45
3-BOB. XALQARO VA TRANSMILLIY KOMPANIYALAR,
ULARNI BOSHQARISH TIZIMI
Xalqaro kompaniyalar - bu milliy kapitalni
boshqa davlatlarga
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida olib chiquvchi
tashkilotlardir. Zamonaviy xalqaro kompaniyalarning ko’pchilik
qismi
transmilliy korporatsiyalarni, tashkiliy shakli bo’yicha
esa konsernlarni
ifoda etadi. Ular ilgarigi turli davlatlar kapitalining oddiy birlashuvi va
ishtirokchilari o’z kapitallarining mulkdori bo’lib
qolgan kartellar,
sindikatlar, trestlardan ma’lum darajada farqlanadi. Ularga teskari holda
XXI asrning tipik konserni - bu odatda
turli tarmoqlar va hududlar
bo’yicha
diversifikastiyalangan
kapitalning
yagona
mulkdoridir.
Zamonaviy xalqaro kompaniyalar transmilliy, ya’ni o’z
millatiga ega
bo’lgan yoki ko’pmillatli bo’lishi mumkin. Transmilliy korporatsiyalar
bosh kompaniya (odatda u kompaniya millatini aniqlaydi) va uning xorijiy
filiallarini o’z ichiga oluvchi sub’yektlar tizimini ifodalaydi. Bosh
kompaniya boshqa davlatlardagi o’zining xorijiy
filiallari aktivini nazorat
qiladi va odatda ularning kapitalida o’z ulushiga ega bo’ladi.
Ko’p millatli kompaniyalarda har xil millatlar kapitallarining
birlashuvi vujudga keladi. Birinchi ko’p millatli kompaniya “Yunilever”
1929 yili “Margarin Yuni” (Daniya) va “Lever Brazers” (Buyuk Britaniya)
firmalarining birlashishi natijasida vujudga keldi.
Shu davrdan boshlab u
deyarli 60 ta davlatda 500 dan ortiq xorijiy filiallari bo’lgan eng yirik
xalqaro kompaniyalardan biri darajasigacha o’sib yetdi. “Yunilever”
kompaniyasi ikkita shtab-kvartiraga ega bo’lib,
ularning biri Londonda,
ikkinchisi Rotterdamda joylashgan.