Xalqaro menejment




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/101
Sana18.01.2024
Hajmi1,44 Mb.
#140301
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   101
Bog'liq
Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

2.2. Rasm. Техnologiya va uskunani yetkazib berish 
shartnomasini bajarish bilan band xоdimlar sonining o’zgarish 
dinamikasi 
Shartnomani 
imzolashdan 
kafolat 
sinovlarigac
ha bajarish 
vaqti 


39 
tayyorgarlik ko’rishda yo’rdam ko’rsatadilar. So’nggi yillarda texnologik 
jarayonlar va kompyuterlashtirilgan agregatlar konstruksiyalarining 
murakkablashuvi sababli tajribali importerlar sotib olingan uskunalarni 
ishlatishga mutaxassislarni o’qitish va uni qabul qilish ishlarini uskuna 
ishlab chiqarilgan joyda amalga oshirishga katta e’tibor bermoqdalar. 
O’qitish agregatlarni o’rnatish joyida, shuningdek xorijiy ishlab 
chiqaruvchi korxonalarda ham olib boriladi. O’qitish kurslariga 
texnologiyaga, uskunalarga xizmat ko’rsatish va ta’mirlash tizimini, 
agregatlarni boshlang’ich materiallar, energiya, ehtiyot qismlar bilan 
uzluksiz ta’minlashni tashkil qilishni o’zlashtirish kiradi. Import 
qiluvchining mutaxassislari havfsizlik texnikasi, atrof-muhit muhofazasi 
me’yorlarini, mahsulot sifatini nazorat qilish usullarini o’rganadilar. 
Yetkazib berish hajmiga sifatni buzmaydigan nazorat uskunalari – rentgen, 
izotop, ultratovush o’rnatmalari va spektral analiz uskunalarini ham 
kiritish maqsadga muvofiq bo’lar edi. 
Buyurtmachi korxonaga uskuna yetkazib berishdan ancha oldin 
agregatlarni ekspluatastiya qilish joyida mavjud infratuzilma, mahalliy 
xomashyo materiallari, iqlim sharoitlari, xodimlarning texnik savodliligini 
hisobga olgan holda xorijiy texnologiya jarayonlarini mahalliy sharoitlarga 
moslashtirish bo’yicha ilmiy-texnik izlanishlar o’tkaziladi va chora-
tadbirlar ishlab chiqiladi. O’tkazilgan tadqiqotlar hamda texnologiya va 
uskunalarni yetkazib beruvchining asosiy agregatlarni yetkazib berish 
muddatidan ilgari taqdim etgan texnik xujjatlari asosida xomashyo 
materiallari, mahsulot nomenklaturasi va sifatiga texnik talablarni 
umumlashtiruvchi texnologiya yo’riqnomalari tuziladi. 
Shu bilan bir vaqtda kontrakt shartlari asosida uskuna ishlab 
chiqaruvchi zavodlarga uskunalarni ularni ishlab chiqarish joyida qabul 
qilish 
uchun 
buyutmachining 
nazoratchilari 
yuboriladi. 
Shu 
nazoratchilarning uskunalarni loyihalashtirishda ham ishtirok etishi 
maqsadga muvofiq, chunki ular so’ngra o’z korxonasida import 
agregatlarni zamonaviylashtirish va takomillashtirishda qatnashish 
imkoniyatini qo’lga kiritadilar. Shu sababli import qiluvchi o’zining 
nazoratchilarini uskunalar ishlab chiqaruvchi zavodlarga o’z vaqtida 
yuborish haqida qayg’urishi lozim. 
Import uskunani foydalanishga tushirish muddati yaqinlashgan sari 
jalb qilingan korxonalar va mutaxassislar doirasi qisqaradi. Ishga tushirish 
vaqtida esa faqat o’qitilgan xodimlar va uskunalar yetkazib bergan xorijiy 
firmaning kam sonli mutaxassislari qoladi (2.2.rasmda uchburchak 
cho’qqisi – kafolatli sinovlar o’tkazish nuqtasi). 


40 
Tajriba shuni ko’rsatadiki, import qiluvchi korxonada import 
texnologiyalar va uskunalarni ishlatishni boshlash davrida yetkazib 
beruvchi firma vakillari bo’lishi kerak, negaki kafolatli sinovlar arafasida 
import uskunaning ayrim zaruriy qismlari bilan butlanmaganligi va 
mexanizmlar hamda elektron tizimlarda kamchiliklarning mavjudligi ayon 
bo’lish hollari ko’p uchraydi. Bu ko’pincha yordamchi agregatlar, yuklash 
qurilmalari va transport tizimlariga tegishli bo’ladi. Shunday hollarda 
darhol yetkazib beruvchi firma vakillariga yetishmovchiliklar va 
kamchiliklar to’g’risida e’tirozlar bildirish zarur. Shu bilan birga kafolatli 
sinovlar davrida uskunalardagi va texnologiya jarayonlaridagi kamchiliklar 
xorijiy uskunali ob’ektning texnik xizmat rahbarlari, ularni yetkazib berish 
kontraktlarini imzolashda xorijdan va mahalliy yetkazib beruvchilardan 
butlovchilarni yetkazib berish muddatlarini kelishib olishga yetarli e’tibor 
bermaganligi, ko’zda tutilmagan kamchiliklar va kontrakt muddatlarini 
bajarmasligining oldini olish maqsadida qismlar va detallarning 
qo’shimcha miqdoriga buyurtma berishni nazarda tutmaganligidan dalolat 
beradi.
Import agregatlarni ishga tushirishning birinchi bosqichida odatda 
texnik 
xizmat 
ko’rsatishning 
kamchiliklari, 
ehtiyot 
qismlarning 
yetishmasligi, ayrim bo’g’inlar, shuningdek tizimlar va mexanizmlarning 
ishdan chiqish sabablarini aniqlashning yomon tashkil qilinganligi 
aniqlanadi. Ayrim hollarda import qiluvchi korxonani xorijda o’qitilgan 
mutaxassislarining bir qismi uskunalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarda 
ishlashga qoladi, boshqa qismi yuqori ish xaqiga qiziqib, boshqa milliy 
korxonalarga o’tib ketadi. Bunday vaziyatning oldini olish uchun uskunani 
yetkazib berish kontraktida agregatlarni ishlab chiqaruvchi zavodlarda va 
shunday agregatlarni ishlatuvchi korxonalarda o’qitishni, ko’zda 
tutilmagan vaziyatlarni hisobga olgan holda mutaxassislarni o’qitishni 
nazarda tutish kerak. 
Xorijiy texnologiyalar va uskunalarni ishlatishning birinchi 
bosqichida mahalliy yetkazib beruvchilar bilan shartnomalarda belgilangan 
muayyan sifatli xomashyo, butlovchi mahsulotlar, materiallar, ehtiyot 
qismlarni yetkazib berish muddatlariga rioya qilish muhim hisoblanadi. 
Xorijiy texnologiya va uskunalarni yetkazib beruvchi va xaridor 
o’rtasidagi ziddiyatli vaziyatlarni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, 
uskunalarni yetkazib berish bo’yicha shartnomalarni imzolashda ikkala 
tomon vakillarining yo’l qo’ygan quyidagi kamchiliklari ziddiyatlarni 
keltirib chiqaradi: 


41 
- shartnoma matnida yetkazib beruvchining uskunalar va 
texnologiyalarning texnik ko’rsatkichlari bo’yicha kafolatlarining noaniq 
ifodalanishi; 
- uskunani loyihalashtirishda xaridor mamlakatida agregatni 
ishlatishning mahalliy sharoitlarini yetkazib beruvchi tomonidan hisobga 
olinmaganligi; 
- ishlab chiqarishning haqiqiy harajatlari yetkazib beruvchining 
shartnoma imzolash vaqtida kafolatlagan ko’rsatkichlaridan oshib ketishi; 
- shartnomalarda sotuvchi zavodlarida xaridorning ta’lim olayotgan 
mutaxassislarining soni va ularni o’qitish sifati mezonlari haqidagi noaniq 
shartlar. 
Litsenziatlar, ya’ni litsenziya xarid qiluvchilarning texnologiya va 
uskunalar importi bo’yicha shartnomalar imzolashdagi xatolarini 
kamaytirish uchun bir qator xalqaro tashkilotlar (YUNIDO, YUNKTAD) 
ishlab chiqarish vositalarini import qiluvchi rivojlanayotgan davlatlar 
uchun qator tavsiyanomalar tayyorladilar. Xususan, texnologiyalarga 
litsenziyalarni 
import 
qiluvchilar 
litsenziyaviy 
shartnomalarda 
litsenziardan (litsenziya yetkazib beruvchidan) turli materiallar va 
komponentlarni majburiy xarid qilish; ishlab chiqarishning hajmini, 
mahsulotlarning 
sotish 
hajmini, 
baholarning 
darajasini, 
ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlarning assortimentini cheklash; litsenziar bilan 
kelishmay turib boshqa texnologiya jarayonlarini qo’llash yoki 
mavjudlarini takomillashtirishni ta’qiqlash; faqat litsenziarning sotish 
tarmog’i orqali majburiy mahsulot eksporti kabi shartlardan voz 
kechishlari zarur.
YUNIDO ekspertlari zaif iqtisodiyotli davlatlarning hukumatlari 
iltimoslariga ko’ra u yoki bu mamlakatning import texnologiyalarni 
o’zlashtirishdagi imkoniyatlarini tahlili bilan chet elda texnologiya va 
uskunalarni xarid qilishning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlaydilar; 
import texnologiya va uskunalar komplektini o’zlashtirish uchun zarur 
texnik va moliyaviy mablag’larning hajmini hisoblaydilar; import 
texnologiya va uskunalarning negizida ob’ektlarni qurish, uskunalarni 
o’rnatish va ishga tushirishning keng dasturlarini tayyorlaydilar; milliy 
mutaxassislarni 
o’qitishga 
ko’maklashadilar; 
turli 
davlatlarning 
manfaatdor korxonalari o’rtasida kooperatsiya va bevosita ilmiy ishlab 
chiqarish aloqalarini yo’lga qo’yadilar. 
Jahon texnologiyalar va uskunalar bozorining ishtirokchilari 
tajribasining ko’rsatishicha, eksport va import qiluvchilar o’rtasidagi 
kelishmovchiliklar ko’pincha uskunalarni butlash, kafolat sinovlarini 


42 
o’tkazish uslubi, yetkazib berilgan uskunalardagi nuqsonlar uchun 
javobgarlik, 
mahalliy 
xomashyo 
materiallarining 
sotib 
olingan 
texnologiyaning texnik talablariga mos kelmasligi masalalari yuzasidan 
vujudga keladi. 
Ko’p hollarda tomonlar orasidagi ziddiyatlarni, shartnomada ikkala 
tomonning bir-biriga har qanday texnologik yangiliklar kiritish to’g’risida 
axborot berish majburiyati haqidagi shart ko’rsatilishi bilan oldini olish 
mumkin. Import qiluvchilar bu holda yetkazib beruvchilarning texnologiya 
jarayonlarining takomillashtirilishidan unumli foydalanish imkoniyatiga
uskunalar va texnologiyalarni yetkazib beruvchilar esa xaridorlarning 
ularga xabar bermasdan hech qanday texnik yangiliklar kiritmasligi 
kafolatiga ega bo’ladilar. Uskuna va texnologiyani import qiluvchilar 
uchun asosiy qoida: har qanday kelishmovchiliklar va ziddiyatlardan so’ng 
ham yetkazib beruvchilar bilan do’stona munosabatlarni saqlab qolish 
zarur, chunki kelajakda ularga maslahatlar, ehtiyot qismlar, texnik 
yordamlar bo’yicha murojaat etish zaruriyati tug’ilishi mumkin. 

Download 1,44 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   101




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish