71
3.8-jadval
2000-2010 yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarga kapitalning
sof oqimlari (mlrd doll)
2000
yil
2005
yil
2006
yil
2007
yil
2008
yil
2009
yil
To’g’ri investitsiyalar 170
260
250
380
440
420
Sof
portfel
investitsiyalar
20
- 20
-110
50
-10
-90
Boshqa
xususiy
kapital qo’yilmalar
-110
15
90
200
95
-40
Taraqqiyotga
rasmiy
yordam
50
110
110
110
120
-
Manba: World Investment Report 2010: Transnational Corporations.and the Infrastructure
Challenge.TNCs in infrastructure industries //New York and Geneva: United Nations, 2010.
YUNKTAD tomonidan o’tkazilgan 2009–2011 yillar uchun Jahon
Investitsion istiqbollar sharhi (WIPS) ko’rsatishicha, eng katta hajmdagi
jahon TXI va aktsiyalar jamlangan Shimoliy Amerika va Yevropa
Ittifoqining
rivojlangan
mamlakatlarida
TMKlarning
investitsion
rejalarining qisqarishi kuzatiladi. 2009 yilda rivojlangan mamlakatlarga
TXI oqimi 29 % ga, ya’ni 962 mlrd AQSh dollariga qisqardi. Bu asosan
M&Aning xalqaro sotuvlar narhining besh yillik o’sishdan so’ng 39 % ga
tushishi hisobiga ro’y berdi. Yevropada M&A bo’yicha xalqaro bitimlar
56 %, Yaponiyada - 43 % qisqardi.
2008 yilda AQShdan, Yevropa mamlakatlaridan TXIning chiqib
ketishi kamaygan bo’lsa, faqatgina yapon TMKlari 2009 yil boshida
o’zlarining TXI chiqib ketishini ko’paytirishga erishdi. Ular global
moliyaviy-iqtisodiy inqiroz natijasida firmalar narhining pasayishidan o’z
manfaatlari yo’lida foydalanib, xorijiy xaridlari hajmini ko’paytirdi.
Yapon kompaniyalarining xalqaro M&As qiymati 2010 yilda rekord
darajaga, ya’ni 54 milliard AQSh dollariga etdi va Yaponiyani eng ko’p
TXI chiqib ketgan mamlakatlar guruhiga qaytardi.