21
Firma tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish (yoki sotish)
funksiyalariga ega xo’jalik birligi sifatida o’z faoliyatini rivojlantiradi va
demak ikki yo’nalishda tavakkal qiladi. Ulardan biri firmani joylashtirish
o’rnini tanlashni, ishlatiladigan texnologiya,
xomashyo, yarimtayyor va
tayyor mahsulotning harakatlanish logistikasini nazarda tutuvchi
vertikal
yo’nalish hisoblanadi. Firma faoliyatining ikkinchi yo’nalishi – bu o’z
menejment uslubi, marketing konsepsiyasi, ilmiy izlanish va tajriba
konstruktorlik ishlari (IITKI) hamda moliyaviy faoliyat asosida ishlab
chiqarish va sotishni tashkil qilinishiga ega
gorizontal yo’nalishdir.
Firma o’z faoliyatini davlat chegarasidan tashqarida olib borsa,
xorijda faoliyat yuritish tavakkalchiliklari tadbirkorlik bilan bog’liq
madaniy tafovutlar (huquq, an’analar, ahloq),
tovarlar va xizmatlarga
talabning xususiyatlari, kishilar o’rtasidagi ishlab chiqarish va maishiy
munosabatlarning farqlanishi, valuta paritetlarining tebranishi, xalqaro
terrorizmning yoyilishi kabi sabablarga ko’ra bir necha barobar oshib
ketadi.
Xorijiy tadbirkorlik bilan bog’liq qaltisliklarni
kompleks baholash
uchun xorijiy biznes bilan shug’ullanuvchi firmalar faoliyatiga ta’sir
qiluvchi omillarni turkumlash maqsadga muvofiqdir. Ushbu omillarga
quyidagilar kiradi:
- siyosiy-huquqiy omillar. Ushbu omillarga davlatni boshqarish
shakli, siyosiy mafkura, soliq qonunchiligi, hukumatning barqarorligi,
hukumatning xorijiy kompaniyalarga munosabati,
xorijiy mulk haqidagi
qonunchilik, oppozitsiyaning ta’siri, savdo qonunchiligi, proteksionizm
darajasi, tashqi siyosat, terroristlarning faolligi, huquqiy tizim kiradi.
Siyosiy-huquqiy omillar xorijiy firma uchun qabul qiluvchi mamlakat
hukumatining harakatlari natijasida o’z aktivlarini, o’z firmalari nazoratini,
bozordagi ulushini yo’qotish bilan bog’liq.
- iqtisodiy omillar. Ushbu omillarga mamlakatning iqtisodiy
rivojlanish darajasi, aholi jon boshiga daromad, YaMM dinamikasi va
yo’nalishi, hukumatning moliya siyosati, ishsizlik darajasi (aholining xarid
quvvatini
va
qabul
qiluvchi
mamlakatdagi
firmada
mahalliy
mutaxassislarni ishlashga jalb qilish imkoniyatini aniqlashda zarur), valuta
almashinuvi, mehnat haqining darajasi, raqobat muhiti, iqtisodiy
birlashmalar va mintaqaviy integratsion tashkilotlarda ishtirok etish kiradi.
Oxirgi omil mahalliy sheriklarning mustaqil qaror qabul qilishini
qiyinlashtiradi, chunki mintaqaviy integratsion
guruhlarda ishtirok etish
prinsipial qarorlarni integratsion birlashmadagi sheriklar bilan kelishishni
taqozo etadi;
22
- ijtimoiy-madaniy omillar. Ushbu omillarga milliy urf-odatlar, til,
demografiya, hayot tarzi, din, ajnabiylarga munosabat, turmush darajasi,
ijtimoiy muassasalar va me’yorlar, savodlilik darajasi kiradi. Ushbu
omillar o’z firmasida mehnat qilishga mahalliy
aholini jalb qilishni
ko’zlagan menejerlar uchun ayniqsa muhim hisoblanadi;
-
texnologik
omillar.
Ushbu
omillarga
texnologiyalarni
ayirboshlashning
huquqiy
me’yorlari,
energiya
tashuvchilarning
mavjudligi va qiymati, tabiiy resurslar, transport tarmog’i, ishchi
kuchining malakasi, patent himoyasi, infratuzilma, axborot oqimlari kiradi.
Zamonaviy sharoitlarda axborotning birinchi darajali ahamiyatini hisobga
olib, ayrim korporatsiyalar (yapon kompaniyalari) xorijda yangi
texnologiyalar, asosiy raqobatchilar faoliyatining ahvoli, qonunchilikdagi
o’zgarishlar va hokazolar haqidagi axborotni olish maqsadida o’z
bo’limlarini tashkil qiladi;
Xorijiy adabiyotlarda ushbu omillarni o’rganish
STEP-tahlil yoki
PEST-tahlil deb ataladi. PEST-tahlil (PEST analysis) – tashqi
makroiqtisodiy muhit tahlilining asosiy qismi bo’lib, u o’z ichiga yuqorida
ko’rib o’tilgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-demografik va texnologik
omillarni tahlil qilishni oladi. Tashqi muhitni tahlil qilish xalqaro
menejerlarning asosiy funksional vazifalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bu
firmaning xorijiy tadbirkorlik bilan shug’ullanishi uchun qabul qiluvchi
mamlakatni tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi.