|
Vositalardan foydalanishBog'liq 94-104www.pedagoglar.uz
48-son 1–to’plam Sentyabr 2023
Sahifa: 102
Yuqorida sanab o‘tilgan test turlarini yaratish ketma-ketligi quyidagicha
amalga oshiriladi:
1. Bitta javobli test: bu test turida javob variantlarini keraklicha “Добавить”
tugmasi yordamida ko‘paytirish mumkin. Savolga tasvir, ovozli fayl va video fayl
qo‘shish, javob variantlariga tasvirli fayllarni ilova qilish mumkin. “Удалить” tugmasi
yordamida javob variantlarini o‘chirish mumkin.
2. Ko‘p javobli test: bunda savolga tegishli bir yoki bir necha javob variantini
belgilash mumkin. Bu test turida ham javob variantlarini keraklicha “Добавить”
tugmasi yordamida ko‘paytirish mumkin. Savolga tasvir, ovozli fayl va video fayl
qo‘shish, javob variantlariga tasvirli fayllarni ilova qilish mumkin. “Удалить” tugmasi
yordamida javob variantlarini o‘chirish mumkin.
3. “To‘g‘ri-noto‘g‘ri” ko‘rinishdagi test: Bu savol turida javob faqat “to‘g‘ri”
yoki “notog‘ri” bo‘lishi mumkin, ya’ni boshqa javob variantlarini qo‘shib bo‘lmaydi.
Yopiq test: Bu test turida javob variantini test topshiruvchi klaviaturadan kiritadi.
Ammo tuzuvchi barcha kiritilishi mumkin bo‘lgan javob variantlarini avvaldan kiritib
qo‘yishi kerak. Javob variantiga tasvir qo‘shish mumkin emas.
4. O‘zaro moslik o‘rnatish: Juda qiziq test turi hisoblanib, bir savolning o‘zida
bir necha savollar banki yig‘ilgan bo‘ladi.
5. Javoblarni tartiblash: Tartibsiz holda berilgan javoblarni to‘g‘ri tartibda
yozish kerak bo‘lgan holda ushbu test turidan foydalaniladi.
6. Sonni kiriting: Sonli ko‘rinishdagi javob berilishi kerak bo‘lgan savollar
uchun ushbu test turidan foydalaniladi. Bunda javobda ma’lum sondan katta, kichik,
katta yoki teng, kichik yoki teng, teng emas kabi variantlardan foydalanish mumkin.
7. Bosh joylarni to‘ldiring: Bunda savol tarkibidagi bo‘sh joylarga kerakli
javoblarni klaviatura yordamida kiritiladi. Ya’ni to‘gri javobni ko‘rsatilgan joyga
yozish talab etiladi. Bunda test tuzuvchi tomonidan bo‘sh joylar bitta yoki bir necha
joylashtirish mumkin
8. Javoblari keltirilgan savol: savolning bo‘sh qismlarida javoblar variantlari
keltirilgan bo‘ladi, ushbu javob variantlardan to‘g‘risini belgilash mumkin.
|
| |