Xalqaro menejment




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/101
Sana18.01.2024
Hajmi1,44 Mb.
#140301
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   101
Bog'liq
Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

KIRISH 
 
Xalqaro (global) menejmentni o’rganish, ishlab chiqarishni va xorijiy 
firmalarning malakali tashkilotchisi bo’lish maqsadini o’z oldiga qo’ygan 
ta’lim oluvchi talabalar, shuningdek o’zbek firmalari rahbarlari uchun ham 
zarur hisoblanadi, chunki, “O’zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning 
va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi 
hisoblanadi”.
1
«Xalqaro (global) menejment» fani milliy firmalarni boshqarish usuli 
sifatidagi menejmentning umumiy tamoyillari majmuasidan jiddiy farq 
qiluvchi masalalarga bag’ishlangan. Xususan, milliy sharoitlarga 
yo’naltirilgan strategik menejment firmalarning baynalmilallashuvi va 
globallashuvi sharoitlarida qarorlar qabul qilish strategiyasini aniqlashga 
imkon bermaydi. Kompaniya xorijiy tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug’ullanayotgan joyda xalqaro boshqaruv vujudga keladi. Professional 
global menejerlar firmalarni xalqaro boshqarish sohasida faoliyat 
ko’rsatadilar. Bu firmalarning ishlab chiqarish va tijorat faoliyati davlat 
chegaralari orqali amalga oshiriladi. O’zbekistonda bunday firmalarning 
soni tobora ko’payib bormoqda. Chunki XXI asr boshida tabiiy resurslarga 
egalik qilishning o’zi davlatning iqtisodiy o’sishi uchun yetarli emas. 
Vaholanki, tayyor mahsulotlar, texnologiyalar, xizmatlar va kapitallarning 
xalqaro almashuvida faol ishtiroki orqali mamlakatning yuksalishiga 
erishiladi.
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “... bizning yaqin istiqboldagi eng 
muhim vazifamiz boshlagan ishlarimizni izchil davom ettirish – iste’mol 
talabini kengaytirish maqsadida sotsial sohani rivojlantirish, mehnatga haq 
to’lashni yanada oshirish, xizmat ko’rsatish sektorini, infratuzilma 
ob’yektlarini rivojlantrishga, transport va kommunikatsiya loyihalari 
amalga oshirilishiga alohida e’tibor berishdir”
2
.
Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh 
etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini 
diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama 
asoslangan va chuqur o’ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa 
tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qiladigan kuchli to’siq, aytish 
mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi. 
1
Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари 
ва чоралари. Т.: Ўзбекистон, 2009. 
2
Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини 
ривожлантириш концепцияси: Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг 
қўшма мажлисидаги маърузаси. Т.: Ўзбекистон, 2010. – 53 б. 


13 
Integratsiyalashgan global iqtisodiy makonning uzviy bir qismi sifatida 
O’zbekiston jahon iqtisodiy inqirozining tobora kuchayib borayotgan 
salbiy oqibatlarini his etayotgani va bundan keyin ham his etishini yaxshi 
tasavvur qilish mumkin. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, «Bugun dunyo 
iqtisodiyotidagi ahvolni tahlil qilar ekanmiz, jahon moliyaviy va iqtisodiy 
inqirozi hali-beri nihoyasiga etgani yo’q, deb aytishga barcha asoslarimiz 
bor»
3

2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning 
oqibatlari barcha mamlakatlar, shu jumladan respublikamiz iqtisodiyotini 
rivojlantirishga ham salbiy ta’sir ko’rsatdi. Biroq, ushbu inqirozning 
oqibatlari milliy iqtisodiyotimizga ayrim rivojlangan va MDH 
mamlakatlaridagiga qaraganda birmuncha kamroq darajada ta’sir 
etganligini ta’kidlash lozim. Shu o’rinda Prezidentimiz boshchiligida o’z 
vaqtida ishlab chiqilgan iqtisodiy taraqqiyot modelining naqadar samarali 
va to’g’ri ekanligi amalda o’zining to’liq isbotini topmoqda. Ushbu 
modelning 
tamoyillari 
asosida 
mamlakatimizni 
isloh 
etish 
va 
modernizastiya qilish bo’yicha har tomonlama va chuqur o’ylangan 
tadrijiy taraqqiyot dasturini izchil amalga oshirganimiz inqirozning, jahon 
bozoridagi keskin o’zgarish va beqarorlikning iqtisodiyotimizga, moliya 
va bank tizimiga salbiy ta’sirini sezilarli darajada kamaytirish imkonini 
berdi. 
Shuni ta’kidlash zarurki, mamlakatimiz iqtisodiyotining yuqori 
barqaror o’sish sur’atlari va makroiqtisodiy mutanosibligi saqlanib 
qolmoqda. Yurtimizda yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’atlari 2008 
yilda 9 foiz, 2009 yilda 8,1 foiz, 2010 yilda esa 8,5 foizni tashkil etdi. 
Jahon moliya institutlarining xulosasiga ko’ra, bu dunyodagi eng yuqori 
ko’rsatkichlardan biridir. Bunday yutuqlarga erishish 2009-2012 yillarga 
mo‘ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturini, unda ko‘zda tutilgan 
ijtimoiy-iqtisodiy sohaning izchil rivojlanishini, mamlakatda barqarorlikni 
ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga alohida 
e’tibor berilayotgani bilan bog’liqligini ta’kidlash zarur. Hamon davom 
etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida O’zbekiston 
eksportining umumiy hajmi 10,8 foiz, tashqi savdo balansining ijobiy 
saldosi esa 1,8 barobar oshdi va 4 milliard 200 million dollarni tashkil etdi. 
3
Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, halqimiz farovonligini oshirishga 
xizmat qiladi. //www.gov.uz. 22.01.2011. 


14 
Mamlakatimizning oltin-valuta zaxirasi ham shunga muvofiq ravishda 
ko’paydi.
4
Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining zamonaviy bosqichida hech bir 
mamlakat boshqalardan ajralgan holda faqat o’z hududidagi resurslar 
evaziga yashay olmaydi. Milliy xo’jalikni rivojlantirish uchun har bir 
mamlakat hukumati uning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ishtirok 
etishini kengaytirish maqsadida chora-tadbirlar ishlab chiqadi. Bu hatto 
eng kam rivojlangan davlatlarga ham taalluqlidir.
Hozirgi vujudga kelgan vaziyatda butun dunyoda firmalarni xalqaro 
boshqarish bo’yicha menejerlarga talab oshib bormoqda. Shuningdek, agar 
bir necha yil ilgari tashqi iqtisodiy faoliyat bilan faqat yirik 
kompaniyalargina shug’ullanadi degan fikr mavjud bo’lgan bo’lsa, 
bugungi kunda hatto kichikroq firmaning zamonaviy rahbar-menejeri 
uchun ham uning milliy ko’lamdagi faoliyatining predmetlarini bilish endi 
yetarli emas. Jahon iqtisodiyoti jadal rivojlanib borayotgan xalqaro 
iqtisodiy munosabatlarning globallashuvi (jahon iqtisodiyotining bir butun 
yagona o’zaro bog’liq tizim sifatida amal qilish jarayoni) va 
erkinlashtirilishi ta’siriga bog’liq bo’lgan zamonaviy sharoitda xo’jalik 
faoliyatining baynalmillashuvi butun jahonda har bir menejerning kasbiy 
tayyorgarligiga yangi talablar qo’ymoqda. Ishlab chiqarish, sotish va 
ta’minlash bozorlari davlat chegaralaridan hatlab o’tmoqda. Iste’molchi 
uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi aniq firma, u joylashgan mamlakatga 
qaraganda ko’proq ahamiyatga ega bo’lmoqda. Firmaning samarali 
faoliyat ko’rsatishi uchun rahbar o’z firmasining bevosita iqtisodiy 
muhitini bilish bilan bir qatorda jahon bozoridagi ahvoldan ham xabardor 
bo’lishi zarur. Informatika, axborot texnologiyalari va transport vositalari 
sohasidagi yutuqlar davlatlar o’rtasidagi masofalarni qisqartirmoqda. 
Shuning uchun menejer firmaning ichki va tashqi iqtisodiy aloqalarining 
zamonaviy shakllari, ularning birlashuvi haqidagi bilimlarga ega bo’lishi 
va o’z firmasi faoliyatining samaradorligini oshirish uchun ulardan to’g’ri 
foydalana olishi kerak.
Global ko’lamli mutaxassislar tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi bilan 
shug’ullanayotgan firmalar uchun ham zarur hisoblanadi. O’zbekistonda 
xo’jalik sub’yektlari tashqi iqtisodiy faoliyatining kengayishi va MDH 
mamlakatlari kompaniyalari bilan qo’shma korxonalar tashkil qilishga 
qiziqishning kuchayishi natijasida global menejer mentalitetiga ega 
rahbarlarga ko’proq ehtiyoj vujudga kelmoqda. Bunday rahbar firmaning 
4
Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, halqimiz farovonligini oshirishga 
xizmat qiladi. //www.gov.uz. 22.01.2011. 


15 
faoliyati 
qiyinlashganda 
xalqaro 
aloqalarni 
kengaytirish 
orqali 
muammolarni hal qilish yo’llarini izlaydi va quyidagilarni maqsadga 
muvofiq deb topishi mumkin: 
- raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish maqsadida (marketing 
konsepsiyasidan 
kelib 
chiqib) 
texnologik 
va 
uskunalarni 
zamonaviylashtirishni jadallashtirish uchun xorijiy sarmoyadorlarni jalb 
qilish; 
- iste’molchilar doirasini kengaytirish va jahon bozoriga o’z 
mahsuloti bilan chiqish uchun xususiy va davlat kompaniyalari bilan 
firmalararo kooperatsiyani amalga oshirish; 
- mintaqaviy ma’muriyat yordamida sarmoyadorlar uchun jozibali 
sharoitlar yaratish; 
- korxona ishiga milliy va xorijiy sheriklar bilan to’g’ri kontraktlar 
tuza oluvchi huquqshunoslarni jalb qilish; 
- korxona ixtisoslashuvi sohasida ilmiy-texnik taraqqiyot haqidagi 
axborotni muntazam olish va o’zining ilmiy-texnik va konstruktorlik 
bazasini rivojlantirish uchun milliy va xorijiy tadqiqot markazlari va 
universitetlarini jalb qilish; 
- qiziqish bildirgan xalqaro iqtisodiy va ilmiy-texnik tashkilotlar 
bilan ishbilarmonlik munosabatlarini o’rnatish. 
«Xalqaro (global) menejment» fanining vazifasi — jahon bozorida 
milliy va xalqaro kompaniyalar strategiyasini, integral (birikma) xalqaro 
texnologiyalarni qo’llash orqali ishlab chiqarishni baynalmilallashtirish 
imkoniyatlarini, xorijiy an’analar, madaniy xususiyatlar va qabul qilingan 
standartlarga moslashish usullarini o’rganishdan iboratdir. Natija sifatida 
esa global ko’lamdagi tafakkur, falsafa va psixologiyani hamda chet elda 
tadbirkorlik faoliyati sharoitlariga tez moslashish ko’nikmalarini egallash 
qabul qilinadi. 

Download 1,44 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   101




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish