Xalqaro menejment




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/101
Sana18.01.2024
Hajmi1,44 Mb.
#140301
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   101
Bog'liq
Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

TMK millatini aniqlash 
 
TMK millatining ko’rsatkichlari bo’lib quyidagilar xizmat qiladi: 
- ro’yxatga olingan joyi; 
- shtab-kvartiraning joylashuvi; 
- aksiyalarning boshqaruv paketiga ega bo’lgan aksiyadorlarning 
millati. 
Kompaniyaning millatini o’z hukumati tomonidan beriladigan 
imtiyozlar, subsidiyalar, soliq imtiyozlari va boshqalar aniqlaydi. Xorijiy 
firmalarning faoliyat yuritishini esa qabul qiluvchi davlat o’z 
iqtisodiyotining alohida sektorlarini qoldirgan holda cheklaydi. Shunday 
qilib, ko’pchilik mamlakatlarda xorijiy firmalarga temir yo’l transporti 
sohasida, Avstraliya va Yaponiyada neft-gaz sanoati sohasida, Italiya, 
Gretsiya, Finlyandiyada telekommunikatsiya sohasida va boshqalarda 
faoliyat yuritish ta’qiqlangan. Lekin, so’nggi yillarda xorijiy firmalar 
uchun ta’qiqlangan tadbirkorlik sohalarini qisqartirish va milliy 
qonunchilikni liberallashtirish tendensiyasi kuzatilmoqda. Odatda turli 
mamlakatlar qonunchiligi milliy va xorijiy firmalarni emas, balki rezident-
firmalar va norezident-firmalarni farqlaydi. Rezidentlarga ushbu davlat 
hududida joylashgan va shu yerning o’zida ro’yxatdan o’tgan 
kompaniyalar kiradi. Xorijiy kapital ishtiroki bilan xorijda tuzilgan 
norezident-firmalar iqtisodiy adabiyotlarda odatda bosh kompaniyaning 
xorijiy filiallari (foreign affiliates) deb nomlanadi. Bu filiallar bo’lim 
(branch) shaklida, sho’ba firmalar (subsidiary) yoki uyushgan (associated) 
kompaniyalar shaklida faoliyat yuritishi mumkin.
Bo’lim qabul qilayotgan mamlakatda ro’yxatdan o’tadi, ammo u o’z 
balansiga ega bo’lgan mustaqil kompaniya emas va to’liq (100%) bosh 
kompaniyaga tegishli bo’lib, yuridik shaxs sifatida amal qila olmaydi. Ular 
quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
1
Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари 
ва чоралари. Т.: Ўзбекистон, 2009.


64 
- bosh kompaniyaning xorijdagi vakolatxonasi; 
- bosh kompaniyaning qo’shma korxona bo’yicha hamkori, u yerga 
boshqa firmalar ham kirishi mumkin; 
- bosh kompaniyaning xorijdagi ko’chmas mulki; 
- bosh kompaniyaning kamida bir yil davomida xorijda faoliyat 
yurituvchi moslamalari (kemalar, samolyotlar, neft qazib chiqaruvchi 
platformalar va boshqalar). 
Sho’ba kompaniyalar qabul qilayotgan mamlakatda o’z balansiga ega 
bo’lgan mustaqil firma sifatida (ya’ni yuridik shaxs hisoblanib) ro’yxatdan 
o’tadi va TMK tizimiga kiruvchi korxonalar hisoblanadi. Bosh kompaniya 
uning aksiyalarning kontrol paketiga yoki sho’ba kompaniyaning butun 
kapitaliga egalik qiladi, korxona boshliqlarini tayinlaydi va nazorat qiladi.
Uyushgan kompaniya – bu qabul qiluvchi mamlakatda aksiyalarining 
10-50 % ga bosh kompaniya egalik qiluvchi TMK tizimidagi korxona 
hisoblanadi. Bu korxona bosh kompaniyaning nazoratida emas, balki 
ta’siri ostida bo’ladi. 
Ba’zan bo’lim, sho’ba va uyushgan kompaniyalar milliy firma 
faoliyatining baynalmilallashuvi yo’lidagi bosqichlardan biri hisoblanadi. 
Bu holatda internatsionallashtirishning ilk bosqichi bo’lib odatda 
kompaniya mahsulotlarining eksporti hisoblanadi. So’ngra bu jarayon 
tashqi savdo bitimlari, xorijiy hamkorlar bilan texnologiyalar (litsenzion 
bitimlar) ayirboshlash hisobiga kengayadi. Tovar aylanishining ko’payishi, 
qabul qiluvchi mamlakat firmalari bilan ilmiy-texnik aloqalarining 
kengayishi eksporter kompaniyaning bu mamlakatda o’z vakolatxonasini 
ochish zaruratiga olib keladi. Muomalalar hajmining o’sishi natijasida 
vakolatxona bosqichma-bosqich sho’ba kompaniyasi va keyin uyushgan 
kompaniya darajasiga ko’tariladi. Xorijiy tadbirkorlikning keyingi rivoji 
global ko’lamdagi biznesga ega xalqaro korxonaning shakllanishiga olib 
keladi. 
Yuqorida aytib o’tilgan milliy kompaniyaning TMK sari borish 
yo’lini ko’pchilik xalqaro kompaniyalar uchun odatiy bo’lgan tashkiliy 
qayta shakllanish zanjiri sifatida quyidagicha tasavvur qilish mumkin, 
ya’ni eksport – texnologiyalar bilan almashinuv – qabul qiluvchi 
mamlakatdagi vakolatxona – sho’ba kompaniya – uyushgan kompaniya – 
global ko’lamdagi biznesga ega xalqaro kompaniya.
Kompaniya millati haqidagi masalalar bankrotlik, soliqqa tortish, 
antimonopol qonunchilikni qo’llash va bir qator boshqa holatlarda ham 
yuzaga keladi. Ko’pchilik soliqqa tortish huquqiy tizimiga ko’ra har bir 
kompaniya qardosh firmalar bilan aloqalaridan qat’iy nazar alohida soliqqa 


65 
tortiladi. Bunda ikkiyoqlama soliqqa tortmaslik uchun bosh kompaniya 
qardosh korxona bilan ularga texnologiyalarni, nou-xaularni berish, 
patentlardan, konstruktorlik ishlanmalaridan, savdo belgilaridan, ITTKI 
natijalaridan (agar ITTKI tijorat daromadi keltirsa, ular soliqqa tortiladi) 
foydalanish sohasida kelishib olishlari zarur. Qabul qiluvchi mamlakatni 
soliq organlarining bosh kompaniya va uning xorijiy filiallari orasidagi 
munosabatlarni 
bilishi 
qabul 
qilayotgan 
mamlakatning 
soliq 
deklaratsiyasida TMK filiallari tomonidan ko’rsatilayotgan daromadlar 
hajmining to’g’riligini nazorat qilish imkonini beradi. 
90-yillarda yirik TMKlar tomonidan qabul qiluvchi mamlakatlar 
soliq qonunchiligini qo’pol buzilganligi holatlari ham kuzatilgan. Masalan, 
90-yillar o’rtalarida Yaponiya soliq organlari “Koka-kola” kompaniyasi 
filialiga bosh kompaniya hisobiga haddan tashqari ko’p litsenziyalangan 
pullarni o’tkazgani, shunga ko’ra soliq deklaratsiyasida filial foydasi past 
ko’rsatilgani uchun 15 mlrd. iena miqdorida jarima solgan. Shu vaqtning 
o’zida “Nissan” yapon mashinasozlik kompaniyasi AQSh soliq 
boshqarmasiga 17 mlrd. iena miqdorida jarima to’lagan, chunki u o’z 
foydasining bir qismini Yaponiyadagi bosh kompaniya hisobiga o’tkazib 
yuborish evaziga Amerika solig’ini chetlab o’tishga muvaffaq bo’lgandi. 
Antimonopol qonunchilik qo’llanilgan holatlarda ko’p mamlakatlar 
sudi birlashmagan bozor qudratini aniqlashda korxonalarning iqtisodiy 
birligini (qardoshligi) ko’zda tutadi. Bu yerda ko’pgina TMKlarning 
huquqiy maslahatlar, ITTKI, moliya, buxgalteriya, bir yoki bir nechta 
xalqaro markazlarda dasturlashtirish kabi TMKning butun tizimiga xizmat 
ko’rsatadigan vazifalarni markazlashtirishi e’tiborga olinadi. Kompaniya 
millati sud yoki arbitrajda bosh kompaniyaning ekologik jihatdan zararli 
texnologiyalar yoki nuqsonli mahsulotlar ishlab chiqarishga jalb 
qilinganligi darajasi ko’rib chiqilayotganda katta ahamiyatga ega bo’lishi 
mumkin. Bunday holatlarda sud hukmiga huquqiy tomondan tashqari 
ma’naviy masalalar ham ta’sir etishi mumkin. Masalan, hammaga ma’lum 
bo’lgan Bxopaldagi (Hindiston) kimyo zavodida insonlarning ommaviy 
zaharlanishiga “Yunion karbayt” kompaniyasining texnologiyasidan 
foydalanilish sabab bo’lgan va u sudda Hindiston tomoni oldida ma’naviy 
javobgarligini tan olib, zarar ko’rgan oilalar harajatlarini qoplash 
majburiyatlarini o’z bo’yniga olgan.
TMK millatini va uning chet el filiallari bilan aloqasini aniqlashdagi 
qiyinchiliklar bu aloqalarning ko’p uchraydigan ko’pdarajaliligi bilan 
tushuntiriladi. Masalan, o’yinchoqlar tayyorlaydigan yirik “Mattel” 
korporatsiyasi (AQSh) butun dunyo bo’yicha 39 ta qardosh kompaniyaga 


66 
egadir, bulardan 26 tasi bosh kompaniyaning bevosita mulki va 13 tasi esa 
“Mattel” korporatsiyasining chet el filiallariga tegishlidir (3.5. jadval). 

Download 1,44 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   101




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish