-BOB. QABUL QILUVCHI MAMLAKATDA XORIJIY




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/101
Sana18.01.2024
Hajmi1,44 Mb.
#140301
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   101
Bog'liq
Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

2-BOB. QABUL QILUVCHI MAMLAKATDA XORIJIY 
FIRMALARNING FAOLIYAT YURITISH SHAROITIGA 
MOSLASHUVI 
 
 
 
2.1. Xo’jalik faoliyatini baynalmilallashtirishni motivatsiyalash 
 
Xorijiy faoliyatning yuqori tavakkalchiligi firma oldida ochilayotgan 
chet elda harakatlanishning keng imkoniyatlari bilan qoplanadi. XX asr 
boshidayoq “ishlab chiqarish harajatlari pastroq bo’lgan joyda ishlab 
chiqarish” qoidasiga asoslangan ishlab chiqarishning mutlaq va nisbiy 
harajatlari asosiy tamoyillariga amerika avtomobilsozligi asoschisi Genri 
Ford sotish bozori haqidagi “qayerda sotsam, shu yerda ishlab 
chiqaraman” degan o’z fikrini qo’shdi. Bu bilan u qabul qiluvchi 
mamlakatlarda chet elda ishlab chiqarilgan qismlar va detallardan yig’ma 
ishlab chiqarishga ega xalqaro ishlab chiqarish majmualarini tashkil 
qilinishiga asos soldi. Zamonaviy sharoitlarda xorijiy tadbirkorlikni 
rag’batlantiruvchi omillarga quyidagilar kiradi: 
- ichki milliy bozordagi faoliyatga nisbatan yuqori foyda olish; 
- nisbatan yirik va qudratli firmaning ta’siri (masalan, uning 
subyetkazib beruvchisi sifatida faoliyat yuritish). Bunga misol sifatida 
AQShda yapon kompaniyalarining avtomobil korxonalari qurilishini 
keltirish mumkin. Bunda asosiy yapon avtomobil kompaniyalari ketidan 
ularning kichikroq firmalari – subyetkazib beruvchilari, avtomobillarga, 
butlovchi detallarni ishlab chiqaruvchi korxonalar AQShda o’rnasha 
boshladi; 
- hukumat va xalqaro tashkilotlarning tashabbusi. Rivojlangan 
davlatlar hukumati yoki xalqaro moliyaviy tashkilotlar – Xalqaro 
rekonstruksiya va taraqqiyot banki (XRTB), Xalqaro valuta fondi (XVF), 
Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA) va boshqalarning rivojlanayotgan 
davlatlarga kreditlari ko’pincha rivojlangan mamlakatlarning xususiy 
sarmoyadorlariga qabul qiluvchi davlatlarda bevosita xorijiy investitsiyalar 
asosida korxonalarni qurish imkoniyatini beradi; 
- kompaniyalarning faoliyatini chet elga ko’chirishga majbur 
qiluvchi milliy bozordagi noqulay sharoitlar. Bunga davlatning tartibga 
solishi bilan bog’liq harajatlar (masalan, federal va mintaqaviy soliqlar
atrof-muhit muhofazasi bo’yicha milliy me’yorlarga muvofiqlikka erishish 
uchun tabiatni himoya qilishga sarflar) misol bo’lishi mumkin. Tabiiy 
resurslarning kamayishi yoki ularni qazib olish sharoitlarining 
yomonlashuvi 
oqibatida 
ishlab 
chiqarish 
harajatlarining 
o’sishi, 


30 
shuningdek milliy bozorda keskinlashayotgan raqobat, ichki bozorning bir 
turdagi mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish sharoitlarini 
qiyinlashtiradi. Sig’imli o’sib borayotgan bozor mavjud bo’lgan 
mamlakatda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil qilishga 
intilish harakatchan kompaniyalar strategiyasining “mahalliy bozor uchun 
mahalliy ishlab chiqarishni tashkil qilish” prinsipiga asoslanadi; 
- qabul qiluvchi mamlakatda bozor sig’imi, tabiiy resurslar va 
malakali arzon ishchi kuchi hamda “inson kapitali” (yuqori malakali 
mutaxassislar, muxandislar va olimlar)ning mavjudligi; 
- eksport uchun proteksionistik to’siqlar. Ular qabul qiluvchi 
mamlakatga tayyor mahsulotlar olib kelishdan ko’ra u yerda tovarlar va 
xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil qilish afzalroq bo’luvchi sharoitlarni 
yaratadi; 
- qabul qiluvchi mamlakatda qimmatli axborotlarning mavjudligi; 
- qaltisliklarning diversifikatsiyasi (masalan, bozorga yangi mahsulot 
bilan chiqishda). Bunday holda qaltisliklarni xorijiy sherik bilan bo’lib 
olish maqsadga muvofiq;
- xorijda yangi texnologiya, xorijiy kapital va ishlab chiqarish hamda 
sotishni tashkil qilish tajribasini egallash; 
- tez o’zgaruvchan bozor kon’yunkturasi keltirib chiqargan uzoq 
muddatli talab va ko’psonli qaltisliklarning noaniqligi sababli tovarlarni 
ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni diversifikastiya qilish; 

tashqi 
iqtisodiy 
faoliyat 
sohasiga 
chiqish 
yo’li bilan 
raqobatbardoshlik darajasini saqlab qolish; 
- qabul qiluvchi mamlakatda moliyaviy imkoniyatlardan (bankning 
past foizi, mahalliy, chet el va xalqaro tashkilotlarning fondlari va 
kreditlaridan) foydalanish; 
- jahon bozorida kuchayib borayotgan raqobat sharoitlarida eksport 
tovarlarining raqobatbardoshligini oshirishga imkon beruvchi chet elda 
imtiyozli soliqqa tortish. 
Xorijiy tadbirkorlikni rivojlantirishga undovchi sabablarning 
yoritilishi 
shuni 
ko’rsatadaki, dinamik kompaniyalarning ishlab 
chiqarishni chet elga o’tkazishi faqat yakuniy foydani maksimallashtirish 
maqsadida amalga oshirilmay, balki ishlab chiqarish kuchlarini 
takomillashtirish 
va 
zamonaviylashtirish 
zaruriyati 
bilan 
ham 
tushuntiriladi
.
Bugungi kunda, qabul qiluvchi mamlakatda xorijiy firmalarning 
faoliyat yuritish sharoitiga moslashuviga jahon moliyaviy inqirozining 
ta’siri va oqibatlarini tahlil etadigan bo’lsak, albatta xalqaro firmalar 


31 
faoliyatini bir oz susayganligini ko’rish mumkin. Lekin, “shu o’rinda 
O’zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, 
iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda 
uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar 
yaratilganini va zarur resurslar bazasi mavjud ekanini ta’kidlash joiz”
1
. 

Download 1,44 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   101




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-BOB. QABUL QILUVCHI MAMLAKATDA XORIJIY

Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish