|
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida TMKlar faoliyatiBog'liq Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1
3.4. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida TMKlar faoliyati
2008 yilda boshlangan va jahon hamjamiyatini jiddiy tashvishga
solgan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz bugungi kunda ham dunyo
iqtisodiyotiga o’z salbiy ta’sirini o’tkazib kelmoqda. Prezidentimiz
ta’kidlaganlaridek: “Bugun dunyo iqtisodiyotidagi ahvolni tahlil qilar
ekanmiz, jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozi hali-beri nihoyasiga
yetgani yo’q, deb aytishga barcha asoslarimiz bor”.
1
Ma’lumki, TMKlar to’g’ri xorijiy investitsiyalar (TXI) oqimida
muhim rol o’ynaydi. Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida to’g’ri
xorijiy
investitsiyalar
oqimlari
sezilarli
kamaydi.
Tadqiqotlar
ko’rsatishicha, TXIlarning global oqimlari 2003 yildan 2007 yilgacha
uzluksiz o’sib bordi va 2007 yilda rekord darajani – 1979 mlrd dollarni
tashkil qildi, 2008 yilda 14 % ga, ya’ni 1697 mlrd dollargacha, 2009 yilda
esa 900-1200 mlrd dollargacha pasaydi. Shunga qaramay, 2010 yilda
ularning asta-sekin tiklanishi va 2011 yilda qo’shimcha o’sishi kutiladi
2
.
Tovar va xizmatlarga talabning pasayishi TMKlarni o’z investitsion
dasturlarini qisqartirishga majbur qildi. Dastlab TXI rivojlangan
mamlakatlarda 29 % pasaygan bo’lsa, ayni vaqtda rivojlanayotgan
mamlakatlarda va Janubi-Sharqiy YYevropa hamda MDHning o’tish
iqtisodiyotili mamlakatlarida mos ravishda 17 % va 26 % ko’payib bordi.
Ularning global TXI oqimlaridagi ulushi mos ravishda 2007 yilda 27 % va
5 % ni tashkil qilgan bo’lsa, 2008 yilda 37 % va 7 % gacha ko’paydi (3.7-
jadval). Biroq, 2008 yil oxiri va 2009 yil boshlarida bu mamlakatlar ham
inqirozning ta’siridan aziyat cheka boshladilar.
1
И.Каримов. Барча режа ва дастурларимиз ватанимиз тараққиётини юксалтириш, халқимиз фаровонлигини
оширишга хизмат қилади. //Халқ сўзи. 2011 йил 22 январь
2
UNCTAD/ 2009. Research analysis financial sector.
|
| |