|
Vositalardan foydalanishBog'liq 94-104www.pedagoglar.uz
48-son 1–to’plam Sentyabr 2023
Sahifa: 101
Demak, ushbu testlar bazasidan foydalanish uchun kompyuterda Adobe Flash Player
dasturi mavjudligi yetarli. Dasturda test savollarining quyidagi ko‘rinishlarini yaratish
mumkin:
1.
Bitta javobli test: bu testning qiyinligi javob variantlarining ko‘pligiga
bog‘liq.
2.
Ko‘p javobli test: bu test turi yordamida bir necha ma’lumotlar
yuzasidan o‘quvchi fikrini aniqlash mumkin.
3.
“To‘g‘ri-noto‘g‘ri” ko‘rinishdagi test: bunda anketa savoli ko‘rinishiga
mos test turi, javob varianti faqat ikkita bo‘ladi;
4.
Yopiq test: bunda javob varianti o‘quvchi tomonidan kiritiladi;
5.
O‘zaro moslik o‘rnatish: bunda bir necha savollar o‘zaro javoblari bilan
birlashtiriladi;
6.
Javoblarni tartiblash: savolning ushbu turida javob variantlari o‘zaro
tartiblanadi;
7.
Sonni kiriting: savolning javobi sifatida o‘quvchi sonni kiritishi kerak;
8.
Bo‘sh joylarni to‘ldiring: matndagi bitta yoki bir necha bo‘sh joylarni
kerakli so‘z bilan to‘ldirish talab etiladi;
9.
Javoblari keltirilgan savol: savolning bo‘sh qismlarida javoblar
variantlari keltirilgan bo‘ladi, ushbu javob variantlardan to‘g‘risini belgilash mumkin.
10. So‘zlar banki: Matnning bo‘sh joylariga berilgan so‘zlardan keraklilarini
tanlab joylashtiriladi. Savolni qiyinlashtirish uchun so‘zlar sonini bo‘sh joylar sonidan
ko‘paytirish mumkin.
11. Faol hududni aniqlovchi savol: Savolda rasmdagi qaysidir maydonni
belgilash vazifasi joylashtirilgan bo‘lib, ushbu rasmdagi hudud o‘quvchi tomonidan
javob berish jarayonida tanlanadi.
ISpring QuizMaker dasturi yordamida testlar yaratish. Informatika va
axborot tehnologiyalari fani misolida.
Ispring Quiz Maker modulini ishga tushirish quyidagicha amalga oshiriladi:
ПУСК → Все программы → ISpring Suite → ISpring QuizMaker.
|
| |