72
oldingi o’tmishdoshlari – kartel, sindikat, trestlardan jiddiy farq qiladi,
chunki ularning a’zolari o’z kapitallarining egasi bo’lib qolar edilar.
2. Milliy kompaniyani xalqaro
kompaniya maqomini olishga
undovchi asosiy sabablarga tovar aylanmasi o’sishi bilan sotish bozorini
va demak foydani ham ko’paytirish, ishlab chiqarish va sotish harajatlarini
qabul qiluvchi mamlakatdagi arzon xomashyo va ishchi kuchi hisobiga
qisqartirish, qabul qiluvchi mamlakat sanoatidan,
kredit-moliya tizimi,
sotish kanallari va infratuzilmasidan foydalanish hisoblanadi.
3. Uzoq muddatli shartnomalar eksportyorlar kabi importyorlarni
ham o’ziga jalb etadi. Uzoq muddatli shartnomalar eksportyorlarni
reklama, xaridorlarni izlash, ko’p sonli
bir martalik shartnomalarni
tayyorlash harajatlarini va shuningdek transport kompaniyalari bilan uzoq
muddatli muntazam kelishuvlar hisobiga transport harajatlarini qisqartirish
orqali sotish bozori barqarorligini ta’minlaydi.
4. Konsorsiumlarni tashkil etish kompaniyalarga (shu jumladan
kichik va o’rta kompaniyalarga ham) eksport ishlab chiqarish uchun zarur
uskunalar bilan ta’minlash va tashqi bozorga chiqish uchun moliyaviy va
boshqa resurslarni birlashtirish imkoniyatini yaratadi.
5. TMK faoliyatining samaradorligi 3 manbaga asoslanadi:
- turli mamlakatlarning tabiiy resurslariga,
yirik kapital va fan-
texnikada yangilik kiritishga patentlarning ko’pchilik qismiga egalik
qilish;
- butun dunyoda mahsuldor yerlar, tabiiy boyliklar,
qulay iqlim va
arzon ishchi kuchining optimal kombinatsiyasi asosida o’z korxonalarini
joylashtirish afzalligidan foydalanish.
- xalqaro marketing konsepsiyasidan foydalanish asosida baynalmilal
ishlab chiqarishni tashkil etishda xalqaro menejment tajribasidan
foydalanish.
6. TMK millatini aniqlovchi ko’rsatkichlar bo’lib ro’yxatdan o’tish
joyi, shtab-kvartiraning joylashuvi, aksiyalarni
nazorat paketiga ega
aksiyadorlarning millati hisoblanadi.
7. 2008 yilda boshlangan va jahon hamjamiyatini jiddiy tashvishga
solgan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz TMKlarning investitsion
faoliyatiga o’z salbiy ta’sirini o’tkazdi.
8. Tovar va xizmatlarga talabning pasayishi,
korporatsiyalar
foydasining kamayishi va aktsiyalar narhlarining keskin pasayishi xalqaro
qo’shilish va qo’shib olishlar jarayoniga (M&As) ham ta’sir ko’rsatdi, bu
esa TXIlarning rivojlangan, shuningdek tobora ko’proq rivojlanayotgan
mamlakatlarga kirib borishining asosiy usullaridan biridir.