110
6-BOB. XORIJIY TADBIRKORLIK RIVOJLANISHIGA
XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYANING TA’SIRI
6.1. Xalqaro iqtisodiy integratsiya yordamida TMK
imkoniyatlarini kengaytirish
Xalqaro iqtisodiy integratsiya – davlatlararo iqtisodiy kelishuvlar
shaklini oluvchi davlatlarning xo’jalik-siyosiy birlashish jarayonidir.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyani amalga oshirishda davlatlararo kelishuvlar
bilan rasmiylashtiriluvchi turli davlatlarning kompaniyalari darajasidagi
aloqalarni mustahkamlashga intilish muhim turtki bo’ldi. XXI asr boshida
jahonda 100 dan ortiq davlatlarni qamrab oluvchi 30 ga yaqin integratsion
guruhlar faoliyat ko’rsatmoqda.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning harakatlantiruvchi kuchi bo’lib
pirovardida milliy va xalqaro tadbirkorlik strukturalari xizmat qiladi,
ularning manfaatlari quyidagi omillarga qaratilgan:
- xorijiy kompaniyalar bilan qo’shma tadbirkorlik tuzilmalarini
tashkil qilish yo’li bilan korxonalarning geografik faoliyat doirasini
kengaytirish;
- sotish va transport sarflarini qisqartirish bilan tovarlar, xizmatlar,
kapitallar, ishchi kuchi xalqaro ayirboshlash yo’lida to’siqlarni bartaraf
qilish asosida mintaqaviy bozorlarni kamrash, tarif va notarif to’siqlarni
yo’qotish, tovarlar va xizmatlar yetkazib berish hajmini, shuningdek
assortimentini kengaytirish hisobiga mintaqaviy bozordagi o’rnini
mustahkamlash;
- mintaqa miqyosida va masshtab samarasi ustunliklarini amalga
oshirishda xalqaro mehnat taqsimotidan foydalanish yordamida ishlab
chiqarishni tarkibiy qayta qurish va ratsionallashtirishga qiziqish;
- mintaqaviy guruhning barcha a’zo-mamlakatlari uchun davlat
buyurtmalari milliy bozorining ochilishi;
- davlatlar o’rtasida texnologiyalar almashish bo’yicha bitimlar va
yangiliklar kiritish oqimining o’sishi;
-
integratsion
guruhga
a’zo
davlatlar
kompaniyalari
raqobatbardoshligini
ITTKI
harajatlarini
ko’paytirish
hisobiga
mustahkamlash;
- integratsion guruhga a’zo davlatlarning muvofiqlashtirilgan tashqi
iqtisodiy siyosati evaziga noaniqlik tavakkalchiligini qisqartirish;
- milliy kompaniyalarni xorijiy tadbirkorlikni rivojlantirishga va
xalqaro korporatsiyalarni tashkil qilishga qiziqishi;
111
- bevosita xo’jalik aloqalari, kooperatsiyalash va hamkorlikning
boshqa shakllarini rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratish;
-
standartlarni
unifikatsiyalash,
soliqqa
tortish
tartibini
soddalashtirish, xalqaro savdo-iqtisodiy muzokaralar sonini kamaytirish
hisobiga ishlab chiqarish va sotish harajatlarini qisqartirish;
- xalqaro ishlab chiqarish, savdo va investitsion oqimlarni
kengaytirish yo’li bilan bandlik darajasini oshirish;
- korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyatining samaradorligini oshirish.
Yevropa Ittifoqi (YеI)
1
; Shimoliy Amerika erkin savdo kelishuvi
(NAFTA – AQSh, Kanada, Meksika); Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari
assotsiatsiyasi (ASEAN – Bruney, Indoneziya, Laos, Malayziya, Myanma,
Birma, Filippin, Singapur, Tailand, Vetnam); MERKOSUR (Braziliya,
Argentina, Paragvay, Urugvay) kabi yirik integratsion birlashmalarning
faoliyat yuritish natijalari milliy va xalqaro kompaniyalar manfaatiga ko’ra
integratsion jarayonlarning muayyan ketma-ketligi shakllanganligidan
dalolat beradi. Birinchi navbatda investitsiyalar (milliy rejimni kiritish
muammolari,
xalqaro
shartnomalarga
kafolatlangan
muvofiqlikni
ta’minlash, investitsiyalarni milliylashtirishdan ishonchli kafolatni
ta’minlash) xizmatlar sohasi, savdo masalalari hal qilinardi.
Xalqaro savdoning jonlanishi, sotish bozorlarining kengayishi,
investitsiya oqimlarini ko’paytirish ishlab chiqarishni qayta tashkil qilishni
rag’batlantirdi. Bunda integratsion jarayonlar xorijiy investitsiyalarning
uchta
afzalliklari
– mulkni xarid qilish, ishlab chiqarishni
baynalminallashtirish va integratsion birlashmalar hududida korxonalarni
ratsional joylashishini amalga oshirishga yordam beradi.
Integratsion guruhda iqtisodiy aloqalarni rivojlanish intensivligini
xalqaro menejer o’z qo’l ostidagi statistik ma’lumotlarga qarab bir necha
usullar bilan kuzatishi mumkin.
Integratsiya
jarayoni
dinamikasining
asosiy
ko’rsatkichlariga
quyidagilar kiradi:
- mamlakatlararo tovar ayirboshlashning jami YaMMdagi ulushi;
- integratsion guruhga a’zo-mamlakatlarning umumiy tovar aylanmasi
hajmida ularning mamlakatlararo ayirboshlashining ulushi. Masalan, 1980
yilda YеI a’zo-mamlakatlari o’rtasida tashqi savdo aylanishining yillik
o’sish sur’ati 9 % ni, 90-yillar oxirida 20 % ni tashkil etdi.
- integratsion guruhga a’zo-mamlakatlarning o’zaro BXI hajmini
ularning boshqa dunyo mamlakatlariga BXI hajmi bilan solishtirish.
1
(YеIga Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Belgiya, Niderlandlar, Irlandiya, Ispaniya, Portugaliya,
Finlyandiya, Shvetsiya, Avstriya, Gretsiya kiradi, 2004 yil 1 mayda 10 ta, 2007 yilda 2 ta mamlakat qo’shilgan. Жами
27 mamlakat kiradi)
112
Xususan, 1980 yilda YеI a’zo-mamlakatlar o’zaro BXI YеI hududida
umumiy sarmoyalar oqimining 25 % ini, 90-yillar ohirlarida 50 % ga
yaqinni tashkil etdi.
- integratsion guruh ichida kompaniyalar birlashmalari sonini boshqa
davlatlar firmalari bilan qo’shma korxonalar tashkil qilish va qo’shilishlar
soni bilan taqqoslash.
Iqtisodiy
integratsiya
doirasida
firmalarning
birlashishiga
ko’maklashuvchi asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- ishlab chiqarish ko’lamining samarasi;
- texnologiyalarni o’zaro ayirboshlash;
- korxonalar joylashgan o’rni ustunliklaridan foydalanish (Shimoliy
va MarkaziyYevropada murakkab qismlarni ishlab chiqarish, Janubda esa
arzon ishchi kuchi tomonidan yig’ish yo’lga qo’yilgan);
- mahalliy iste’molchilarning talabini yanada to’laroq qondirish
uchun mahsulot assortimentini kengaytirish;
- ITTKI harajatlarini ko’paytirish imkoniyatlari;
- transfert baholarni qo’llash (birinchi navbatda, turli davlatlarda
moliya sharoitlari va soliqlar farqlanuvchi tarmoqlarda);
- davlat buyurtmalarini olish;
- ITT imkoniyatlari o’sishi;
- yuk tashishlarni firma ichida taqsimlash hisobiga transport
harajatlarini qisqartirish.
|