www.pedagoglar.uz
48-son 1–to’plam Sentyabr 2023
Sahifa: 96
Estetik talablarga quyidagilar kiradi: tartiblilik va ifodalilik (elementlari,
joylashishi, o‘lchami, rangi), bezashning funksional vazifasi va ergonomik talablarga
mosligi.
Maxsus talablarga quyidagilar kiradi: interfaollik, maqsadga yo‘nalganlik,
mustaqillik va moslashuvchanlik, audiolashtirish, ko‘rgazmalilik, kirish nazorati,
intellektual rivojlanish, differensiasiyalash(tabaqalashtirish), kreativlik,
ochiqlik
, qayta
aloqa, funksionalilik, ishonchlilik.
Ergonomik
talablarga quyidagilar
kiradi: do‘stonalik, foydalanuvchiga
moslashish, ekran shakllarini tashkil etish.
Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida o‘qitishga mo‘ljallangan
o‘quv fanining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini, izlanish metodlari,
axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini hisobga
olishni ko‘zda tutadi.
Fanlardan yaratiladigan pedagogik dasturiy vositalar quyidagi metodik
talablarga javob berishi kerak:
1. Pedagogik dasturiy vositalar – o‘quv materialini taqdim etishning tushunchali,
obrazli va harakatli komponentlarining o‘zaro bog‘liqligiga tayangan holda qurilishi.
2. Pedagogik dasturiy vositalar o‘quv materialini yuqori tartibli tuzilma
ko‘rinishida ta’minlashi. Fanlararo mantiqiy o‘zaro bog‘liqlikning hisobga olinishi.
3. Pedagogik dasturiy vositalarda ta’lim oluvchiga o‘quv materialini bosqichma-
bosqich o‘zlashtirganligini turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish asosida aniqlash
imkoniyatlarining yaratilishi.