-BOB. TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT SOHASIGA CHIQISH




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/101
Sana18.01.2024
Hajmi1,44 Mb.
#140301
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   101
Bog'liq
Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

4-BOB. TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT SOHASIGA CHIQISH 
SHAROITLARINI TANLASH USLUBIYATI 
4.1. Tashqi bozorda faoliyat sohasini tanlash 
 
Tashqi bozorda faoliyat yuritish nuqtai-nazaridan iqtisodiyotning 
barcha tarmoqlarini 2 guruhga ajratish mumkin: 1) alohida milliy 
bozorlarga xizmat ko’rsatuvchi ko’p millatli tarmoqlar, bunda har bir 
tarmoq (oziq-ovqat sanoati, chakana savdo, sug’urta) qabul qiluvchi 
mamlakatga qarab o’z xususiyatiga ega bo’ladi. 2) butun jahon bozorini 
hisobga olgan iste’molchi-davlatlarda talab xususiyatlarini minimal aks 
ettiruvchi global tarmoqlar (fuqaro aviatsiyasi, televidenie, yarim 
o’tkazuvchilar ishlab chiqarish)ning mavjudligi. 
Iqtisodiyotning global tarmoqlariga ixtisoslashgan xorijiy filiallarni 
boshqarish 
uchun 
xalqaro 
kompaniyalar 
dunyo 
ko’lamida 
raqobatbardoshlik darajasini tutib turish maqsadida global strategiyani 
qo’llaydi. 
Bunday 
kompaniyalar 
xorijiy 
filiallarning 
butunjahon 
tarmog’iga ega, sayyoramizning turli qit’alarida resurslarga ega, eng past 
ishlab chiqarish harajatlariga ega davlatlarda korxonalar tashkil qiladilar 
va masshtab samarasini keng qo’llaydilar. Ular o’z tadqiqot markazlarini 
bosh kompaniya joylashgan davlatlarda emas, balki ko’pincha yaxshi 
sotish bozorlari mavjud bo’lgan mamlakatlarda joylashtiradilar. 
Mahalliy va xorijiy raqobatchilar amal qilayotgan qabul qiluvchi 
mamlakatda shakllangan bozorda raqobatbardoshlik afzalliklariga ega 
bo’lish ancha qiyin, jiddiy tayyorgarliksiz esa – deyarli mumkin emas. 
Xalqaro kompaniyaning qabul qiluvchi mamlakatlarda eng samarali 
faoliyat sohasini aniqlash uchun TMK izlanuvchi-iqtisodchilari va 
marketologlari yangi xorijiy bozorga chiqish haqidagi qaror loyihasini 
tayyorlash jarayonida tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va jahon 
bozoriga yetkazib berishda xalqaro kompaniya imkoniyatlarini tanqidiy 
baholaydilar va chet elda tadbirkorlik faoliyati sharoitlarini quyidagi bir 
necha aspektlarda ko’rib chiqadilar: 
1. Raqobatchi korxonalar firma tuzilishi va strategiyasi aspekti. Bu 
aspektda birinchi navbatda tanlab olingan faoliyat sohasida milliy 
korxonalar va faoliyat ko’rsatayotgan xorijiy firmalarga nisbatan xalqaro 
kompaniyaning raqobatbardoshlik darajasini baholash zarur. Bundan
tashqari qabul qiluvchi mamlakatda ishlab chiqarishni boshqarish va 
tashkil qilish uslubi TMK xorijiy filiali ega bo’lgan sharoitlarga javob 
berishini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. 


75 
Bunda mahalliy raqobatchi-firmalar qanday strategiya tanlashini, 
raqobatli kurashda ulardan o’zish imkoniyati darajasini, xalqaro 
kompaniyaning mo’ljallanayotgan faoliyat sohasi qabul qiluvchi mamlakat 
millati psixologiyasiga javob berishini aniqlab olish zarur. 
2. Xizmatlarni ishlab chiqarish va ko’rsatish sharoitlari aspekti. Bu 
yo’nalishdagi tahlil predmeti bo’lib quyidagi omillar xizmat qiladi: 
iqtisodiyotning qaysi tarmoqlarida qabul qiluvchi mamlakatning nisbiy 
afzalliklari yaqqolroq namoyon bo’ladi, xalqaro kompaniyani qiziqtiruvchi 
iqtisodiyot sohalarida ITTKI uchun asos mavjudligi va nihoyat, qabul 
qiluvchi mamlakat xalq xo’jaligidagi zaif tomonlarning (kapital 
yetishmasligi, ilmiy-texnik sohada orqada qolish va b.) xorijiy 
sarmoyadorlar faoliyati bilan to’ldirilishi mumkinligi. 
3. Sotish sharoitlari. Ular milliy iste’molchilar tomonidan 
talablarning murakkablik darajasi va xususiyatlari, shuningdek qabul 
qiluvchi mamlakatda sotish kanallarining jahon bozorida qabul qilingan 
kanallardan farqlanishi bilan aniqlanadi. Ichki talabning rivojlanish 
tendensiyalari TMK xorijiy filiali mahsulot assortimentini shakllantirish 
yo’nalishlarini belgilaydi. 
4. Qardosh tarmoqlar va yetkazib beruvchilar. Bu holatda xalqaro 
kompaniyani 
qabul 
qiluvchi 
mamlakatda 
mahsulotini 
yirik 
iste’molchilarining mavjudligi haqidagi axborot qiziqtiradi. Ishlab 
chiqarish harajatlarini pasaytirish uchun u yerda loyihalashtirilayotgan 
korxonani xomashyo va materiallar bilan ta’minlovchi tarmoqlarni 
rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. TMK xorijiy filiali faoliyat 
sohasini tanlashda keyingi muhim omil bo’lib mahalliy firmalar – 
potensial yetkazib beruvchilarning texnik darajasi (sifatli butlovchi 
detallarni yetkazib berish imkoniyatiga egaligi) hisoblanadi. 
90-yillarda jahon bozorlarida amal qilgan kompaniyalar qo’llagan 
xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy shakllari va turlari o’z 
ustunliklari va kamchiliklariga ega. Amerikalik iqtisodchilar tomonidan 
taklif qilingan ularning turkumlanishi 4.1-jadvalda berilgan. 

Download 1,44 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   101




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-BOB. TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT SOHASIGA CHIQISH

Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish