Milliy kapital eksportini rag’batlantirish
Milliy kapital eksportini rag’batlantirish masalasi davlatimiz tashqi
iktisodiy faoliyatidagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi, chunki
«O’zbekiston o’zining kelajakdagi asosiy istiqbollaridan biri – bu
rivojlangan davlatlar safiga qo’shilish, mamlakatni modernizastiyalash,
siyosiy, iqtisodiy islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish, fuqarolik
jamiyatini barpo etish, hamda shuning asosida o’z fuqarolarining yuqori
turmush tarzini ta’minlashda, deb biladi».
1
Iqtisodiyotda milliy kapital ortiqchaligi sezilayotgan davlatlar uning
chet elga chiqarilishini rag’batlantiradi. Davlatning xalqaro kompaniyalar
eksport-investitsion faoliyatini qo’llab-quvvatlashining asosiy shakllari
bo’lib imtiyozli moliyalashtirish; foydaga soliq kamaytirilishi bilan bog’liq
yo’qotishlarni qoplovchi maxsus kreditlash tizimi; potensial zararlarni
sug’urtalashning kengaytirilgan doirasi hisoblanadi. Oxirgi shakl raqobat
erkinligi tamoyilini buzmaganligi va shu tarzda xalqaro kelishuvlar
ta’qiqlash me’yorlarini ostiga tushmasligi sababli keng tarqaldi. Bundan
tashqari, turli mamlakatlarning davlat organlari o’z eksporterlariga keng
axborot doirasini taqdim etadi.
Xorijiy tadbirkorlik (shu jumladan, kapital) bilan shug’ullanuvchi
kompaniyalar o’z davlatlari ko’magini olishi uchun uchta asosiy shart
bajarilgan bo’lishi kerak:
1
Выступление Президента Республики Узбекистан Ислама Каримова на пленарном заседании Саммита ООН
«Цели развития тысячелетия» 20.09.2010 www.UzA.Uz – Ўзбекистон миллий ахборот агентлиги расмий сайти
96
1. Xalqaro kompaniyalarni xorijiy filiallari foyda keltirishi, ya’ni
ularning texnologiyasi ishonchli, ishlab chiqarishni tashkil qilishi samarali
bo’lishi kerak.
2. Xalqaro kompaniyalar xorijiy filiallari qabul qiluvchi mamlakat
iqtisodiy rivojlanishiga ko’maklashishi zarur. Ularning texnologiyasi qabul
qiluvchi mamlakat mahalliy resurslaridan foydalanishga mo’ljallangan
mehnat sig’imli bo’lishi kerak.
3. Xalqaro korporatsiyalarning xorijiy tadbirkorligi bosh kompaniya
joylashgan mamlakat iqtisodiyotiga ishlab chiqarish, bandlik va h.k.ga
zarar yetkazmasligi kerak. Masalan, Janubiy Koreya moliya va iqtisodiyot
vazirligi kapital chiqib ketishini to’xtatish uchun ichki kapital
qo’yilmalarni xorijga investitsiyalar chiqarish sharti deb belgiladi. 100
mln. dollardan ortiq xorijiy loyihalarni moliyalashtirayotgan milliy
kompaniyalar ichki kapital qo’yilmalar hajmini 20 % ga ko’paytirishni
ta’minlashi kerak.
Sarmoyador-mamlakatlar
hukumatlari
xorijiy
tadbirkorlikni
rag’batlantirib, o’z milliy firmalariga nisbiy afzalliklarni amalga oshirishga
ko’maklashadi. Masalan, YеIda investitsiyalarga ko’maklashish dasturi
(European Community Investment Partners Program) amalga oshiriladi.
90-yillarda uning asosida YеIga a’zo-mamlakatlar kompaniyalarini
ularning O’rta yer dengizi, Osiyo va Lotin Amerikasi davlatlaridagi
faoliyatida
qo’llab-quvvatlash
amalga
oshirildi.
YеIga
a’zo-
mamlakatlarning 1000 dan ortiq kompaniyalari qabul qiluvchi
mamlakatlar firmalari bilan qo’shma korxonalar faoliyatida va uzoq
muddatli litsenzion kelishuvlarda ushbu dastur ko’magida foydalandilar.
Dastur
qabul
qiluvchi
mamlakatlarda
YеI
a’zo-mamlakatlari
kompaniyalari loyihalarining barcha bosqichlarini moliyalashtirishga
yordam beradiki, unga texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlashga grantlar,
qabul qiluvchi mamlakatda qo’shma korxonalar tashkil qilish sharoitlarini
oldindan o’rganishga, personal o’qitishga va ITTKIga foizsiz qarzlar
kiradi.
AQShda amerikalik investorlarning xorijda xususiy xorijiy kapital
qo’yilmalarini moliyalashtirish bo’yicha davlat korporatsiyasi – OPIK
moliyalashtiradi.
U
amerika
kompaniyalarining
bevosita
xorijiy
investitsiyalarini siyosiy tavakkalchilikdan sug’urtalaydi va ularning
samarali xorijiy faoliyati uchun yana qator xizmatlar ko’rsatadi. Lotin
Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlarining iqtisodiy o’sishini
ta’minlash uchun maxsus rivojlanish dasturlari alohida ajralib turadi.
OPIK yordami quyidagi shartlarga rioya qilinganda beriladi:
97
a) amerika kompaniyalarining bevosita xorijiy investitsiyalari
AQShda bandlik darajasiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi kerak;
b) ular moliyaviy jihatdan oqlangan bo’lishi va yuqori foyda keltirishi
kerak;
v) ular qabul qiluvchi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga
munosib hissa qo’shishi lozim.
Yaponiya Eksport-import banki yapon firmalarining bevosita xorijiy
investitsiyalarini moliyalashtiradi va yapon firmalari bilan qo’shma
korxonalar tashkil qilish uchun chet el hukumatlari va xususiy
kompaniyalarga qarzlar beradi. Bu bank shuningdek xorijda ijtimoiy
infrastruktura loyihalarini sarmoyalovchi yapon firmalariga kafolatlar
beradi. Bundan tashqari, Yaponiyada rivojlanayotgan davlatlarni
investitsiyalashga byudjetga soliq ajratmalarni kamaytirish ko’rinishidagi
imtiyozlar mavjud.
TMK odatda bosh kompaniyalar joylashgan mamlakatlar va qabul
qiluvchi
mamlakatlar
hokimiyat
tuzilmalarida
o’z
manfaatlarini
himoyalashni tashkil etadi. Bunda iqtisodiyotni muvofiqlashtirish davlat
organlari xalqaro kompaniyalar istaklarini har doim ham va darhol
bajarmaydilar. Bu istaklar ba’zan milliy firmalar, ishchi va xodimlar
manfaatlariga, muayyan mintaqa ekologiyasiga va byudjet imkoniyatlariga
zid keladi.
Shu bilan birga davlat iqtisodiyot tarmoqlarini va mintaqalarni
cho’zilib ketgan krizisdan chiqarish maqsadida ustuvor rivojlantirishdan,
jadal ilmiy-texnik taraqqiyot sharoitlarini yaratishdan, tarmoqlar va
mintaqalar ichki va butun xalq xo’jaligida ilg’or tarkibiy o’zgarishlarni
amalga oshirish uchun sharoitlar yaratishdan manfaatdor bo’lganda, u
xalqaro kompaniyalarga moliyaviy stimul va davlat kapital qo’yilmalari
yo’li bilan rag’batlantiruvchi ta’sir etadi. 90-yillarda ko’p davlatlar
siyosatida ichki bozorlar hajmini kengayishi, iqtisodiyotni tartibga solishda
davlat rolini cheklash, korxonalarni xususiylashtirish, erkin savdo
zonalarini tashkil qilish kabi xalqaro kompaniyalar uchun jozibali
tendensiyalar namoyon bo’ldi.
Global menejer xalqaro kompaniya xorijiy filiali tashabbuslariga
qabul qiluvchi mamlakat ma’muriy organlarining munosabatini oldindan
ko’ra olish muhim. Turli vaziyatlarda xalqaro tashkilotlarning qabul
qiluvchi davlatlar hukumatlari bilan ko’p yillik munosabatlari tajribasi
xalqaro iqtisodiy hamkorlikning uchta asosiy komponentini (tovarlar va
xizmatlar, texnologiyalar, bevosita xorijiy investitsiyalar) mamlakatga
98
kiritish va chiqarishga qarab qabul qiluvchi mamlakat siyosatidagi
yo’nalishlarni turkumlash imkoniyatini beradi (5.1-jadval).
|