87
mamlakatda sotish kanallarining jahon
bozorida qabul qilingan
kanallardan farqlanishi bilan aniqlanadi.
4. Qardosh tarmoqlar va yetkazib beruvchilar. Bu holatda xalqaro
kompaniyani qabul qiluvchi mamlakatda uning mahsulotini yirik
iste’molchilari mavjudligi haqidagi axborot qiziqtiradi.
Ishlab chiqarish
harajatlarini pasaytirish uchun u yerda loyihalashtirilayotgan firmani
xomashyo va materiallar bilan ta’minlovchi tarmoqlarni rivojlantirish
muhim ahamiyat kasb etadi. TMK xorijiy
filiali faoliyat sohasini
tanlashda keyingi muhim omil bo’lib mahalliy firmalar – potensial
yetkazib beruvchilarning texnik darajasi (sifatli yig’ma detallarni yetkazib
berish imkoniyatiga egaligi) hisoblanadi.
5.Bosh kompaniya xorijiy tadbirkorlik uchun mamlakat tanlashga
eng katta e’tibor beradi. Biror mamlakatda xorijiy
filialni tashkil qilish
haqida qaror qabul qilishdan avval potensial qabul qiluvchi mamlakatlar
sharoitlarini to’rtta asosiy aspektda, ya’ni bozor,
iqtisodiy, mahalliy
sharoitlar xususiyatlari va raqobatbardoshlik aspektlarida o’rganib
chiqiladi.