Xalqaro menejment




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/101
Sana18.01.2024
Hajmi1,44 Mb.
#140301
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   101
Bog'liq
Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

Xulosalar 
 
1. Xorijiy tadbirkorlik yuqori qaltislik bilan xarakterlanadi, ular 
milliy bozordagi faoliyatga nisbatan yuqori foyda, nisbatan qudratli 
firmaning ta’siri, hukumatlar va xalqaro tashkilotlarning tashabbusi, ichki 
bozordagi noqulay vaziyat, chet elda past ishlab chiqarish va sotish 
harajatlari, eksport uchun proteksionistik to’siqlar, qabul qiluvchi 
mamlakatda qimmatli axborotning mavjudligi, qabul qiluvchi mamlakat 
moliyaviy imkoniyatlaridan foydalanish, xorijda imtiyozli soliqqa tortish 
kabi qiziqtiruvchi sabablar bilan qoplanadi. 
2. Xorijiy sharoitlarga moslashishning ob’yektiv omillariga (ularga 
chet el firmasi ta’sir ko’rsata olmaydi) huquqiy me’yorlar, xodimlarning 
milliy mansubligi, mahalliy urf-odatlar, ishlab chiqarish munosabatlari, 
raqobat, iste’molchilar, texnologiya, qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiyoti 
kiradi. 
3. Qabul qiluvchi mamlakatda ilk faoliyat odatda past darajada 
moliyaviy natijalarga olib keladi. Tovar aylanishining kichik hajmi, 
baholarning past darajasi, xalqaro kompaniya xorijiy filiali mahsulotini 
ishlab chiqarish va sotish yangi bozorda barqarorlashtirilmaguncha 
kapitalni uzluksiz kiritish zaruriyati buning asosiy sabablaridir. 
4. Hozirgi davrda texnologiya va uskunalarni import qilmaydigan 
mamlakat topilmaydi, negaki hech bir mamlakat o’z sanoati uchun barcha 


43 
turdagi mashinalar. uskunalar va elektron hisoblash texnikasini ishlab 
chiqarish quvvatiga ega emas. 
5. Tajribali import qiluvchilar sotib olinadigan uskunalar va 
texnologiyalarga quyidagi talablarni qo’yadi: texnologik jarayonlar, 
sanoati rivojlangan davlatlar zavodlarida sinalgan va patentlangan bo’lishi 
kerak; uzatiluvchi texnologiyalar xaridor sharoitlariga (xususan mahalliy 
xomashyo resurslariga) moslashishga mo’ljallangan bo’lishi kerak; xarid 
qilinayotgan texnologiyalar va uskunalar xaridor korxonasida ilgari 
o’rnatilgan agregatlarga mos kelishi kerak, uskuna yetkazib beruvchining 
taklifi o’z ichiga tez yemiriluvchi detallarni mahalliy korxonalarda ishlab 
chiqarish imkoniyatini beruvchi ishchi chizmalarni olishi kerak. 
6. Import qiluvchilar yetkazib beruvchilar bilan muzokaralarda 
baholar, texnik shartlar, uskuna va texnik xujjatlarni yetkazib berish 
muddatlari bilan birga ba’zi hollarda import qiluvchilar uchun muhimroq 
sanalgan bitimlarni moliyalashtirish shartlarini kelishib olishi zarur. 
7. Eksport va import qiluvchilar o’rtasidagi kelishmovchiliklar 
ko’pincha uskunalarni butlash, kafolat sinovlarini o’tkazish uslubi, 
yetkazib berilgan uskunalardagi nuqsonlar uchun javobgarlik, mahalliy 
xomashyo resurslarining sotib olingan texnologiyaning texnik talablariga 
mos kelmasligi kabi sabablardan kelib chiqadi. 
8. Har qanday kelishmovchiliklar va ziddiyatlar yetkazib beruvchi 
bilan do’stona xayrlashishga xalaqit bermasligi lozim, chunki kelajakda 
maslahat, ehtiyot qismlar, texnik yordamlar va boshqalar bo’yicha unga 
murojaat qilish zaruriyati vujudga kelishi mumkin. 

Download 1,44 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   101




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish