37
chiqarish chiqindilari to’la ishlatiluvchi texnologik jarayonlarni qo’llash
imkoniyati; ma’naviy eskirgan uskunalarning turlariga nisbatan mahsulot
birligiga energiya va xomashyo sarfini qisqartirish; ishlab chiqarish
maydonlarini qisqartirish.
Bundan tashqari uzoqni ko’ruvchi importerlar
xarid qilinayotgan
texnologiya va uskunalarga quyidagi talablarni ham qo’yadi:
1. Texnologik jarayonlar sanoati rivojlangan mamlakatlarning
zavodlarida patentlangan va sinalgan bo’lishi kerak.
2. Uzatilayotgan texnologiyalar mahalliy sharoitlar, xususan mahalliy
xomashyo resurslariga moslashtirishga qaratilgan bo’lishi kerak. Bundan
tashqari importer xarid qilingan texnologiya va uskunalarni keyinchalik
takomillashtirish imkoniyatiga ham ega bo’lishi zarur.
3. Ishlab chiqarish harajatlari minimal, hech bo’lmaganda ma’naviy
eskirgan uskunalarning turlariga nisbatan past bo’lishi kerak.
4. Xarid qilinayotgan texnologiyalar va uskunalar,
xaridorning
zavodida ilgari o’rnatilgan agregatlarga mos kelishi zarur.
5. Uskuna yetkazib beruvchining taklifi tez yemiriluvchi detallarning
ishchi chizmalarini (mahalliy korxonalarda ularni tayyorlash imkoniyatiga
ega bo’lish uchun), shuningdek uskunani o’rnatish va ishlatish uchun mos
xizmatlar va texnologiyalarning ro’yxatini ham keltirishi kerak.
Tajribali importerlar muzokaralarda narhlar, texnik shartlar va
yetkazib berish muddatlarini muhokama qilish bilan bir vaqtda
moliyalashtirish shartlarini ham kelishib oladilar.
Xorijiy texnologiya va uskunalarni samarali ishlashining zaruriy
sharti sifatida xaridor zavodida ishlab chiqarish infratuzilmasi va yetarli
texnik madaniyat darajasiga ega malakali mutaxassislarning
mavjudligi
xizmat qiladi. Tajriba ko’rsatishicha, yangi texnologiya mahsulot va
xizmatlar ishlab chiqarish yaxshi yo’lga qo’yilgan va tajribali xodimlarga
ega bo’lgan, uzoq vaqt faoloyat ko’rsatayotgan eski zavodlarda eng qisqa
muddatda o’zlashtiriladi.
Ko’p hollarda import texnologiya va uskunalarni o’zlashtirishdagi
jiddiy o’zgarishlar yetkazib beruvchi va xaridor o’rtasida o’zaro
munosabatlarning yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi yoki xaridorning kontrakt
imzolashdan oldin o’z imkoniyatlarini to’g’ri hisobga olmaganligi uchun
resurslarining yetarli emasligi sababli vujudga keladi. Bunday holda
importerning boshqaruv xodimlarini ishlab chiqarishni rivojlantirishning
uzoq muddatli yo’nalishlarini hisobga
olmasdan qisqa muddatli
masalalarni hal qilishga urinishi va uning ishlab chiqarishga umuman
yangi texnologik jarayonlarni tatbiq etish qaltisligiga moyil emasligi
38
natijasida import texnologiya va uskunalar uzoq vaqt davomida ishlatilmay
turadi.
Shu bilan birga yangi texnologiyalarni xarid qilishda shoshma-
shosharlik qilish kontrakt imzolash chog’ida importerning uskuna
imkoniyatlarini to’la anglamasligiga olib kelish holatlari ham uchraydi.
Natijada importer o’zining yetarli bilimga ega emasligini ko’rsatadi va
ushalmagan umidlar og’ushida qoladi.
Import texnologiya va uskunalarni qabul qilish, yig’ish, o’rnatish va
foydalanishga tushirish ishlariga jalb qilingan xodimlarning soni kafolatli
sinovlar davri yaqinlashishi bilan qisqarib boradi (2.2.rasm).
Dastlabki bosqichda shartnoma imzolangandan so’ng
sotib olingan
texnologiya va uskunalarni mahalliy sharoitlarga moslashtirish ishlariga,
xaridor kadrlarini o’qitish, uskunalarni qabul qilish, yig’ish va o’rnatish
uchun maydon tayyorlash ishlariga, mahalliy va chet el tadqiqot institutlari
va universitetlaridan muhandislar, loyihachilar va texnologlar, qurilish
kompaniyalarining mutaxassislari maksimal
miqdorda jalb qilinadi
(2.2.rasmdagi uchburchak asosi).
Bu davrda odatda, uskuna ishlab chiqaruvchilar xaridor xodimlarini
o’qitishda asosiy rol o’ynaydi, ilmiy-tadqiqot institutlari, universitetlar,
loyiha va qurilish tashkilotlari esa xorijiy uskunani qabul qilishga
Kafolat
sinovlari
Хоdimlarning soni
Uskunani
yig’ish va
o’rnatishga
tayyorgarlikni
boshlanishi