IV bosqich   III bosqich




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/101
Sana18.01.2024
Hajmi1,44 Mb.
#140301
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   101
Bog'liq
Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

IV bosqich 
 III bosqich 
 II bosqich 
I bosqich 
3.1-rasm. Milliy kompaniyaning xalqaro kompaniya darajasiga o’tish 
evolyutsiyasi 


48 
ekspertlar darajasida ishlab chiqish va xalqaro shartnomalar bo’yicha 
majburiyatlarning 
bajarilishini 
ta’minlash 
quyidagi 
O’zbekiston 
Respublikasining vazirliklari va idoralarining zimmasiga yuklangan:
- tashqi iqtisodiy faoliyat, shu jumladan savdo-iqtisodiy hamkorlik, 
investitsiyalarni rag’batlantirish va o’zaro himoya qilish hamda texnik 
yordam ko’rsatish masalalari bo’yicha – Tashqi iqtisodiy aloqalar
investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligiga; 
- investitsiya va valuta-moliya hamkorligi masalalari bo’yicha - 
Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo 
vazirligi, Markaziy Bank, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qo’mitasiga; 
- soliqqa tortish va soliq qonunchiligiga rioya qilishdagi hamkorlik 
masalalari bo’yicha - Davlat soliq qo’mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi 
iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga; 
- davlat mulkini begonalashtirish va ulardan foydalanish, huquqlarni 
e’tirof etish va mulkiy munosabatlarni tartibga solish masalalari bo’yicha - 
Davlat mulk qo’mitasi, Adliya vazirligiga; 
- ilmiy-texnikaviy hamkorlik, shuningdek xuquqiy muhofaza va 
intellektual mulk ob’yektlaridan foydalanish shartlari masalalari bo’yicha - 
Fan va texnika davlat qo’mitasi, Fanlar akademiyasi, Tashqi iqtisodiy 
aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Adliya vazirligiga. 
Jahon amaliyotida litsenzion bitimlarning imzolanishi, texnologiyalar 
bilan almashinuv, xalqaro ilmiy-texnik kooperatsiya bir birlarining sanoat, 
tijorat, tadqiqot potensiallaridan to’liqroq foydalanish imkonini beradi. 
Bunda litsenzion bitimlar texnologiyalar bilan almashinish, barter va 
kompensatsiya bitimlari uchun qurol sifatida keng ishlatiladi. 
Uchinchi davlatlar bozorlarida konsorsium tarkibida birgalikda o’z 
tovar va xizmatlari bilan ishtirok etish hamkorlarga turli buyumlar va 
komplekt uskunalarning birmuncha keng assortimentini taklif etish, 
qaltisliklarni o’zaro taqsimlash, yangi bozorlarni o’zlashtirish bo’yicha, 
texnologiyalar 
va 
nou-xaular 
bilan 
o’zaro almashuv bo’yicha 
imkoniyatlarni kengaytirish, shuningdek moliyaviy resurslarni birlashtirish 
hisobiga o’z faoliyati uchun zaruriy moliyalashtirishni ta’minlash imkonini 
beradi. 
Ko’pincha konsorsiumlarga yakka o’zi tashqi bozorga chiqish 
imkoniyatiga ega bo’lmagan yoki eksport sanoati uchun zarur uskunalar 
bilan jihozlanmagan katta bo’lmagan kompaniyalar birlashadi. Bu 
muammolarni ular birgalikda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish 
uchun mamlakat ichki bozorida o’ziga o’xshash kompaniyalarning kuchi 
va resurslarini birlashtirish yo’li bilan hal etadilar. Ba’zan o’z tovarlarining 


49 
sotilishi uchun birlashgan marketing guruhini ham tuzadilar. Hozirgi 
vaqtda meva, go’sht, sut mahsulotlari savdosi bo’yicha agrar sektor 
korxonalari uyushmalari eng keng tarqalgan. 
Uchinchi bosqich – bu qo’shma korxonalarni tuzish bosqichidir. Ular 
har xil davlatlardan bo’lgan hamkorlarni faoliyat ko’rsatayotgan sanoat 
yoki tijorat firmalariga ega bo’lgan hamkorning mamlakatida zarur 
bo’lgan binolarni qurmasdan va ularda uskunalarni o’rnatmasdan tezda 
birgalikdagi faoliyatni boshlash mumkinligi bilan jalb etadi. Lekin, 
qo’shma xalqaro tabbirkorlikning ko’pchilik ustunliklari va ochilayotgan
imkoniyatlariga qaramasdan hamkorlar o’z mustaqilligining bir qismini 
yo’qotadi va barcha xatti-harakatlarini bir-birlari bilan kelishib amalga 
oshirishlariga to’g’ri keladi. Bu esa qaror qabul qilish jarayonini 
qiyinlashtiradi va cho’zib yuboradi. Bundan tashqari qo’shma korxona 
xalqaro hamkorlikning vaqtinchalik shakli hisoblahadi. Qo’shma 
tadbirkorlik sohasida ish yurituvchi maslahatchi firmalarning izlanishlari 
qo’shma korxona faoliyatining o’rtacha muddati to’rt yil ekanligini 
ko’rsatadi. 
Qo’shma korxonalar faoliyati jarayonida odatda bir hamkor nisbatan 
kuchliroq bo’lib boradi va kuchsizini o’ziga qo’shib oladi. Rasmiy
xujjatlarda bu “firmalar qo’shilishi” deb ta’riflanadi. Bir qator maslahatchi 
firmalarning fikriga ko’ra, kompaniyalarning birlashuvini sanoatdan emas, 
balki injiniring, marketing va tijorat munosabatlaridan boshlash maqsadga 
muvofiq hisoblahadi. Chunki bu sohalar qo’shilishining samaradorligi 
sanoat quvvatlari qo’shilishi samaradorligiga nisbatan ikki barobar oshishi 
mumkin.
Firmalar qo’shilishi haqidagi qaror oylab davom etadigan puxta 
hisob-kitoblar va muzokaralardan so’ng qabul qilinadi. Birlashishni o’zaro 
kelishib olish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: 
1. Harakatlarning strategik rejasini aniqlash. 
2. Rahbariyatdagi o’rinlarning muvozanatli taqsimotini, shtab-
kvartira va ITTKI markazlarining qayerda joylashishini aniqlash bilan 
boshqaruv tizimini o’zaro kelishib olish. 
3. Yagona kompaniyaga birlashayotgan hamkorlarning aktivlarini 
baholash. 
4. Birlashayotgan kompaniyalar shtati bilan qo’shilishni kelishib 
olish. 
Firmalar qo’shilishining muvaffaqiyatli ko’rsatkichi bo’lib ishlab 
chiqarish va tijorat operatsiyalari hajmining 10-20 foizga o’sishi, mahsulot 


50 
ishlab chiqarish va sotish harajatlarining 10-20 foizga kamayishi
hisoblanadi. 
Har xil davlatlardan bo’lgan hamkorlarning yagona kompaniyaga 
birlashish natijasi – bu transmilliy kompaniyaning (TMK) shakllanishidir. 
Kompaniyaning transmilliylashtirish darajasi quyidagi transmilliylashtirish 
indeksi bilan xarakterlanadi. 
I = (XA/UA + XC/US + XSh/USh) : 3 
bu yerda, I- transmilliylashtirish indeksi; 
XA – xorijiy aktivlar; 
UA – umumiy aktivlar; 
XS – xorijiy filiallarining tovar va xizmatlar savdosi hajmi; 
US – umumiy tovar va xizmatlar savdosi hajmi; 
XSh – xorijiy shtat; 
USh – umumiy shtat; 

Download 1,44 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   101




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish