quyidagi oyna paydo bo‘ladi.(2-rasm)
Dastur boshqa elektron testlar yaratish dasturlaridan quyidagi xususiyatlari bilan
ajralib turadi:
dasturning ishchi fayli ixtiyoriy kompyuterga ko‘chirib qo‘yilishi va ishlashi
mumkin;
juda kam amallar ketma ketligi bajariladi;
maxsus bilimlar talab etilmaydi;
testlarning 11 xil turini yaratish mumkin;
test savollari va javoblariga rasm, formula va video joylashtirish mumkin;
test natijalari to‘g‘ridan to‘g‘ri elektron pochtaga junatiladi;
dastur litsenziyaga ega va ochiq kalitli ekanligi.
Kompyuterga iSpring Suite dasturlar paketi o‘rnatilgach, Ispring Quiz Maker
bloki yordamida elektron testlar tuzish imkoniyati mavjud. Testlar bazasi yaratilgach,
darsning qaysi qismida foydalanishiga qarab testlar soni va test o‘tkazish vaqti
belgilanadi. Interfeys ko‘rinishini foydalanuvchi ixtiyoriga ko‘ra o‘zgartirish mumkin.
Tayyor testlar bazasini yaratib bo‘lgach, uni lokal tarmoq uchun, global tarmoq uchun,
hujjat shaklda (MS Word) yoki LMS tizimi uchun saqlash imkoniyati mavjud.
Dasturda yaratilgan elektron testlar bazasi ishchi fayli .swf formatda saqlanadi.
|
| |