4.1-jadval
Kompaniyalar tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy shakllari va
turlarining afzalliklari va kamchiliklari
Korxonalar tashqi
iqtisodiy
faoliyati
turi
Afzalliklar
Kamchiliklar
Tashqi savdo
Sotish bozorini
Bojxona to’siqlari
76
kengaytirish, milliy ishlab
chiqarishni
rag’batlantirish
sababli sotish
harajatlarini oshirish,
valuta paritetlariga
bog’liqlik
Litsenziyalar
ayirboshlash,
franchayzing,
yetkazib berishlar
Kam sarmoyalar sababli
qaltisliklarning qisqarishi,
muayyan turdagi
faoliyatga tor ixtisoslashuv
Litsenziyalar va
subetkazib beruvchilar
faoliyati ustidan nazorat
uchun kam imkoniyatlar
Chet el
korxonalarining
qurilishi,
firmalarning
qo’shilishi
Sarmoyador tomonidan
to’la nazorat, korxona
joylashuv o’rnida aniqlik
Katta kapital qo’yilmalar
evaziga qaltislik va
qabul qiluvchi
mamlakatda notijorat
qaltisliklari
Strategik alyanslar
ITTKIda kooperatsiya
texnologiyalar
ayirboshlashni
kengaytirishda va qo’shma
korxonalar tashkil qilishda
keng imkoniyatlar
Qo’shma dasturlarni
o’tkazishni nazorat qilish
qiyinchiliklari, qarorlar
qabul qilish muddatlarini
uzaytirish, unikal
mahsulotga
monopoliyani yo’qotish
havfi
Bevosita xorijiy
investitsiyalar
Sotish bozorlarini
kengaytirish va axborot
olish imkoniyatlarini
kengaytirish
Xorijiy aktivlarni
yo’qotish havfi
4.2. Qabul qiluvchi mamlakatni tanlash
Bosh kompaniya xorijiy tadbirkorlik uchun mamlakat tanlashga eng
katta e’tibor beradi. Biror mamlakatda xorijiy filialni tashkil qilish haqida
qaror qabul qilishdan avval potensial qabul qiluvchi mamlakatlarning
sharoitlarini to’rtta asosiy aspektda: bozor, iqtisodiy, mahalliy
sharoitlarning xususiyatlari va raqobatbardoshlik aspektlarida o’rganib
chiqiladi.
Bozor aspektida qulay omillarga bozor hajmi, ishlab chiqarishga
mo’ljallanayotgan mahsulotlarga yoki mahalliy bozorda taqdim qilinishga
mo’ljallanayotgan xizmatlarga talab o’sishining yuqori sur’atlari, yirik
iste’molchilarning mavjudligi, xorijiy sarmoyadorni qiziqtirayotgan
tovarlar va xizmatlar hayotiylik stiklining uzunligi, uning reklamasini
77
mahalliy iste’molchilar tomonidan yaxshi qabul qilinishi, sotish tarmog’ini
baynalmilallashtirish imkoniyati kabi omillar kiradi.
Bozor aspektida xalqaro menejerning qabul qiluvchi mamlakatda
ishlab chiqarish va sotishga mo’ljallanayotgan tovarlar va xizmatlar
iste’molchilarini turmush tarzi, intilishlari, istaklari xususiyatlariga qarab
guruhlarga taqsimlanishini bilishi foydali. Xaridorlik talabining mavsumiy
tebranishlari va sarmoyalar yo’nalishlaridagi tendensiyalar haqidagi
ma’lumotlar ham katta ahamiyatga ega. Xalqaro menejer izlanishlarining
predmeti bo’lib qabul qiluvchi mamlakatda sotish kanallarining tuzilishi,
ulgurji va chakana savdo xususiyatlari hisoblanadi.
Iqtisodiy jihatdan u yoki bu mamlakatni qabul qiluvchi sifatida tanlash
haqidagi qaror qabul qilishga xalqaro ko’lamda tadbirkorlik faoliyatini
kengaytirish natijasida ishlab chiqarish va sotish harajatlarini qisqartirish,
manbalarning keng doirasidan ilmiy-texnik va tijorat axborotlarini olish
imkoniyati, ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga ITTKI sarflarini
qisqartirish kabi omillar ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Tadbirkorlik faoliyatining mahalliy sharoitlariga qabul qiluvchi
mamlakatning an’analari: bojxona tarifini, import va eksport kvotalarini,
tovarlar va xizmatlarning importi bilan bog’liq mahalliy me’yorlar va
standartlar, tadbirlar, tovar belgisi va xizmat ko’rsatish belgisini patentlash
sharoitlarini o’z ichiga olgan qonunchilik kiradi.
Xalqaro menejer uchun qabul qiluvchi mamlakatda, ayniqsa, uning
hududida ishlab chiqarishga va sotishga mo’ljallangan tovarlar va
xizmatlarga nisbatan tadbirkorlik faoliyatining o’rnatilgan tartibi haqidagi
axborot muhim.
Qabul qiluvchi mamlakat savdo palatasi va tijorat assostiastiyalarining
xalqaro
menejerni qiziqtiruvchi tovarlar va
xizmatlar bozorini
erkinlashtirishga qaratilgan tadbirlari haqidagi axborotni olish foydali.
Bosh kompaniya mamlakatining qabul qiluvchi mamlakatdagi elchixonasi
yoki savdo vakolatxonasining mahsulot realizastiyasiga ko’maklashish
maqsadida amalga oshirayotgan xatti-harakatlari to’g’risida xabardor
bo’lishi muhim o’rin tutuadi. Xalqaro kompaniya uchun quyidagilar
alohida ahamiyatga ega:
- valutani muvofiqlashtirish tizimi;
- mulkchilik huquqlari kafolatlari (xorijiy kompaniyalar mulki
ekspropriastiya qilinganda kompensastiya to’lovining miqdori va uni
to’lash shakli haqidagi masalani o’z ichiga olgan holda);
- qabul qiluvchi mamlakat firmalari bilan kelishmovchiliklarni
xalqaro arbitrajda hal qilish imkoniyati;
78
- bevosita xorijiy investitsiyalar uchun ochiq tadbirkorlik faoliyati
kategoriyalari va ularning qaysilari uchun alohida imtiyozlar berilishi
haqidagi aniq qonunchilik. Qabul qiluvchi mamlakatning investitsion
iqlimi ko’p darajada moliyaviy tizim ahvolini aniqlaydi. Xalqaro
kompaniya xorijiy aktivlarining qismati qabul qiluvchi mamlakatda
hukumat barqarorsizligi, soliq tizimining yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi,
inflyastiyani ushlab turuvchi yoki yo’qotuvchi qat’iy iqtisodiy siyosat
yuritilmasligi bilan bog’liq inflyastiya jarayonlari evaziga yo’qotilishi
mumkin. Xalqaro kompaniya xorijiy filiali inflyastiya sharoitlarida ish
xaqining baholar o’sishiga nisbatan yuqoriroq o’sishi va soliq tizimining
yomon tashkil qilinishi sababidan ham zarar ko’radi. Shuning uchun
odatda xorijiy firmani tashkil qilish haqida qaror qabul qilishdan oldin
bosh kompaniya kelajakda qabul qiluvchi mamlakatda inflyastiya
darajasini hisobga oladi.
Ishlab chiqarish va sotish harajatlari nuqtai-nazaridan xorijiy investor
uchun transport va aloqa vositalarining mavjudligi va foydalanish qiymati
qabul qiluvchi mamlakat sharoitlariga qo’llanuvchi texnologiyalarni
moslashtirish imkoniyati birinchi darajali ahamiyatga ega. Bunda bosh
kompaniya rahbariyati potensial raqiblar – qabul qiluvchi mamlakatda
milliy firmalarning mahalliy xaridorlar ehtiyojlarini va mahalliy bozorning
o’ziga xos xususiyatlarini yaxshiroq bilishi kabi ustunliklariga egaligini
e’tiborga oladi. Bundan tashqari milliy firmalarni mahalliy hukumat
qo’llab-quvvatlaydi, va nihoyat, iste’molchilarning vatanparvarlik sifatlari
ular tomonida bo’ladi.
U yoki bu mamlakatda tadbirkorlik faoliyati haqidagi qaror qabul
qilishdan oldin bosh kompaniyaning mahalliy sharoitlar aspektidagi
harakatlari ketma-ketligi odatda quyidagi tadbirlar zanjiridan iborat
bo’ladi:
-qabul qiluvchi mamlakat bozorining kattaligi va chegaralarini
baholash;
-ishlab chiqarishga mo’ljallangan tovarlar va xizmatlarning sifatini
raqobatchilar taqdim qilayotgan shunday tovarlar va xizmatlarning sifat
ko’rsatkichlari bilan taqqoslash;
-o’rganilayotgan bozorda va qabul qiluvchi mamlakat mintaqasida
sotishni tashkil qilish imkoniyatlarini o’rganish;
-qabul qiluvchi davlat xaridorlari ehtiyojlari, qonunlari va
an’analarining xususiyatlarini o’rganish;
-shu bozorda xorijiy raqobatchilarning faoliyat tajribasi bilan
tanishish;
79
-qabul qiluvchi mamlakatda ishlab chiqarishni tashkil qilishning bu
mamlakatga eksportga nisbatan ustunliklarini baholash.
Bosh kompaniya ishlash sharoitlari ma’lum bo’lgan mamlakatlarga,
masalan ushbu mamlakatda bosh kompaniyaning sotish bo’yicha filiali
amal qilayotgan bo’lsa ko’proq e’tibor beradi.
Qabul qiluvchi mamlakatda tadbirkorlik faoliyati sharoitlari haqidagi
axborotning asosiy manbalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Qabul qiluvchi mamlakatning savdoga ko’maklashish bo’yicha
davlat tashkilotlari (ko’pincha bu korxonalarning faoliyati eksportni
rivojlantirishga ko’maklashishga qaratilgan)ning roli;
2. Bosh kompaniya joylashgan mamlakatda qabul qiluvchi
mamlakatning import qiluvchi firmalarining vakolatxonalari bo’lib, ular
talabga ega tovarlar va xizmatlar haqida ma’lumotlar berishi mumkin
(qabul qiluvchi mamlakatda bozorni o’zlashtirgunga qadar ular bilan hech
qanday shartnomalar imzolamaslik afzal);
3. Bosh kompaniya davlatida qabul qiluvchi mamlakat elchixonasi
yoki savdo vakolatxonasi, banklar bo’limlarining axborotlari;
4.
Qabul
qiluvchi
mamlakatda
bosh
kompaniya
davlati
elchixonasining tijorat bo’limi yoki savdo vakolatxonasining mavjudligi.
Ular odatda eksportni rivojlantirishdan manfaatdor, ishlab chiqilgan
ma’lumotlar bazasiga ega va shuning uchun qabul qiluvchi mamlakat
bozori haqidagi axborotni tez berishi va hatto potensial xaridorlar va
import qiluvchilar bilan ham tanishtirishi mumkin;
5. Bosh kompaniya joylashgan davlat va qabul qiluvchi mamlakat
savdo palatalarining axborotlari.
Qabul qiluvchi mamlakatda raqobatbardoshlik omilini o’rganishda
xalqaro kompaniya rahbariyati kerakli raqobatbardoshlik darajasiga qabul
qiluvchi mamlakat bozorida o’xshashi bo’lmagan antiqa tovarlar ishlab
chiqarish (xizmatlar ko’rsatish) hisobiga erishish mumkinligini tushunadi.
Raqobatli kurashda, shuningdek, raqobatchilar sifatidan ustun bo’lgan
an’anaviy mahsulotlar ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish bilan ham
omadga erishish mumkin. Nihoyat, raqobat darajasi antiqa yangi
texnologiyalar qo’llanishiga asoslangan kam ishlab chiqarish harajatlari
evaziga past baholar bilan ushlab turilishi mumkin.
Qabul
qiluvchi
mamlakatda
ishlab
chiqarish
va
sotishga
mo’ljallanayotgan tovarlar va xizmatlarning raqobatbardoshligini
baholashga o’xshash tovarlar va xizmatlar bozoridagi asosiy raqobatchilar,
bu bozor sektorlarining asosiy raqobatchilar o’rtasida taqsimlanishi,
raqobatchilarning kuchli va zaif tomonlari, ularning strategiyasi
80
xususiyatlari, shuningdek qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro kompaniya
xorijiy filiali ixtisoslashgan tovarlar va xizmatlarga talab o’sishining
kutilayotgan sur’atlari haqidagi ma’lumotlar yordam beradi.
Yangi tovar yoki xizmatlar qabul qiluvchi mamlakatning bozorida o’z
o’rnini topishi yoki ular yangi xususiyatlari bilan ajralib turishi kerakki,
iste’molchilar ularni ko’rmaguncha ularning zaruriyati haqida bilmasligi
mumkin. Bu xalqaro menejerning qabul qiluvchi mamlakatda yangi yoki
takomillashtirilgan tamoyilga asoslangan talabni yaratishiga to’g’ri
kelishini bildiradi. Xususan u o’z tovarlarining ajoyib iste’mol
xususiyatlarini reklama qilishi mumkin.
Tovarlar yoki xizmatlarning sotilishini kengaytirish uchun xalqaro
menejer qabul qiluvchi mamlakatning ommaviy axborot vositalarida bu
tovarlar yoki xizmatlarni uning kompaniyasida ixtiro qilinishi va
yaratilishining ko’p yillik tarixini bayon qilishi, ularning ishlab
chiqarishida qo’llanilayotgan yetakchi texnologiyalarni ta’kidlashi, o’z
tovarlari yoki xizmatlarining ko’pgina boshqa tovarlardan foydali
farqlarini asoslashi mumkin.
Bunda
xalqaro
menejer
boshqarayotgan
xorijiy
filialning
imkoniyatlari
va
egiluvchanligini
baholashi
lozim.
U
asosiy
iste’molchilarni buyurtmasini uning firmasi qanday muddatlarda bajara
olishini va qabul qiluvchi mamlakat sharoitlarida mahsulot ishlab
chiqarishning qanday hajmi real bo’lishini yaxshi bilishi kerak. Ishlab
chiqarilayotgan mahsulot sifatiga va uning shartnomada ko’rsatilgan
texnik-iqtisodiy xarakteristikalarga muvofiqligiga birinchi darajali e’tibor
berilishi lozim. Qabul qiluvchi mamlakatlarda iste’molchilar odatda
bozordagi xorijdan keltirilgan yangi tovarlar yoki xizmatlarga shubha bilan
qaraydilar va bu tovarlarda ularning iste’mol xususiyatlari uchun juda
kichik va ahamiyatsiz bo’lgan kamchilik va nomuvofiqliklarni ham
kechirmaydilar. Iste’molchilarni, shuningdek tovarlarni shartnomalarda
ko’rsatilgan muddatlarda va kelishilgan miqdorlarda olishlari qiziqtiradi.
Xalqaro
kompaniyalar
uchun
qabul
qiluvchi
mamlakat
jozibadorligining asosiy omillariga bu davlat hukumatining chet el
investitsiyalariga nisbatan aniq shakllantirilgan munosabatini kiritish
kerak.
Bunda shuni nazarda tutish kerakki, qabul qiluvchi mamlakat
hukumatining xorijiy investitsiyalarga nisbatan siyosati chet ellik
investorlar uchun kerakli makroiqtisodiy iqlim yaratilib, ular uchun
muayyan foyda olish imkoniyati va foydaning bir qismini repatriastiya
qilish huquqi berilgan taqdirdagina jozibali bo’ladi.
81
Qabul qiluvchi mamlakatga xorijiy investorlarni jalb qilishda milliy
rejim prinsipi – ochiq huquqiy tizim ayniqsa kuchli stimul hisoblanadi.
Uning doirasida xorijiy investorlar qabul qiluvchi mamlakat fuqarolarining
muayyan tadbirkorlik faoliyatiga taaluqli qoida va nizomlarga rioya qilsa,
qonunchilik tomonidan ta’qiqlanmagan shunday tadbirkorlik faoliyati
ruxsat etiladi.
Qabul
qiluvchi
mamlakatning
xorijiy
investorlar
uchun
jozibadorligining asosiy omillaridan biri bo’lib, qarzni to’lash, foydani
chet elga o’tkazish va kapitalni repatriastiya qilish uchun ularning erkin
almashinadigan valutaga ega bo’lish hisoblanadi. Bunda soliq imtiyozlari
shubhasiz xorijiy investorlarni jalb qiladi, biroq xorijiy investitsiyalar
ortidan quvishda soliq imtiyozlariga beriluvchanlik ayrim rivojlanayotgan
davlatlarning achchiq tajribasi ko’rsatishicha, qabul qiluvchi davlat
iqtisodiyotida nomutanosibliklarga olib kelishi mumkin. Bunday
vaziyatlarning oldini olish uchun qabul qiluvchi mamlakatlarning
hukumatlariga BMT ekspertlari “Milliy xo’jalikda nomutanosibliklarga
olib keluvchi ortiqcha imtiyozlardan ko’ra, yuqori bo’lmagan soliqlar
afzal” prinsipi bo’yicha kelishilgan soliq mexanizmlarini kiritishni tavsiya
qiladilar.
Qabul qiluvchi mamlakat
hukumati
ТМК
Milliy
tadqiqot
markazi
|