|
-jadval
1990-2008 yillarda global TXI kirib kelish hajmida uchta asosiyBog'liq Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 13.7-jadval
1990-2008 yillarda global TXI kirib kelish hajmida uchta asosiy
iqtisodiy tizimlarning ulushi (foizda)
1990
1995
2000
2005
2006
2007
2008
Rivojlangan
mamlakatlar
83
65,5
81
63
67
69
56
Rivojlanayotgan
mamlakatlar
16,5
33
19
33,5
29
26
37
O’tish
iqtisodiyotili
mamlakatlar
0,5
1,5
0,5
3,5
4
5
7
Manba: World Investment Report 2008: Transnational Corporations.and the Infrastructure Challenge.TNCs in
infrastructure industries //New York and Geneva: United Nations, 2008.
Korporatsiyalar foydasining kamayishi va aktsiyalar narhlarining
keskin pasayish holati xalqaro qo’shilish va qo’shib olishlar jarayoniga
(M&As) ham ta’sir ko’rsatdi, bu esa TXIlarning rivojlangan, shuningdek
tobora ko’proq rivojlanayotgan mamlakatlarga kirib borishining asosiy
usullaridan biridir.
To’g’ridan-to’g’ri sarmoyalar nisbatan uzoq muddatli va ularning
asosiy maqsadi – ishlab chiqarish xizmatlarini moliyalashtirish va
kengaytirish hisoblanadi, shu sababli ular bosh kompaniya tomonidan
sinchiklab o’rganiladi. Boshqa tomondan, kompaniya ichida qayta
sarmoyalangan daromad va kreditlar oqimlari TMKning qisqa muddatli
likvidlik yoki qulay soliqqa tortishga asoslangan qiziqishi bilan aniqlanadi.
2008-2009 yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarga TXI kirib kelishi
rivojlangan mamlakatlarga qaraganda kamroq kamaydi, chunki ularning
moliyaviy tizimlari AQSh va Yevropaning bank tizimlari bilan unchalik
kuchli bog’lanmagan edi. Bundan tashqari TXI oqimlari, kapitalning
portfel sarmoyalar va bank ssudasi singari boshqa harakatlanish
shakllariga nisbatan egiluvchanroq bo’ldi, chunki TXI uzoq muddatli
tavsifga ega. XVF mutaxassislarining fikricha, 2009-2010 yillarda
rivojlanayotgan mamlakatlarga TXI oqimlari qisqarishi davom etadi, lekin
umuman olganda yuqoriligicha qolishi va taxminan 400 mlrd AQSh
dollariga teng sof kirim hajmiga ega bo’lishi kutiladi. Rivojlanayotgan
mamlakatlarga portfel kapital va kreditlashning sof oqimlari aksincha,
salbiy ko’rsatkichni namoyon qiladi (3.8-jadval).
|
| |