Xalqaro menejment




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/101
Sana18.01.2024
Hajmi1,44 Mb.
#140301
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   101
Bog'liq
Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

 
 


100 
5.4. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga TMKlarni jalb qilish 
siyosati 
Jahon tajribasining ko’rsatishicha, transmilliy korporatsiyalar (TMK) 
mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishda yuksak ahamiyat kasb etadi. 
Shuning uchun TMKlarning, shuningdek, chet el investorlarining 
rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotiga kirib kelishi ob’yektiv zarurat
hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda TMKlar investorlarini jalb qilish iqtisodiyotda 
tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish
korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash hamda raqobatdosh 
mahsulot ishlab chiqarishda muhim omildir. Muhtaram Prezidentimiz ham 
o’z ma’ruzalarida chet el investitsiyalarini keng jalb qilish, xorijiy 
investorlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish hal qiluvchi ahamiyatga 
ega bo’lgan muhim ustuvor yo’nalish ekanligini qayd etib o’tdilar.
1
Xorijiy investitsiyalarni jalb etmay, ayniqsa, yetakchi tarmoqlarda 
chet el investitsiyalari ishtirokini kengaytirmay turib, iqtisodiyotda tarkibiy 
o’zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish, korxonalarni 
zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash hamda raqobatdosh mahsulot 
ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin emas. Mamlakatimiz 
iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi uning iqtisodiy 
imkoniyatlarining kengayishini tezlashtirib, barcha sohalarda ichki 
imkoniyat va rezervlarni ishga solish, yangi texnika va texnologiyani
eksportbop tovarlarni o’zlashtirish, ularni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish 
orqali davlatimiz iqtisodiy qudratini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning 
ahamiyati nihoyatda katta bo’lib, u quyidagilar bilan izohlanadi: 
- birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy 
texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo’ljallangan 
mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi; 
- ikkinchidan, import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga 
qo’yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor 
sohalariga yo’naltirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush 
darajasini ta’minlash imkonini yaratadi; 
1
И.А.Каримов. “Барча режа ва дастурларимиз ватанимиз тараққиётини юксалтириш, халқимиз фаровонлигини 
оширишга хизмат қилади” //Халқ сўзи, 2011 йил 22 январь. 


101 
- uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi 
ishlab chiqarishini kengaytirish orqali o’sib borayotgan aholini ish joylari 
bilan ta’minlaydi;
- to’rtinchidan, 
korxonalarning 
eskirgan 
ishlab 
chiqarish 
quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta 
qurollantiradi. 
Mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-
sharoitlar tufayli iqtisodiyotimizga chet el investitsiyalarini jalb qilish 
hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. 5.2-jadvalda mamlakatimizga jalb 
qilingan xorijiy investitsiyalar, shuningdek, to’g’ridan-to’g’ri kiritilgan 
investitsiyalarning yillar bo’yicha o’zgarish sur’ati keltirilgan. 

Download 1,44 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   101




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish