-jadval   1987-2009 yillarda 1 mlrd AQSh dollaridan ortiq baholangan




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/101
Sana18.01.2024
Hajmi1,44 Mb.
#140301
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   101
Bog'liq
Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

3.1-jadval 
 1987-2009 yillarda 1 mlrd AQSh dollaridan ortiq baholangan 
xalqaro M&As 
Yil
Bitimlar 
soni
Foizlardagi 
ulushi 
Qiymati 
(mln doll) 
Foizlardagi 
ulushi 
1987 
19 
1,6 
39 
40,1 
1990 
48 
1,4 
84 
41,7 
1995 
44 
0,8 
97 
41,9 
2000 
207 
2,1 
999 
74,0 
2005 
182 
2,1 
569 
61,3 
2006 
215 
2,4 
711 
63,6 
2007 
319 
3,0 
1197 
70,4 
2008 
251 
2,6 
823 
68,3 
2009 
40 
1,2 
171 
67,2 
Manba: World Investment Report 2008: Transnational Corporations.and the Infrastructure Challenge.TNCs in 
infrastructure industries //New York and Geneva: United Nations, 2008. 
1
Financial Times 25.1.2007. 


52 
Amalda korxonalarni sotish-sotib olishga ixtisoslashgan global bozor 
shakllandi va faol rivojlanmoqda (bunda korxonalarni sotib olish istagini 
bildirganlar uni sotuvchilarga qaraganda ko’proq). Hozirgi faollik asosan 
global bozor tendentsiyalariga, arzon zaem vositalariga, xomashyo 
tovarlariga yuqori talabga va BRIK (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy) 
mamlakatlarida yirik korporatsiyalarning paydo bo’lishiga asoslanadi. 
Uning yana bir xususiyati bo’lib, to’g’ri inestitsiyalar fondlarining jadal 
faoliyati hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda TMKlarning jahon iqtisodiyotiga ta’siri juda yuqori 
hisoblahadi. XXI asrning boshiga kelib 700 mingdan ortiq o’z xorijiy 
filiallarini boshqarayotgan 80 mingdan ko’p kompaniyalar ro’yxatdan 
o’tgan. TMKning qo’l ostida xususiy ishlab chiqarish fondlarining 
taxminan 30 %, xalqaro savdoning 50 % ga yaqini mujassamlangan. 
Transmilliy korporatsiyalar tomonidan jahon bozorlaridagi deyarli butun 
xomashyo savdosi, shu jumladan bug’doy, kofe, jo’xori, o’rmon 
materiallari, tamaki, temir rudasi jahon savdosining 90 %, mis va 
boksitning 85 %, choy va qalayning 80 %, banan, tabiiy kauchuk va xom 
neftning 75 % nazorat qilinadi. Ular hissasiga ilm-fan va texnika 
sohalarida patentlangan va tadbiq etilgan barcha yangiliklarning 80 foizi 
to’g’ri keladi.
TMKning umumiy valuta zahirasi jahonning barcha markaziy 
banklarining birgalikdagi zahirasidan bir necha barobar ko’p. Xususiy 
sektorda bo’lgan pul miqdorining 1-2 %ga siljishi istalgan ikkita milliy 
valutalarining o’zaro paritetini o’zgartirishga qodir.
Xalqaro kompaniyalar butun dunyoni yagona bozor deb qarashadi, 
ko’pchilik mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi, xorijiy 
sarmoyalar lokomotivi bo’lib qatnashadi va milliy chegaralardan qat’iy 
nazar strategik qarorlar qabul qiladi.
Yirik TMKlar ko’pincha o’z faoliyatini ilmiy-texnik taraqqiyotini 
belgilovchi tez rivojlanayotgan sanoat tarmoqlariga qaratadi. Ular 90-
yillarning oxirida kompaniyaning 100 ta yirik TMKlar ro’yxatiga kirgan 
kompaniyalar xorijiy aktivlarining 15 %dan yuqorirog’i to’g’ri keladigan 
elektronika sanoatiga juda faol qiziqmoqdalar. Bu ro’yxatlarda kimyo, 
qazib olish va avtomobil sanoati korporatsiyalari yuqori o’rinlarni 
egallaydi. Mislsiz hajmdagi xalqaro iqtisodiy bitimlarni amalga oshira 
turib, TMKlar, ularda savdogarlar (tijoratchilar), to’g’ri va portfel 
sarmoyadorlar, samarali texnologiyalarni tarqatuvchilar, xalqaro mehnat 
migratsiyasining rag’batlantiruvchilari sifatida ishtirok etadi. 


53 
90-yillarning oxirida TMKlar orasida xorijiy aktivlarning qiymati 
bo’yicha birinchi o’rinda “Royyal Datch Shell” ingliz-golland konserni 
turar edi. Ushbu kompaniyadan tashqari yirik TMKlarning birinchi 
o’nligiga 5 ta AQSH, 2 ta Yaponiya, 1 ta Germaniya, 1 ta Shveysariya 
kompaniyalari kirar edi. 1995 yilda dunyoning nisbatan qudratli 100 ta 
TMKlari ro’yxatida ilk marotaba rivojlanayotgan mamlakatlardan 
chiquvchi “Deu Korporeyshn” (Janubiy Koreya) va “Petroleus de 
Venesuela” (Venesuela) kompaniyalari paydo bo’lishdi. 
Yangi industrial davlatlarning (YaID) birinchi “to’lqini” orasida yirik 
Osiyo kompaniyalari, birinchi navbatda Gonkong (2008 yilda dunyoning 
500 ta eng yirik TMKlari reytingida 10 ta), Janubiy Koreya (FT-500 
reytingida 5 ta), Tayvan va Singapur (4 tadan) eng katta yutuqlarga 
erishdi. Lotin Amerikasi YaID orasida Braziliya – 11 TMK ajralib turadi. 
Biroq, YaIDlarga tegishli kompaniyalarning transmilliylashuvi jahon 
bozorlarida harbiy TMKlarning maqelarini jiddiy pasaytira olmadi.
2004 yilgacha xalqaro xorijiy aktivlarni xarid qilish bozorlarida 
rivojlangan mamlakatlar yetakchilik qildi. Faqatgina 2004 yildan boshlab, 
rivojlanayotgan mamlakatlarning kompaniyalari tomonidan rivojlangan 
mamlakatlar kompaniyalarining bozorlarini egallash jarayoni boshlandi. 
Ushbu 
jarayonda 
Xitoy, 
Hindiston 
va 
boshqa 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarning kompaniyalari muhim rol o’ynamoqda. 2007 yilda ilk 
bor rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan rivojlangan mamlakatlardagi 
aktivlarni xarid qilish hajmi rivojlangan mamlakatlar kompaniyalarining 
rivojlanayotgan mamlakatlardagi aktivlarni xarid qilish hajmidan ortiqroq 
bo’ldi.
2008 yilda dunyoning 500 ta eng yirik TMKlari reytingida Xitoy va 
Gonkong kompaniyalarining soni FT-500 reytingida ikkinchi o’rinda 
turgan Buyuk Britaniya bilan tenglashdi. Faqat Xitoyga tegishli bo’lgan 
korporatsiyalar soni 25 tani tashkil qiladi.
1
2008 yilda Xitoy FT-500 
reytingining birinchi o’nligidagi o’z mavqeini yanada oshirib, 3 ta 
kompaniyaga yetkazdi (2006 yilda ushbu reytingga bitta ham xitoy 
kompaniyasi kiritilmagan edi). Xitoy va Gonkong kompaniyalarining 
umumiy kapitallashuv darajasi Buyuk Britaniyanikidan yuqori va birinchi 
o’rinda mahkam o’rnashib olgan AQShdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. 
AQSh bu ro’yhatda kompaniyalar soni (169 ta), ularning umumiy 
kapitallashuv darajasi (9,6 trln. doll.) bo’yicha ham so’zsiz yetakchilik 
qiladi. 
1
FT-500 – «Financial Times» tomоnidan e’lon qilinadigan dunyoning 500 tа eng yirik TMKlari reytingi.


54 
XX asr oxiridan boshlab hind korporatsiyalarining transmilliylashuv 
jarayoni kuchaydi. Ular Osiyo va Afrika bozorlaridan so’ng 80-yillarda 
Yevropa bozorlariga ham o’z yig’uv ishlab chiqarishlarini joylashtira 
boshladi. XX asr boshida hind kapitali 93 ta mamlakatdagi 1000 dan ortiq 
qo’shma korxonalarda ishtirok etar edi. Ularning asosiy qismi eng yirik 
savdo sheriklari bo’lgan AQSh, Buyuk Britaniya, BAA, Malayziya, 
Singapur, Nepal, Tailand, Bangladeshga to’g’ri keladi. Hind kapitali 
yuqori kontsentratsiyalashuv bilan ajralib turadi. XXI asr boshida 7 ta eng 
yirik (Birla, Tata, Singxaniya, Shoxibog’ va boshqalar) savdo-sanoat 
uylarining hissasiga Hindiston korporativ sektorini to’g’ri xorijiy 
investitsiyalarini 75 % to’g’ri keladi.
Janubiy 
Koreya, 
Xitoy 
va 
Hindiston 
kompaniyalarining 
transmilliylashuv modellari tashqi jihatdan o’xshashligiga qaramay ayrim 
farqlanishlarga ega. Masalan, hind kompaniyalarining transmilliylashuv 
jarayoni ko’p yillardan beri rivojlanib keladi. Ular transmilliylashuvning 
savdo modelini amalga oshirib, global bozorlarga o’tishdan oldin boshqa 
kamroq rivojlangan mamlakatlar bozorlarida uzoq muddatli faoliyat 
ko’rsata boshlagan. Janubiy Koreya va ayniqsa Xitoy kompaniyalarining 
transmilliylashuv jarayoni esa xalqaro bozorlarga jadal kirib borish 
xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Shunga qaramay, ushbu kompaniyalar 
transmilliylashuv jarayonining boshlang’ich bosqichlarida turibdi. 
90-yillarda Rossiya kompaniyalarining transmilliylashuv jarayoni 
boshlanib, uning bosqichlari va xususiyatlari jihatidan biznesning 
baynalmillashuvi va transmilliylashuvining klassik modeliga to’liq mos 
kelmaydi. Ushbu jarayon Janubiy Koreya va Xitoy mamlakatlaridan farqli 
ravishda davlat ko’magisiz amalga oshirildi. Rossiya kompaniyalarining 
transmilliylashuv jarayonining dastlabki bosqichlari yoqilg’i-energetika 
majmuasining (YoEM) eksport tarmoqlarining faoliyati ustunlik qilishi 
bilan 
tavsiflanadi. 
Xorijiy 
ekspansiya 
natijasida 
Rossiya 
kompaniyalarining katta hajmdagi moliyaviy mablag’larining chet elga 
yo’naltirilishi mamlakat xususiy tashqi qarzdorligini oshirmoqda (2008 
yilda 400-450 mlrd. doll.). 
2006–2007 yillarda 25 ta yetakchi Rossiya kompaniyalari xorijdagi 
o’z aktivlarini ikki barobar ko’paytirdi. Global yetakchilikka intilayotgan 
kompaniyalarga UC Rusal, Severstal, Yevraz, Gazprom, LUKoyl va 
YoEMning boshqa kompaniyalarini kiritish mumkin. So’nggi yillarda 
Rossiya kompaniyalarining xalqaro reytinglardagi ishtiroki kuchayib 
bormoqda (Forbes va Finantial Times reytinglarida mos ravishda 29 va 13 


55 
ta kompaniya kiritilgan). Ularning soni bo’yicha BRIK mamlakatlari 
orasida Xitoydan keyin turadi. 
Rossiya kompaniyalarining transmilliylashuv jarayoni boshqa BRIK 
mamlakatlaridagi mazkur jarayonlardan ilmiy va texnik-texnologik 
bazaning, boshqaruvchi mutaxassislar tayyorgarligining nisbatan yuqori 
darajasi; 
90-yillardagi 
keskin o’zgaruvchan sharoitlarga yuqori 
moslashuvchanlik 
darajasi; davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash 
tizimining past darajasi kabi xususiyatlar bilan ajralib turadi. 
2007–2008 yillarda Rossiya kompaniyalarining transmilliylashuv 
jarayoniga nisbatan davlatning siyosatida ayrim siljishlar boshlandi.
1
milliy korporatsiyalarning xalqaro faoliyatini davlat tomonidan qo’llab-
quvvatlash 
shakllariga 
siyosiy-diplomatik, 
moliyaviy-iqtisodiy 
va
marketing jihatdan yordam ko’rsatish usullarini, xorijda chet el 
investitsiyalari bo’yicha milliy agentliklarni tashkil qilish, xorijdagi 
investitsiyalarni qo’llab-quvvatlash tamoyillari to’g’risidagi maxsus 
qonunning mavjudligini kiritish mumkin. Rossiya hukumati milliy 
biznesga asosan “yumshoq” yordam ko’rsatadi. Masalan, 1991 – 2005 
yillarda Rossiya tomonidan 57 ta ikkitomonlama kapital qo’yilmalarni 
rag’batlantirish va o’zaro himoyalash to’g’risidagi hukumatlararo 
kelishuvlar imzolanib, ulardan 36 tasi kuchga kirgan (taqqoslash uchun 
Xitoy 2006 yilda 116 ta shunday kelishuvga ega edi).
Hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlarda yuqori samaradorlikka 
erishishda tobora ko’proq «yangi iqtisodiyot» omillari (brendlar, gudvillar, 
tarmoqli 
texnologiyalar, 
noan’anaviy 
marketing 
va 
hokazo) 
qo’llanilayotganligini hisobga olgan holda milliy biznesning xorijdagi 
faoliyatini 
qo’llab-quvvatlashning 
yangi 
zaruriy 
infratuzilmasini 
shakllantirish dolzarb hisoblanadi. 
TMKlar milliy bozorlar orasidagi aloqalarni mustahkamlagan holda 
umumiy boshqaruv ostida butun dunyo bo’yicha korxonalarni joylashtirib, 
sanoatni internatsionallashtirish jarayonlarini vujudga keltiradi. Ular har 
xil 
davlatlarda 
joylashgan 
korxonalarning 
texnologik 
siklini 
birlashtiradilar, firma ichidagi mehnat taqsimotini amalga oshiradilar.
TMKga kirgan har bir korxona kelishilgan siyosat va yagona 
umumiy strategiya chegarasida faoliyat yuritadi. Har xil TMKlarda bitta 
yoki undan ko’p qaror qabul qiluvchi markazlar mavjud. TMK aktivlari 
umumiy xususiy mulk bilan bog’liq. Har bir TMKda bir-biriga bog’liq 
korxonalar orasida ITTKI natijalari, resurslar va javobgarliklarning 
taqsimlanishi kelishib olingan. 
1
RF Prezidenti D.А. Medvedevning Krasnodardagi nutqi. Ведомости 18.09.2008. 


56 
TMK faoliyati unumdorligi quyidagi 3 ta asosiy manbaga 
asoslangan: 
1. Har xil mamlakatlarda tabiiy resurslarga, yirik kapitalga va fan-
texnikada yangilik kiritish bo’yicha mutloq ko’pchilik patentlarga egalik 
qilish; 
2. Butun dunyo bo’yicha tabiiy resurslar, unumdor yerlar, qulay 
iqlim va arzon ishchi kuchining optimal kombinatsiyasi bilan firmalarning 
joylashish ustunliklaridan foydalanish; 
3. Internatsional ishlab chiqarishni tashkil etishda, xalqaro marketing 
tamoyilidan foydalanish bilan butun dunyoda katta talabga ega yangi 
tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda xalqaro menejment tajribasidan 
foydalanish; 
Moliyaviy jihatdan TMK turli mamlakatlardagi filiallarining 
tarmog’i bilan milliy kompaniyalarga nisbatan qulay holatda bo’ladi, 
chunki:
- ular o’zining xalqaro kapital tizimiga ega va ularni eng ko’p foyda 
keltiruvchi mamlakatlarga ko’chiradilar; 
- sharqdan g’arbga yo’nalishi bo’yicha sutkasiga 24 soat jahon 
moliya bozorlarining holati haqida ma’lumotga egadirlar. Masalan, 
kunning so’nggida Nyu-Yorkdagi bosh kompaniya elektron aloqa orqali 
jahon moliya bozoridagi holatni Gonkongdagi korxonasiga yuboradi. 
Keyingi kun ertalab bosh kompaniya Gonkongdan o’tgan 12 soat uchun 
bozordagi voqealar va vaziyatning tahlili haqida ma’lumot oladi. Shunday 
qilib bitta TMK miqyosida to’xtovsiz tartibda ITTKIning bajarilishi, 
dasturlashtirish va boshqalar tashkil etiladi; 
- qabul qiluvchi mamlakatlarda valuta paritetining tebranishi va 
investitsion iqlimni liberallashtirish darajasidan kelib chiqqan holda 
investitsion qaltisliklarni o’z filiallari orasida taqsimlaydilar. Shunday 
qilib, qabul qiluvchi mamlakatda valuta paritetining pasayishi TMKning 
bu mamlakatda ko’chmas mulk sotib olishi uchun qulay sharoitlar 
yaratadi. Xususiylashtirish sharoitlarida liberallashtirish ham qabul 
qilayotgan mamlakatga TMK kapitallarini jalb etadi; 
- xorijiy filiallari joylashgan mamlakatlardagi milliy va xalqaro 
moliyaviy institutlardan qarzga olingan mablag’lardan nisbatan manfaatli 
shartlarda foydalanadi. 
TMK xorijiy filiallarining milliy firmalar oldidagi asosiy raqobat 
ustunliklaridan biri bo’lib bosh kompaniyaning izlanish markazi 
tomonidan o’tkaziladigan ITTKI natijalaridan foydalanish hisoblanadi. 
Dunyodagi patent va litsenziyalardan foydalanganlik uchun to’lovlarning 


57 
70 %ga yaqini TMK doirasida bosh kompaniyalar va ularning xorijiy 
filiallari orasida amalga oshiriladi. Bunda oxirgi yillarda TMKlar ITTKI 
o’tkazish harajatlarini kamaytirish maqsadida o’z izlanish markazlarini 
ko’proq qabul qilayotgan mamlakatlarga ko’chirishmoqda. Agar oldin 
izlanish ishlari va konstruktorlik tadqiqotlari odatda, bosh kompaniya 
joylashgan mamlakatda amalga oshirilgan bo’lsa, XX asrning oxirida 
xalqaro texnologiyalar ayirboshlash hajmining kengayishi bilan TMK 
izlanish markazlari ilmiy-tadqiqot ishlari va konstruktorlik tadqiqotlarni 
minimal harajatlar bilan o’tkazish uchun kerakli resurslar va ilmiy 
potensialga ega bo’lgan mamlakatlarda o’rnashmoqdalar. 
TMKlar ITTKI o’tkazish uchun ishlab chiqarish infrastrukturasiga 
ega bo’lgan, universitetlar va milliy tadqiqot markazlari faoliyat 
ko’rsatayotgan, olimlarning maoshi unchalik katta bo’lmagan va 
kommunikatsiya vositalari yetarli darajada rivojlangan qabul qiluvchi 
mamalakatlarni tanlaydi. Bundan tashqari, TMK tadqiqot markazlarining 
joylashishi uchun jalb etuvchi omillar bo’lib ilmiy muassasalar va sanoat 
korxonalari orasidagi aloqalarning yaxshi o’rnatilganligi, qabul qilayotgan 
mamlakatning 
hukumati 
tomonidan 
milliy 
ITTKIlarni 
qo’llab-
quvvatlanishi va intellektual mulkni qo’riqlashning mustahkam huquqiy 
asosi hisoblanadi. 
90-yillarda nafaqat rivojlangan, balki rivojlanayotgan mamlakatlarda 
ham TMKlar bajonidil o’z tadqiqot markazlarini joylashtirayotgan ilmiy 
va texnologik parklar keng tarqaldi. Bunday parklarning muvafaqqiyatli 
faoliyat ko’rsatishi uchun u yerda olimlarning ishlashi va yashashi uchun 
qulay sharoitlarga ega asosiy ilmiy va o’quv markazlari joylashgan 
bo’lishi, shuningdek, ilmiy izlanishlarni kengaytirish va takomillashtirish 
uchun yetarli imkoniyatlar mavjud bo’lishi zarur. 
TMK 
korxonalarini 
samarali 
faoliyat 
yuritishining 
asosiy 
manbalaridan biriga bosh kompaniya resurs va bozorlar joylashishining 
optimal kombinatsiyasini qo’llagan holda uyushtiradigan internatsional 
ishlab chiqarishni kiritish lozim. Bu holatda xalqaro kompaniyaning ishlab 
chiqarish quvvati TMKning umumiy strategiyasiga muvofiq har xil 
mamlakatlarda joylashadi. Jahon bozori ehtiyojlarini qondirish uchun 
xalqaro kompaniyalar firmalar ichidagi va ular orasidagi hamkorlik 
aloqalarini kengaytiradilar. Bunda xalqaro iqtisodiy munosabatlarning har 
xil shakllari birgalikda qo’llaniladi. Ko’pincha, tashqi savdo to’g’ri xorijiy 
investitsiyalar bilan birgalikda ishlatiladi va TMK xorijiy filiallarining 
mahsulotlarini eksport qilish amalga oshiriladi. 


58 
Integratsiyalashgan xalqaro ishlab chiqarish o’zida kapital, 
texnologik jarayonlar, malakali xodimlarning migratsiyasi va savdo 
tarmog’ini davlat chegaralari orqali yagona tizimga birlashtiruvchi bosh 
kompaniya nazorati ostida xorijda mahsulot ishlab chiqarishni ifoda etadi. 
Integratsiyalashgan xalqaro ishlab chiqarishning boshqaruv quroli 
(instrumenti) – bu milliy kompaniyalarnikiga nisbatan past ishlab chiqarish 
harajatlariga, nisbatan yuqori bo’lgan sifat va xilma-xil assortimentga ega 
mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlovchi global menejment hisoblanadi. 
Bunda 
savdo 
bozorlarini 
kengaytirishda 
TMK 
korxonalarining 
raqobatbardoshlik ustunligi namoyon bo’ladi.
Xalqaro kompaniyalarning ishlash tajribasi ishlab chiqarishni tashkil 
etishning quyidagi 3 xil strukturasi mavjudligini ko’rsatadi (3.2.rasm): 
1. Gorizontal 
2. Vertikal 
3. Diversifikatsion
Gorizontal integratsiya sotish bozori hajmini ko’paytirish, sanoat 
ko’lamini kengaytirish va quvvatlardan ratsional foydalanish singari 
ustunlikka ega. Bir qabul qilayotgan mamlakatda mahsulotga bo’lgan talab 
qisqarganda, xalqaro kompaniya bu mahsulotga bo’lgan talab saqlangan 
yoki kengaygan boshqa mamlakatdagi o’z korxonasiga resurslarni 
o’tkazadi. Xalqaro gorizontal integratsiya darajasi taxminan TMK 
filiallarining boshqa undan mustaqil firmalarga eksport hajmi sifatida 
aniqlanishi mumkin.
TMK miqyosida sanoatning vertikal integratsiyasi har xil 
mamlakatlarda ishlab chiqarish jarayoni bosqichlarini: bir mamlakatda 
xomashyo qazib olish, boshqa mamlakatda unga ishlov berish va 
yarimtayyor mahsulot yoki butlovchi detallar ishlab chiqarish, uchinchi 
mamlakatda tayyor mahsulot yig’ish kabi bosqichlarini yagona texnologik 
zanjirga birlashishini ifoda etadi. Xalqaro ishlab chiqarishni tashkil 
etishning 
bunday 
strukturasi 
yetkazib 
beruvchilarga 
qaramlikni 
qisqartirish, asosiy iste’molchilar, shu jumladan butun e’tiborni xomashyo 
va yarimtayyor mahsulotlar xaridorlarining ehtiyojlarini qondirishga 
qaratish, butun texnologik jarayon uchun umumiy reja bo’yicha turli 
mamlakatlardagi ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, bosh 
kompaniyaning hohishiga ko’ra alohida ishlab chiqarish munosabatlarida 
texnik darajani oshirish imkonini ko’zda tutadi. 
Tayyor mahsulot yig’ishning tarkibiy qismlar ishlab chiqarish va 
ITTKIdan hududiy ajratilishi vertikal integratsiya bo’yicha xalqaro ishlab 
chiqarishda yetkazib berishlarni (ta’minotni) va logistika xizmatini tashkil


59 

Download 1,44 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   101




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval   1987-2009 yillarda 1 mlrd AQSh dollaridan ortiq baholangan

Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish