-jadval  2010 yilda GM Uzbekistan kompaniyasida avtomobillar ishlab




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/101
Sana18.01.2024
Hajmi1,44 Mb.
#140301
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   101
Bog'liq
Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

5.3-jadval 
2010 yilda GM Uzbekistan kompaniyasida avtomobillar ishlab 
chiqarish hajmi 
Avtomobillar 
rusumi 
Ishlab chiqarish 
hajmi, dona 
2009 
yilga 
nisbatan 
o’zgarish, %da 
Nexia
87100
96,1 
Matiz
72999 
105,6 
Damas
20900 
88,4 
Lacetti
23917 
123,3 
Epica 
3185 
290 
Captiva 
1835 
167 
Spark 
7797 

Jami
217 733 
106,2 
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari 


105 
Mazkur korxona O’zbekiston eksportini rivojlantirishga ham muhim 
hissa qo’shmoqda. Korxonada ishlab chiqarilgan avtomobillarning ko’p 
qismi Rossiya va boshqa MDH mamlakatlariga eksport qilinadi. Hozirgi 
vaqtda Rossiya va MDH mamlakatlarida qo’shma korxonaning o’rtacha 
bozor ulushi 3,9 % ni tashkil qiladi. Korxonaning MDH mamlakatlaridagi 
dilerlik tarmog’i 253 ta dilerlik va 320 ta savdo-servis markazlaridan 
iborat. 2010 yilda Uz-Daewoo avtomobillar sotuvi Rossiyada 45 %, 
Ukrainada – 20 %, Belorusiya va Qozog’iston bozorlarida – bir necha 
barobar oshdi.
1
Yevropa biznes Assotsiatsiyasining avtoishlab chiqaruvchilar 
qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra, GM Uzbekistan o’zbek-amerika 
qo’shma korxonasi 2010 yilda Rossiyada yengil va tijorat avtomobillarini 
sotish bo’yicha yetakchi o’nlikka kiradi. 2010 yilda Rossiyada 74419 ta 
avtomobil sotilgan, bu 2009 yilga nisbatan 45 foiz ko’p demakdir (5.4-
jadval).
 
5.4-jadval 
 2010 yilda Rossiyaga avtomobillar eksporti ko’rsatkichlari 
 
2010 y 
2009 
yilga 
nisbatan foizda 
Sotuvlar bo’yicha 
egallagan o’rni
Nexia 
43943 
156 

Matiz 
30476 
131 
11 
Jami, dona 
74419 
145 
10 
Manba: Yevropa biznes Assotsiatsiyasining avtoishlab chiqaruvchilar qo’mitasining ma’lumotlari 
O’zbekiston mashinalari ommaviyligi bo’yicha dunyodagi mashxur 
Opel, Peugeot, Renault, Toyota, Nissan, Kia, Suzuki, Hyundai, Skoda kabi 
ishlab chiqaruvchilarning qator yetakchi modellaridan o’zib ketdi. Bu 
"GM Uzbekistan" avtomobillarining yuqori obro’ga egaligi va 
ishonchliligidan dalolat beradi. 
Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, 2011 
yilning birinchi choragida Rossiyaga avtomobillarning eng yirik 
eksportchilari orasida O’zbekiston uchinchi o’rinni egallaydi. 2010 yilda 
Rossiyaga asosiy avtomobil eksport qiluvchi mamlakatlarga Yaponiya 
(59,96 ming), Germaniya (19,56 ming), O’zbekiston (18,62 ming), Janubiy 
Koreya (18,47 ming) va Buyuk Britaniya (17,08 ming) kiradi.
2
1
 
http://www.uzdaily.uz/PVKXM/articles-id-6685.htm
 
2
http://uzavtosanoat.uz/content/view/183/1/lang,ru/ 


106 
Avtomobilsozlik sohasida boshqa chet el korporatsiyalari bilan ham 
hamkorlik kengayib bormoqda. 2011 yilda Samarqand viloyatida 
Germaniyaning «MAN Truck & Bus AG» kompaniyasi bilan hamkorlikda 
og’ir yukli tijorat texnikasini ishlab chiqarish bo’yicha yangi “JV MAN 
Auto-Uzbekistan” qo’shma korxonasining qurilishi boshlandi. Loyiha 
doirasida uzoq muddatli istiqbolda yiliga 20 ming birlikkacha ishlab 
chiqarish quvvatlari yaratiladi.
1
O’zbekiston avtomobilsozligida shuningdek, Yaponiyaning «Isuzu 
Motors» korporatsiyasi bilan hamkorlikda «Samavto» korxonasi tashkil 
etilgan bo’lib, u yiliga 3000 dan ortiq «Isuzu» rusumli avtobuslar va 500 
dan ortiq og’ir yuk mashinalari ishlab chiqaradi. 
O’zbekiston iqtisodiyotida Yaponiya TMKlarining faoliyati alohida 
diqqatga sazovordir. 1993-1994 yillarda “Marubeni Korporeyshn”, 
“Mitsubisi Korporeyshn”, “Sumitomo Korporeyshn” kabi etakchi 
kompaniyalarning 
vakolatxonalari 
ochildi. 
Ushbu 
kompaniyalar 
ishtirokida neft-gaz, kimyo sanoati, qishloq xo’jaligi, qurilish texnikasini 
ishlab chiqarish, energetika va to’qimachilik sohalarini rivojlantirish va 
qator qo’shma korxonalarni yaratish, mamlakat ijtimoiy infratuzilmasini 
rivojlantirish, transport tizimini modernizatsiyalash loyihalari amalga 
oshirildi.
So’nggi yillarda xorijiy TMKlarning O’zbekiston neft-gaz sanoatiga 
qiziqishi kuchayib bormoqda. Eng yuqori faollikni Rossiya va Osiyo 
kompaniyalari ko’rsatmoqda. Hozirgi kunda "Gazprom" va “Lukoyl” kabi 
Rossiya kompaniyalarining O’zbekiston yoqilg’i-energetika majmuasiga 
kiritgan sarmoyalari 3 mlrd. AQSh dollaridan ortadi. «Lukoyl» 
kompaniyasi 2004 yildan boshlab O’zbekistonning neft-gaz tarmog’iga 1,5 
mlrd AQSh dollaridan ortiq investitsiya kiritdi. Yaqin 5-6 yil davomida 
kompaniyaning O’zbekistonga kiritgan investitsiyalari 5 mlrd. dollarni 
tashkil etadi.
O’z navbatida "Gazprom" kompaniyasi 2006 yil yanvarda 
"O’zbekneftegaz" MXK bilan Ustyurt mintaqasida 7 ta investitsion
bloklarda va mamlakatning g’arbiy qismida geologik o’rganish ishlarini 
o’tkazish bo’yicha shartnomalar imzolagan. 2007-2011 yillarda 
kompaniya 610 mln. dollar mablag’ sarflashni mo’ljallagan bo’lib, 
O’zbekiston gazini xarid qilishda yetakchi sherik hisoblanadi.
1
 
http://www.12.uz/ru/news/show/economy/5471/#
 


107 
Hozigi vaqtda “O’zbekneftegaz” MXK, Lukoyl (Rossiya), CNPC 
(Xitoy), KNOC (Janubiy Koreya) va Petronas (Malayziya) kompaniyalari 
ishtirokida Orol dengizining O’zbekiston qismida neft va gaz konlarini 
geologiya-qidiruv va o’zlashtirish uchun Mahsulotni bo’lish shartnomasini 
tayyorlash bo’yicha tuzilgan xalqaro konsern ishi alohida diqqatga 
sazovor. 
2009 yil 7 aprelda “O’zbekneftgaz” MXK bilan Malayziyaning 
“Petronas” va Janubiy Afrika Respublikasining “Sasol” kompaniyasi 
o’rtasida O’zbekiston Respublikasida sintetik suyuq yoqilg’i ishlab 
chiqarish loyihasini amalga oshirishning asosiy tamoyillari to’g’risidagi 
bitim hamda o’zaro hamkorlikka oid anglashuv memorandumi imzolandi.
1
“Petronas” korporatsiyasi tomonidan O’zbekiston iqtisodiyotiga jami 2 
mlrd. AQSh dollar miqdorida sarmoya kiritilishi rejalashtirilgan.
2009 yil 11 mayda “O’zbekneftgaz” MXK va Koreya milliy neft 
korporatsiyasi (KNOC) o’rtasida “O’zbekiston Respublikasi Farg’ona 
mintaqasining Namangan-Targoch va Chust-Pop investitsion bloklarida 
geologiya-qidiruv ishlarini o’tkazish to’g’risida”gi kelishuv imzolandi. 
Kelishuvda koreys tomonidan besh yil mobaynida ikki bosqichda mazkur 
bloklarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish ko’zda tutilib, 61 mln. 
AQSh dollariga yaqin sarmoyalarni o’zlashtirish mo’ljallangan.
Shunday qilib, O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning ustuvor 
tarmoqlarini rivojlantirish uchun TMKlarni va xorijiy investitsiyalarni jalb 
qilish siyosati mavjud mablag’lardan, vaqt va imkoniyatdan samarali 
foydalanishga, amaldagi shart-sharoitlardan kelib chiqib, boyliklarni 
samarali joylashtirish va shu yo’l bilan respublika iqtisodiyotini 
yuksaltirish, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilishiga rag’batlantirish 
yo’li bilan investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb 
qilishga hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan.

Download 1,44 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   101




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval  2010 yilda GM Uzbekistan kompaniyasida avtomobillar ishlab

Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish