5-BOB. XALQARO KOMPANIYALARNING DAVLAT BILAN
MUNOSABATLARI
5.1. Davlatning o’z hududida xalqaro kompaniyalar faoliyatiga
yondashish prinsiplari
Davlat xorijiy xalqaro kompaniyalar bilan o’z munosabatlarini
vakolatga ega davlat muassasalari va jamoat tashkilotlarining xalqaro
kompaniyalar faoliyatini barqarorlashtirishga qaratilgan qonunchilik, ijro
va nazorat xususiyatidagi tadbirlar tizimi yordamida tashkil qiladi.
90-yillar ohirlarida ko’p davlatlar milliy hukumatlarining e’tibori
xalqaro moliyaviy oqimlar hajmining keskin ko’payishi va dinamikasining
o’zgarishiga qaratilgan bo’lib, ularga qisqa muddatli moliyaviy
majburiyatlar, investitsion oqimlar va spekulyativ kapital harakati kiradi.
Xalqaro kompaniyalar tomonidan amalga oshiriluvchi moliyaviy oqimlar
qabul qiluvchi mamlakatlar iqtisodiyotiga bevosita ta’sir etadi, va
Osiyodagi
qator
rivojlanayotgan
davlatlar
achchiq
tajribasining
ko’rsatishicha, ularning davlat tomonidan nomuvofiq tartibga solinishi
davlatdagi va dunyodagi makroiqtisodiy vaziyatni izdan chiqarishi
mumkin.
Xalqaro kompaniyalar investitsion faoliyatini davlat tomonidan
tartibga solishning eng keng tarqalgan vositalariga milliy firmalar
hissadorlik kapitalida xorijiy investor ulushini cheklash, ishlab chiqarishni
boshqarishdagi cheklashlar, foydani taqsimlashda maksimal ulushni
aniqlash, litsenziyalar, patentlar berish shartlari, buxgalterlik hisobotini
tekshirish kiradi. Bundan tashqari, chet el kompaniyalarining sanoatning
ayrim tarmoqlari, xizmat sohalariga (telekommunikatsiya, transport, aloqa,
televidenie) kirishi ta’qiqlanadi. Rossiyada, masalan, konversiya, nodir
metallarni qazib olish va ishlov berish, kommunikatsiyalar kabi xalq
xo’jaligining strategik tarmoqlari bilan bog’liq loyihalarda chet el firmalari
ishtiroki cheklangan.
Qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro kompaniyalarning xorijiy
filiallarini tashkil etish maqsadlarini besh toifaga ajratish mumkin:
1. Sotish bozorlarini kengaytirish. Bosh kompaniya qabul qiluvchi
mamlakatda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yoki turli xizmatlar
ko’rsatishni tashkil etadi. Bunda chet el korporatsiyasi ishlab chiqarish
uchun o’z mahsulotini ishlab chiqarish texnologiyasini, boshqarish
tajribasini va o’z tovar belgisidan foydalanish huquqini beradi.
90
2. Eksport hajmini ko’paytirish. Xalqaro kompaniyalar eksportining
tobora ko’p qismi ularning xorijiy filiallariga to’g’ri kelmoqda.
Korporatsiyalar xorijiy ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida arzon
ishchi kuchi va ko’p tabiiy resurslarga ega qabul qiluvchi mamlakatlarga
kapital kiritadi. Xorijiy filial samarali faoliyat ko’rsatishining zaruriy
sharti sifatida mahalliy va mintaqaviy sig’imli sotish bozorlarining
mavjudligi hisoblanadi.
3. Xomashyo va materiallar bilan ta’minlash. Xalqaro kompaniyalar
xorijiy filiallarining aksari qismi TMK tizimi firmalarini, shu jumladan,
bosh kompaniyani tabiiy resurslar bilan ta’minlash maqsadida amal qiladi.
4. Antiqa texnologiyalarni xarid qilish. Shu maqsadda xalqaro
kompaniyalar yuqori ilmiy potensialga ega, ya’ni tadqiqot markazlari,
universitetlar, texnologik parklar, intellektual “inson kapitali” mavjud
bo’lgan mamlakatlarda (AQSh, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi davlatlari) o’z
xorijiy korxonalarini tashkil qiladi.
5. Faoliyat samaradorligini oshirish. Xalqaro kompaniyalarning
xorijiy korxonalari faoliyatida masshtab samarasi ustunliklari, vertikal va
gorizontal xalqaro ishlab chiqarish integratsiyasi qo’llaniladi.
Qabul qiluvchi mamlakat davlati TMKning quyidagilarga yordam
berishiga intiladi:
- ular amal qilayotgan mamlakat ichki va tashqi havfsizligini saqlash;
- aholining optimal real daromad olishiga shart-sharoit yaratish va
bandlik darajasini oshirishni ta’minlash;
- aholi salomatligini saqlash va atrof-muhit muhofazasi;
- madaniyat, texnika, fan, maorif darajasini ko’tarish.
Turli davlatlarning o’z iqtisodiyotiga chet el investorlarini jalb qilish
dasturlarida umumiy belgilarni ko’rish mumkin. Birinchidan, barcha
davlatlar
reklama
materiallarini
tarqatish,
maxsus
seminarlar,
uchrashuvlar, majlislarni asosan davlat darajasida o’tkazish yo’li bilan
xorijiy kapital jalb qilayotgan mamlakat “obro’” sini oshirishga intiladi.
Ikkinchidan, bu dasturlar xorijiy sarmoyadorlarni qayd qilishda
byurokratik tadbirlarni yengillashtirish va soddalashtirishni nazarda tutadi.
Nihoyat dasturlarda xorijiy investorlarga moliyaviy imtiyozlar berish (bu
rivojlanayotgan va o’tish iqtisodiyoti davridagi mamlakatlar uchun
xarakterli) ko’zda tutiladi.
Qabul
qiluvchi
mamlakatning
o’z iqtisodiyotiga xalqaro
kompaniyalarni jalb qilish bo’yicha tadbirlarni quyidagi guruhlarga
ajratish mumkin:
91
1) Tartibli tadbirlar – qabul qiluvchi mamlakat hududida xalqaro
kompaniyalar filiallari faoliyatiga ruxsat berish tartibini soddalashtirish
bo’yicha ma’muriy va qonuniy me’yorlarni kiritish.
2) Soliq imtiyozlari – chet el firmalarini soliqdan ozod qilish yoki
kamaytirish. Bu imtiyozlar foydaga soliq solishga tegishli, shuningdek
“soliq ta’tillari” ni kiritish (xalqaro kompaniya xorijiy filial korxonasini
ishga tushirish davrigacha foydaga soliq solishdan ozod qilish), ijtimoiy
sug’urtaga to’lovlardan ajratmalar miqdorini kamaytirish, kapital
repatriastiyasi va foydani xorijga chiqarishda soliqlardan ozod qilishda
namoyon bo’ladi.
90-yillarda xalqaro kompaniyalar sarmoyalarini jalb qiluvchi
mamlakatlar o’rtasida soliq raqobati keskinlashdi, negaki aynan soliqqa
tortish xalqaro kompaniyalar joylashish o’rnini tobora ko’proq
aniqlamoqda.
Bunday
raqobat
qabul
qiluvchi
mamlakatlarning
iqtisodiyotiga umuman salbiy ta’sir ko’rsatadi, ya’ni davlat daromadlari va
chet el investitsiyalari qisqarishiga olib keladi. 90-yillar oxirida ayrim
xalqaro tashkilotlar (masalan, OESR, YeI) milliy va xalqaro kompaniyalar
uchun soliq stavkalari o’rtasidagi farqlarni nazorat qilishni o’rnatish
maqsadida bu tashkilotlarga a’zo mamlakatlar soliq rejimini o’rganish
uchun ekspertlar ishchi guruhini tashkil etdilar.
3) Imtiyozli shartlarda subsidiyalar va qarzlar. Bularga mahalliy
moliyaviy tashkilotlarning imtiyozli shartlar bilan xorijiy investorlarga
bergan kreditlari, qonuniy hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan amortizastiya
fondiga (firmaning normal faoliyat ko’rsatishini ta’minlovchi kapital
qo’yilmalarni takror ishlab chiqarishni moliyalashtirishga xizmat qiluvchi
maxsus fond) to’lovlarning qisqartirilgan muddatlari kiradi. Amortizastiya
fondiga to’lovlarga soliq solinmaydi. Bundan tashqari, ayrim davlatlar
xorijiy investorlarga energiya tashuvchilar uchun haq to’lashga
subsidiyalar va firma xodimlari ish xaqiga subsidiyalar ajratadi.
4) Savdo imtiyozlari import bojlarini kamaytirish yoki ulardan ozod
qilishni ifodalaydi. Eksportga nisbatan savdo imtiyozlari eksportni
moliyalash, eksport kafolatlarini berish va eksport bojlaridan ozod
qilishdan iborat.
5) Xorijiy firmalar tadbirkorlik faoliyatiga ko’maklashish. U erkin
tadbirkorlik hududlarini (xorijiy kelib chiquvchi tovarlar odatdagi bojxona
to’lovlarisiz ishlab chiqarilishi, qadoqlanishi, saqlanishi, sotilishi, xarid
qilinishi mumkin bo’lgan qabul qiluvchi mamlakat hududining bir qismi)
tashkil qilish; qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiyoti ustuvor tarmoqlari
rivojlanishini rag’batlantirish; konstessiyalarni (davlat tomonidan xorijiy
92
firmaga o’z mamlakati hududida faoliyat yuritish: foydali qazilmalar qazib
chiqarish, sanoat korxonalarini qurish va ishga tushirish va boshqa
huquqlarning berilishi) moliyalashtirish, kapitallar bozorida davlat
preferenstiyalari, ITTKIni qo’llab-quvvatlash; raqobatlashayotgan tovarlar
va xizmatlar importini ta’qiqlash; milliy valutani devalvastiyadan saqlash
choralari; qarz kafolatlari, qoloq mintaqalar hududida tadbirkorlik
faoliyatini rag’batlantirish; xususiylashtirishda ishtirok etishda namoyon
bo’ladi.
|