Xalqaro menejment




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/101
Sana18.01.2024
Hajmi1,44 Mb.
#140301
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   101
Bog'liq
Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

Ushbu darslik mualliflarning jonajon mamlakatimiz Mustaqilligining 
20 yillik bayramiga va minglab iqtisodchi mutaxassislarni yetkazib 
bergan qadrdon Universitetimizning 80 yilligiga bag’shlangan kamtarona 
tuhfasidir. 
 


1 - BOB. XALQARO MENEJMENT FANINING NAZARIY 
ASOSLARI 
 
 
 
1.1. “Xalqaro (global) menejment” fanining nazariy asoslari
 
“Xalqaro (global) menejment” kategoriyasiga ta’rif berish uchun 
tovarlar va xizmatlarning turli mamlakatlarda ishlab chiqarilishi va 
sotilishiga imkoniyat yaratuvchi tadbirkorlik shakli sifatida xalqaro biznes 
tushunchasini aniqlab olish zarur. Global menejment nazariyasining asosiy 
prinsiplari bo’lib mutlaq ustunliklar, nisbiy afzalliklar, mahsulotning 
xalqaro hayotiylik sikli va bevosita xorijiy investitsiyalar tamoyillari 
hisoblanadi. 
Mutlaq ustunliklar tamoyili boshqa davlatlarga nisbatan mehnat 
unumdorligi yuqori va ishlab chiqarish harajatlari past bo’lgan 
mamlakatda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil qilishni 
nazarda tutadi. Bunday sharoitlar mutlaq ustunliklarga ega mamlakatdan 
boshqa davlatlarga tovarlar va xizmatlar eksportini amalga oshirish 
imkoniyatini beradi. Mutlaq ustunliklar, shuningdek nisbiy ustunliklar ham 
xalqaro biznesni rivojlantirishni rag’batlantiradi. 
Nisbiy afzalliklar tamoyili mamlakatda bir necha xil tovarlar va 
xizmatlar ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniyatlarini asoslab beradi. 
Bu holda menejer mutlaq ustunliklarga ega bo’lgan mahsulotni tanlashi va 
uni ishlab chiqarish va eksport qilishga kuch-quvvatlarni jamlashi zarur 
bo’ladi. Qolgan tovarlar va xizmatlar esa faqat ichki bozor uchun 
mo’ljallanishi va unga bo’lgan ehtiyojlarning bir qismi import hisobiga 
qondirilishi mumkin. Mutlaq va nisbiy ustunliklarning kombinatsiyasi har 
bir mamlakatga tegishli bo’lgan ishlab chiqarishni tashkil qilish va davlat 
siyosati bilan birga turli mamlakatlarning firmalariga raqobat sharoitlarida 
yuqori 
obro’ni ta’minlaydi. Tajribaning ko’rsatishicha, AQSh 
korporatsiyalarining yo’lovchi samolyotlarini (“Boing” kompaniyasi), 
qudratli kompyuterlarni (“IBM” kompaniyasi), kompyuter dasturlari 
(“Microsoft” kompaniyasi), atrof-muhit muhofazasi uchun uskunalarni, 
o’g’itlarni ishlab chiqarishdagi raqobatbardoshligi shubhasiz. Jahon 
bozorlarida Germaniya firmalari avtomobillar, kimyoviy mahsulotlar, 
qishloq xo’jalik mashinalari, optik asboblar, poligrafiya uskunalari kabi 
tovarlar bo’yicha yuqori raqobatbardoshligi bilan mashhur. Jahon 
bozorlarida uglerodli tolalar, telekommunikatsiya uskunalari, dengiz 
kemalari, avtomobillar, maishiy elektronika ishlab chiqaruvchi yapon 
kompaniyalari ham mashhurdir. Italiya firmalari esa keramik va 


17 
to’qimachilik mahsulotlarini, sport poyafzali, qadoqlash uskunalarini yirik 
ishlab chiqaruvchilari hisoblanadi. 
Mahsulotning xalqaro hayotiylik sikli tamoyili amerikalik iqtisodchi 
R.Vernan tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotning hayotiylik sikli 
nazariyasiga asoslanadi. U ichki va tashqi bozorlarga yangi mahsulotlar 
bilan chiqishda tez o’zgaruvchan kon’yunktura va o’tkir raqobat kurashi 
sharoitlarida tadbirkorlarning e’tiborini tovarlar va xizmatlarni ishlab 
chiqarish va sotish samaradorligi muammolariga qaratish maqsadida har 
qanday tovarni sotish jarayonini 4 bosqichga ajratadi: 
1-bosqich – yangilik kiritish bosqichi. Ushbu bosqich mahsulotning 
konstruktiv xususiyatlari va texnik xarakteristikalari xaridorlar tomonidan 
xali to’la o’rganilmagan vaqtda talabning qat’iy emasligi, bozorning 
egallanmaganligi, yangi tovarga talab o’sishining sekin kechishi bilan 
xarakterlanadi. Bu bosqichda xaridorlar bozorda yangi mahsulotga e’tibor 
berib, uning afzalliklarini baholab boradilar, natijada xaridlar hajmi sekin 
o’sa boshlaydi. 
2-bosqich – xarid hajmining ko’payish bosqichi. Ushbu bosqichda 
tovarning yuqori iste’mol xususiyatlarining xaridorlar tomonidan tan 
olinishi evaziga talabning o’sishi bilan bog’liq holda ishlab chiqarish va 
xarid hajmi ko’payadi. Bu birinchi bo’lib ommaviy mahsulot ishlab 
chiqarishni yo’lga qo’ygan firmalar uchun maksimal foyda olish vaqti 
hisoblanadi. 
3-bosqich 
– bozorni to’ldirish bosqichi. Ushbu bosqich 
xaridorlarning asosiy qismining ushbu tovarga bo’lgan o’z ehtiyojlarini 
qondirib bo’lganligi, uning ishlab chiqarilishi raqobatchilar tomonidan 
o’zlashtirila boshlanganligi va raqobat belgilari paydo bo’lganligi bilan 
xarakterlanadi. 
4-bosqich – kamayish bosqichi. Ushbu bosqichda mahsulotning 
hayotiylik siklini uzaytirish uchun uni ishlab chiqarish nisbatan past ishlab 
chiqarish 
harajatlariga 
ega 
bo’lgan, ko’pincha rivojlanayotgan 
mamlakatlarga bevosita investitsiyalar yo’li bilan ko’chiriladi. Bu 
mamlakatlarga ushbu mahsulotni eksport qilish, odatda, bu yerda ularni 
ishlab chiqarishdan ilgari boshlangan bo’ladi. Mahalliy ishlab chiqarishni 
rivojlantirilishi natijasida mahsulotni xorijiy mamlakatlardan import qilish 
qisqaradi. 
Bevosita xorijiy investitsiyalar – bu bevosita sarmoyador firma va 
qabul 
qiluvchi 
firma 
o’rtasida uzoq muddatli faoliyatga oid 
munosabatlarga mo’ljallangan kapital qo’yilmalardir. Bu munosabatlarda 
bevosita investorning maqsadi bo’lib qabul qiluvchi mamlakatda 


18 
korxonani boshqarishni tashkil qilishga jiddiy ta’sir ko’rsatish va uning 
faoliyatini nazorat qilish hisoblanadi. Bevosita xorijiy investitsiyalar turli 
mamlakatlarning firmalari o’rtasida dastlabki bitimning boshlang’ich 
bosqichi sifatida xizmat qilib, shuningdek o’z ichiga ular o’rtasidagi 
barcha keyingi kelishuvlarni oladi. Bu bitimlar va kelishuvlarning 
sub’yektlari sifatida asosiy ishtirokchilardan tashqari ular bilan bog’liq 
firmalar ham faoliyat ko’rsatishi mumkin. Investorning bevosita xorijiy 
investitsiyalarni kiritish mamlakatini tanlashda iqtisodiy o’sish sur’atlari, 
bank foizi va kredit shartlari, tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish 
harajatlari, tashqi qarzdorlik, siyosiy va makroiqtisodiy barqarorlik asosiy 
ustunliklar hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasining «Chet el investitsiyalari to’g’risida»ga 
Qonunining (30.04.1998 y.) 3-moddasiga binoan chet ellik investorlar 
asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun 
hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’yektlariga 
qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir 
huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka doir huquqlar, shuningdek chet 
el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O’zbekiston 
Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi. 
Keyingi yillarda O’zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy 
investitsiyalar hajmining izchil va barqaror o’sib borayotgani e’tiborga 
sazovor bo’lib, bunda, mamlakatimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil 
amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil 
bo’lib kelmoqda. O’zlashtirilgan barcha investitsiyalarning 50 foizga 
yaqini ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga 
yo’naltirilgandir. Eng muhimi, xorijiy investitsiyalarning 74 foizini 
to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar tashkil etdi
1
.
Mamlakatimizda 2010 yilda 2009 yilga nisbatan 13,6 foizga ko’p, 
ya’ni 9 milliard 700 million AQSH dollariga teng miqdordagi 
investistiyalar o’zlashtirildi, bu yalpi ichki mahsulotning qariyb 25 foizini 
tashkil etadi. Ushbu investistiyalarning salkam 72 foizi ishlab chiqarish 
korxonalarini barpo etishga, jumladan, 38 foizga yaqini asbob-uskuna va 
ilg’or texnologiyalar sotib olishga yo’naltirildi. Umumiy qo’yilmalar 
hajmida xorijiy investistiyalar va kreditlar ulushi 28,8 foizni, to’g’ridan-
to’g’ri xorijiy investistiyalar miqdori esa 2 milliard 400 million dollardan 
ziyodni tashkil etdi.
2
1
Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари 
ва чоралари. Т.: Ўзбекистон, 2009. 
2
Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, halqimiz farovonligini oshirishga 
xizmat qiladi. //www.gov.uz. 22.01.2011. 


19 
Mamlakatimizda, bugungi kunda iqtisodiyotimizni modernizatsiya 
qilish, texnik va texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini keskin 
oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor 
loyihalarni amalga oshirish bo’yicha Dastur ishlab chiqilgan bo’lib, «bu 
dastur iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va 
texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun 
kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta’minlaydigan 
zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qilish bo’yicha maqsadli 
loyihalarni o’zida mujassam etishi darkor».
1

Download 1,44 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   101




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish