Pedagogik dasturiy vositalar yaratishda o‘quvchilarning psixofiziologik
hususiyatlarini hisobga olish. Pedagogik dasturiy vositalarni qo‘llash asosida
o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda
o‘quvchilarning funksional va psixofiziologik imkoniyatlari inobatga olinishi shart.
Pedagoglarning pedagogik dasturiy vositalar asosida imkon qadar ko‘proq
ma’lumotlarni yoritishga intilishi o‘quvchini ortiqcha toliqtirishga olib kelishi
mumkin. O‘z navbatida ma’lumotlarni uzatish tezligini oshirish esa ma’lumotlarni
www.pedagoglar.uz
48-son 1–to’plam Sentyabr 2023
Sahifa: 97
o‘zlashtirish sifatiniing pasayishiga, xatoliklar sonining ortib borishiga, o‘quvchining
o‘zini his qilishi va sog‘ligiga salbiy ta’sir qiladi.
Pedagogik dasturiy vositalarning psixofiziologik jihatdan samaradorligi
birinchidan: o‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi, tarbiyalanganlik va
intellektual rivojlanganligi, ishchanlik ko‘rsatkichlari, motivasion barqarorlik
darajalari bilan belgilanadi.
Ikkinchidan
, o‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib,
o‘qitish konsepsiyalari, pedagogik texnologiyalari va ta’lim vositalaridan rasional
foydalanish ko‘rsatkichlari, o‘qituvchining mehnat faoliyatiga nisbatan barqaror
motivasiyasi, ish qobiliyati bilan belgilanadi.
Mualliflik dasturlari
Bugungi kunda jahonning rivojlangan mamlakatlari ta’lim tizimlarida turli
o‘rgatuvchi dasturiy vositalardan keng foydalanilmoqda. O‘rgatuvchi ko‘rgazmali
dasturiy vositalar mualliflik dasturiy ta’minotlari yordamida yaratiladi. Ta’lim
jarayonida bunday dasturlardan foydalanish yuqori natijalarga olib kelmoqda, sababi
auditoriyada uzatiladigan bilimlarga oid axborotlarni qabo‘l qilish va vazifalarni
bajarishda o‘quvchi bir vaqtning o‘zida eshitib, ko‘rib, o‘zlashtiradi.
Mualliflik dasturiy ta’minoti — kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv
jarayonini qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy vosita
hisoblanadi. Ular ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan
biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o‘qitish vositasi sifatida qo‘llaniladi.
Mualliflik dasturiy ta’minotlar yordamida elektron darsliklar yaratish juda qulay.
Elektron darsliklar, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda eng muhim
tushuncha va qonuniyatlarni tushunish hamda yodda saqlashni maksimal darajada
yengillashtiradi. Quyida mualliflik dasturiy ta’minotlarining imkoniyatlari haqida fikr
yuritiladi.
Mualliflik dasturlariga misol qilib, Articulate Storyline, Adobe Captivate,
CourseLab, iSpringPro, Lectora kabi dasturlarni keltirishimiz mumkin.
Articulate Storyline kurslar yaratish uchun mo‘ljallangan eng mashhur
dasturlardan biri bo‘lib, u moslashuvchan, foydalanishda qulay va turli maqsadli
|