|
Xalqaro menejmentBog'liq Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1Xulosalar
1. Global menejment nazariyasining asosiy prinsiplari bo’lib mutlaq
ustunliklar, nisbiy afzalliklar, mahsulotning hayotiylik sikli va bevosita
xorijiy investitsiyalar tamoyillari hisoblanadi.
2. Xalqaro (global) menejment kompaniyaning ikki va undan ortiq
mamlakatda faoliyat yuritishini boshqarishni nazarda tutadi.
3. Sobiq SSSR hududida mustaqil davlatlarning tashkil topishi
tadbirkorlarning xorijiy sharoitlarga o’xshash sharoitlarda harakat qilish
zaruriyatini tug’diradi.
4. Global menejer uchun zaruriy sifatlarga tashabbuskorlik,
me’yordagi tavakkalchilikka tayyorlik, o’ziga ishonch, global ko’lamda
fikrlash, xorijiy sheriklar bilan konstruktiv aloqalarni o’rnatish, chet
tillarni o’rganish qobiliyatlari kiradi.
5. Jahonda xalqaro menejment rivojlanishining asosiy yo’nalishlari:
bo’ysunuvchilarga (shu jumladan chet elliklarga) yuklanadigan mas’uliyat
ulushining
ko’payishi;
iste’molchilarning
talablariga
e’tiborni
kuchaytirish; firmalarning faoliyatida xalqaro marketing rolining oshishi;
ishlab
chiqarish
texnologiyasini
uzluksiz
takomillashtirish
va
zamonaviylashtirish; mahsulot assortimentini yangilash; qisqa muddatli
natijali va uzoq muddatli maqsadli tadbirlarning aniq ajratilishi; milliy
manfaatlarga rioya qilish.
6. Xorijiy tadbirkorlik bilan bog’liq qaltislikni kompleks baholash
uchun chet elda faoliyat yurituvchi firmalarning biznesiga ta’sir etuvchi
omillarni ijtimoiy-madaniy, iqtisodiy, texnologik va siyosiy-huquqiy
omillarga turkumlash mumkin.
7. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan davlatning ma’muriy organlari
firmaning raqobat mexanizmini cheklovchi xatti-harakatlariga qarshi
kurashadi.
Tayanch iboralar:
Xalqaro biznes, xalqaro menejment, tadbirkorlik, Boston matritsasi,
raqobat mexanizmini cheklovchi ishga doir amaliyot.
|
| |