20
tashkilotlar bilan hamkorlik qilishiga olib kelmoqdaki, bunday sharoitda
ularning tashkiliy tuzilishi va strategiyasini o’rganish zarur hisoblanadi.
Bunday zaruratning tahlilini, Islom Karimovning 2011 yil London
uchrashuvlari davrida aytgan so’zlaridan ham topish mumkin, ya’ni:
«Bizning mamlakatimizda britaniyalik investorlar tomonidan tashkil
etilgan ikki yuzga yaqin qo’shma korxonalar, ellikdan ortiq
Buyukbritaniya firmalarninng vakolatxonalari faoliyat ko’rsatmoqda», bu
esa o’z navbatida ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bilan
bir vaqtda «…siyosiy munosabatlarning keng ko’lamdagi huquqiy-
normativ asoslarini, savdo-sotiq va iqtisodiy, hamda investistion
hamkorlikni mustahkamlaydi».
1
Xalqaro menejmentni o’rganish ta’lim oluvchilarning xalqaro
toifadagi rahbarlar uchun zaruriy bo’lgan sifatlarga: tashabbus, oqlangan
qaltislikka tayyorlik, o’ziga ishonch, global ko’lamda fikrlash, xorijiy
sheriklar bilan konstruktiv aloqalarni o’rnatish qobiliyatini shakllantirishga
erishishga yordam beradi.
Ushbu kurs materiallarini o’rganish ta’lim oluvchilarga dunyoda
xalqaro menejment rivojlanishining quyidagi asosiy yo’nalishlarini
ko’rsatib beradi:
- bo’ysunuvchilarga yuklanadigan javobgarlik ulushining ortishi;
- iste’molchilarning hohish-istaklariga e’tiborni kuchaytirish;
- firmalar faoliyatida marketing rolini oshishi;
- ishlab chiqarish texnologiyasini uzluksiz takomillashtirish hamda
mahsulot va xizmatlar assortimentini yangilash;
- qisqa muddatli natijaga va uzoq muddatli maqsadlarga ega
tadbirlarni aniq ajratilishi;
- milliy manfaatlarga rioya qilish.