Milliy kompaniyaning xalqaro kompaniya darajasiga o’tish




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/101
Sana18.01.2024
Hajmi1,44 Mb.
#140301
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   101
Bog'liq
Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

 
3.1. Milliy kompaniyaning xalqaro kompaniya darajasiga o’tish 
evolyutsiyasi 
 
Milliy kompaniyalarning xalqaro kompaniyalar darajasiga o’tishini 
rag’batlantiruvchi uchta asosiy omilni ajratib ko’rsatish mumkin: 
1. Tovar ayirboshlashning va shu bilan birga daromadning o’sishi. 
Bunda kompaniya ishlab chiqarish quvvatlarini kuchaytirish va ko’lam 
samarasini ishlatish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari u qaltislikni 
kamaytirish uchun xorijiy hamkorlar bilan o’rnatilgan aloqalardan 
foydalanishi mumkin. 
2. Qabul qilayotgan davlatda xomashyo va ishchi kuchining nisbatan 
arzonligi hisobiga ishlab chiqarish va sotish harajatlarini kamayishi. 


46 
Bundan tashqari, mahalliy firmalar bilan qo’shma korxonalar tuzish yo’li 
bilan savdo-sotiq bozorini va yangi samarali texnologiyalarga erishish 
imkoniyatlarini kengaytirish. 
3. Qabul qilayotgan mamlakatning sanoati, moliya-kredit tizimi, 
savdo kanallari va infratuzimasidan foydalanish. 
Ko’pchilik xalqaro kompaniyalar uchun milliy firmalardan 
transmilliy korporatsiyalarga o’tish jarayonida ularning tashqi iqtisodiy 
faoliyatining muayyan ketma-ketligi (bosqichlari) odatiy hol bo’lib qoldi 
(3.1-rasm).
Birinchi bosqich o’z ichiga bir martalik eksport-import bitimlarida 
aks etuvchi, turli davlatlardan bo’lgan hamkorlar orasidagi shartnoma 
munosabatlarini oladi. Bu bosqichda hamkorlar hali yetarli darajada bir-
birlarining 
moliyaviy 
imkoniyatlari, 
ilmiy-sanoat 
potensiali 
va 
ishbilarmonlik uslubini bilmaydilar. 
Ikkinchi bosqichda har xil davlatlardan bo’lgan hamkorlar orasidagi 
munosabatlarning navbatdagi kengayishi va takomillashuvi ko’rsatkichi 
bo’lib ikki yil va undan ortiq muddatga mo’ljallangan uzoq muddatli 
shartnomalar xizmat qilishi mumkin. Bir qator hollarda bunday 
shartnomalar kapitalning kredit shaklida olib chiqilishi, asbob-uskunalarni 
yetkazib berilishi, texnologiyalarni o’tkazilishi, shuningdek ilmiy-
texnikaviy hamkorlikni ko’zda tutadi. 
Uzoq muddatli shartnomalar eksporter uchun sifati sotib oluvchiga 
ayon bo’lgan tovarlar va xizmatlarning savdo bozorlari barqarorligini 
ta’minlash nuqtai nazaridan jozibali hisoblanadi. Bundan tashqari 
eksporterlar transport kompaniyalari bilan uzoq muddatli doimiy 
kelishuvlar tuzish yo’li bilan transport harajatlarini qisqartirish hisobiga 
o’z mablag’larini tejaydilar. Bularning hammasi reklama, xaridorlarni 
qidirish, ko’p sonli bir martalik shartnomalarni tayyorlash harajatlarisiz 
tijorat harajatlarini pasaytirish imkonini beradi. 
Import qiluvchilar uchun uzoq muddatli shartnomalar yaxshi ma’lum 
bo’lgan va o’zini yaxshi tomondan tavsiya qilgan tovarlar va xizmatlar 
yetkazib 
berilishi 
barqarorligini 
ta’minlaydi. 
Rivojlanayotgan 
mamlakatlardan xomashyo tovarlari import qilingan holatda importerlar 
eksporterlarga kapitalni ssudaga berish, so’ngra esa ma’lum darajadagi 
foizlar bilan uzoq muddat mobaynida o’zining yoqilg’i, xomashyo 
materiallariga bo’lgan talablarini barqaror ta’minlash uchun, uni mahsulot 
shaklida qaytarish imkoniyatiga egadir. 


47 
Hamkorlikning 
keyingi 
bosqichida 
to’g’ridan-to’g’ri xorijiy 
investitsiyalar, litsenziyaviy kelishuvlar, konsorsiumlar (ma’lum bir 
maqsadlarni amalga oshirish, ko’pincha tashqi bozorga birgalikda kirish 
uchun o’zaro konfidensial kelishuvlar bilan bog’langan hamkor-
ishtirokchilarning vaqtinchalik birlashuvidir) tuzish amalgam oshiriladi. 
Bu bosqichda har xil mamlakatlardan bo’lgan hamkorlar bir-birlariga baho 
berishgan, bir-birlarining ishonchliligiga va ish yuzasidan shartnomalarni 
tuzishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligiga ishonch xosil 
qilishgan. 
O’zbekistonda Vazirlar Mahkamasining 12.12.2000 yildagi 473-sonli 
«Xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va O’zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomalar bo’yicha majburiyatlarini bajarish 
tartibi to’g’risida»gi Qaroriga muvofiq xalqaro shartnomalar loyihalarini 
Transmilliy kompaniya 
Qo’shma korxonalar 
Bevosita xorijiy 
investitsiyalar 
Кonsorsiumlar 
Litsenzion 
bitimlar 
Eksport-
import bitimi 
Eksport-import 
bitimi 
Eksport-import 
bitimi 

Download 1,44 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   101




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Milliy kompaniyaning xalqaro kompaniya darajasiga o’tish

Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish