Xalqaro menejment




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/101
Sana18.01.2024
Hajmi1,44 Mb.
#140301
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   101
Bog'liq
Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

«Yulduzlar» 
«?» 
«Yovvoyi 
мushuklar» 
«Sоg’in 
sigirlar» 
«Itlar» 
Bozordagi nisbiy ulush 
Sotuvlarning
o’sish 
darajasi 
1.1. Rasm. Boston matritsasi 


25 
tovarlar yoki xizmatlar xalqaro kompaniyaga jahon bozorida yuqori foyda 
keltiradi. 
Yuqori o’ng kvadratda joylashgan tovarlar yoki xizmatlar sotuv 
hajmi o’sishining bozor o’rtacha ko’rsatkichidan yuqoriligi bilan 
xarakterlanadi, biroq ularning sotuvdagi hajmi asosiy raqobatchinikidan
pastroq. Ularni “savol belgilari” yoki o’zicha sayr qiluvchi “yovvoyi 
mushuklar” deb nomlashadi. Bu tovarlar yoki xizmatlar sotilishining 
o’sish sur’atlari ancha yuqori, lekin raqobatchining juda kuchliligi sababli 
kompaniya o’z raqobatbardoshlik darajasini saqlab qolishni istasa, bu 
tovarlar yoki xizmatlarning iste’mol xususiyatlarini takomillashtirishga va 
sifatini oshirishga yirik kapital qo’yilmalarni yo’naltirishga majbur 
bo’ladi. Ayni vaqtning o’zida bu tovarlar yoki xizmatlarning umumiy 
sotuvlar hajmidagi ulushining nisbatan kamligi sababli, ular katta foyda 
keltirmaydi, lekin pullarni hazm qilib yuboradi, natijada ularni sotishdan 
qoladigan sof foyda yuqori emas. Bunda eng ma’qul yo’l – ularning 
“yulduzlar” toifasiga o’tishiga erishish hisoblanadi. 
Pastki o’ng kvadratda shunday tovarlar yoki xizmatlar joylashganki, 
ularni sotish hajmi bozordagi o’rtacha ko’rsatkichdan kamroq o’sadi, 
ularning sotuvdagi ulushi esa asosiy raqobatchinikidan ko’ra pastroq. 
Shuning uchun ularni “itlar” deb ataydilar. Ularga 20:80 qoidasi taalluqli 
bo’lib, uning mohiyati foydaning 20 foizini beruvchi ushbu tovarlar yoki 
xizmatlar xalqaro menejerlarning 80 foiz vaqtini oladi. Bu tovarlar yoki 
xizmatlarning ishlab chiqarilishini saqlab turish katta investitsiyalar bilan 
bog’liq bo’lib, kompaniya ulardan faqat zarar ko’radi. 
Jahon bozoriga yangi tovar yoki xizmat bilan chiqish “boston 
matritsasi” sxemasi bo’yicha “savol belgisidan” boshlanadi, chunki tez 
rivojlanayotgan bozorlar uchun tovarlar yoki xizmatlarning assortimentini 
to’g’ri tanlash taqozo etiladi. 
Qulay bozor kon’yunkturasida tovarlar yoki xizmatlar asosiy 
iste’molchilarning talablariga javob bergan vaqtdagina raqobatbardosh 
bo’ladi, ularning sotuvlar hajmi o’sadi, bozordagi ulushi asosiy raqibga 
qaraganda yuqori va ular “yulduzlar” kvadratiga o’tadi. 
Ushbu turdagi tovarlar yoki xizmatlarga talab yetuklik bosqichiga 
yetganda, sotish hajmining o’sish sur’atlari qisqaradi, bu tovarlar yoki 
xizmatlar “sog’in sigirlar” kvadratiga o’tadi, kompaniyaga katta foyda 
keltiradi. Xaridorlar jahon bozorida yangi, yanada jozibaliroq tovarlarni 
uchratganda, avvalgi tovarlar yoki xizmatlar “sog’in sigirlar” kvadratidan 
“itlar” kvadratiga o’tadi va xalqaro kompaniyaning sotish tizimidan olib 
tashlanadi. 


26 
Boston matritsasining tuzilishi global menejerga joriy vaziyatni va 
qabul qiluvchi mamlakatdagi xorijiy filial ishlab chiqarayotgan tovarlar 
yoki xizmatlarni jahon bozorida sotish istiqbollarini aniq ko’rish va 
baholash imkoniyatini beradi. 
Matritsa 
menejerga 
jahon 
bozorida 
sotish 
jarayonida 
raqobatbardoshligini ko’tarish uchun zarur bo’lgan birinchi navbatdagi 
tovarlar yoki xizmatlarni tanlashga ko’maklashadi. Bundan tashqari 
xalqaro menejer Boston matritsasi asosida TMK tizimi firmalarining kuch-
quvvatlarini 
jahon 
bozorida 
tovarlar 
yoki 
xizmatlarning 
raqobatbardoshligini oshirishga va xalqaro kompaniyaning moliyaviy 
resurslarini uning xorijiy filiallari o’rtasida to’g’ri taqsimlashga 
yo’naltirish vazifasini hal qilishi mumkin. 
Qator hollarda xalqaro menejerlar jahon bozorida raqobatchilarning 
firmalari bilan bellashmaslikka, buning o’rniga birdamlikni namoyon 
qilish va raqobatchilar bilan bozorni bo’lib olish haqida kelishishni yoki 
boshqa raqiblar bilan raqobat kurashida kuch-quvvatlarini birlashtirishni 
lozim topadi. Ular bu bilan innovatsion faoliyatni rag’batlantiruvchi va 
iqtisodiyotni hamda pirovard natijada aholi farovonligining o’sishini 
ta’minlovchi raqobat mexanizmining harakatini chegaralaydi. Davlatning 
ma’muriy organlari raqobatning bunday cheklanishiga qarshi tegishli 
iqtisodiy siyosat bilan kurashadiki, bu siyosatning xususiyatlarini xalqaro 
menejer hisobga olishi lozim bo’ladi. Masalan, Germaniyada raqobatning 
cheklanishiga qarshi qonun davlatning ichki va tashqi tadbirkorlikni 
tartibga solishning to’rtta asosiy sohasini ko’zda tutadi: 
- kelishuvlarni, kelishilgan xulq-atvorni, raqobatni cheklashga 
qaratilgan bir tomonlama tadbirlarni ta’qiqlash; 

bozorda 
hukmronlik 
qiluvchi 
korxonalarning 
ehtimoliy
suiste’mollarini nazorat qilish; 
- korxonalar birlashishini nazorat qilish; 
- alohida qoidalarning harakat sohalari. 
Xalqaro menejerning xorijiy faoliyati muvaffaqiyatining asosiy 
omillaridan biri bo’lib, qabul qiluvchi mamlakat qonunlarini bilish va 
ularga rioya etish hisoblanadi. XX asrning oxirgi o’n yilliklarida 
ko’pchilik davlatlarning milliy qonunchiligida va xalqaro tashkilotlarning 
konvensiyalarida raqobatga munosabat nuqtai nazardan cheklovchi ishga 
doir amaliyot shakllari yetkazib beruvchilar va xaridorlar o’rtasida 
bozorlarni 
taqsimlash, 
baholarni 
o’rnatish, 
eksporterlarning 
diskriminatsion (kamsituvchi) baholar va tijorat shartlaridan foydalanishi, 
savdo sherigining ishlab chiqarishga va raqobatlashayotgan tovarlarni 


27 
sotishga nisbatan cheklovlarning qabul qilinishiga asoslangan tovar 
yetkazib berish, “yuklama” bilan yetkazib berish va boshqalar qoralanadi. 

Download 1,44 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   101




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish