Xalqaro menejment




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/101
Sana18.01.2024
Hajmi1,44 Mb.
#140301
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   101
Bog'liq
Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

3.5. jadval 
TMK aloqalarining ko’pdarajaliligi 
Daraja 
 
Firma nomi 
 
Xorijiy filiallar soni 
 

“Mattel” (AQSh) 
26, shu jumladan “Mattel GmbH” 
(Germaniya) 
II 
“Mattel GmbH” (GFR) 
11, shu jumladan “Mattel AG” 
(Shveysariya) 
III 
“Mattel AG” 
Shveysariya) 

Jami 
39 
Oxirgi yillarda shakllanish va o’z mavqeini mustahkamlash 
bosqichida turgan Rossiya TMKlari jahon tovarlar va xizmatlar ko’rsatish 
bozorida 
o’z 
faoliyatini 
faollashtirmoqda. 
Jumladan, 
Rossiya 
kompaniyalarining MDH mamlakatlaridagi eng yirik aktivlar xaridlari 3.6-
jadvalda ko’rsatilgan. 
Zamonaviy TMKlarga o’xshash bir qator Rossiya xalqaro 
kompaniyalari Sovet Ittifoqi davridayoq shakllangan edi. Ularga 
“Ingosstrax”, “Aeroflot” va ko’plab tashqi iqtisodiy birlashmalar kiradi. 
Rossiya TMKlari yoqilg’i-energetika, telekommunikastiya va boshqa 
sanoat tarmoqlarida samarali rivojlanmoqda. Masalan, “Gazprom” RAJ 
tabiiy gazni qazib chiqarish va eksport bo’yicha 100 % monopolist bo’lib, 
u dunyo bo’yicha topilgan tabiiy gaz zahiralarining 34 %ini nazorat qiladi 
va G’arbiy Yevropa talabining 20 %ini ta’minlaydi. Rossiya gaz 
gigantining 
jahon 
bozoridagi 
muvafaqqiyatli 
faoliyati 
qudratli 
korporatsiyalarning bozor iqtisodiyoti davrida sezilarli yutuqlarga 
erishishlari mumkinligini ko’rsatmoqda. Masalan, neft sanoati 
yetakchilariga mansub Rossiya “Lukoyl” kompaniyasining turli 
mamlakatlardagi filiallarida ishlab chiqarishni vertikal integratsiyasi qabul 
qilingan, ya’ni neft qazilmasining bir qismi benzin, dizel yoqilg’isi, mazut, 
mashina moyi va aviatsiya kerosiniga qayta ishlanadi. 1998 yilda “Lukoyl” 
va Amerikaning “Konako” kompaniyasi Rossiyaning Timano-Pechorsk 
neft-gaz rayonida yangi neft konlarini o’zlashtirish bo’yicha memorandum 
imzoladilar. Hozirgi vaqtda bir qator Rossiya TMKlari (Gazprom, Lukoyl, 


67 
MTS, Bilayn va boshqalar) O’zbekiston hududida ham faoliyat 
ko’rsatmoqda. 

Download 1,44 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   101




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish