116
Masalan, Xermosilloda (Meksika) Ford zavodi 3/4 qismi Amerikada ishlab
chiqarilgan detallardan avtomobillar tayyorlaydi. Sifat jihatidan ular
AQSh, Kanada yoki Yaponiyada yig’ilgan mashinalardan kam emas.
Amerikaning uchta avtogiganti - “Ford”, “Kraysler”, “Djeneral motorz”
yaqin yillarda shunday yo’l bilan ishlab chiqarish va sotishni kengaytirishi
va 4-10 % ga o’z foydalarini oshirishi taxmin qilinmoqda.
Kanada TMKlari NAFTA yordamida rivojlanishni boshlayotgan
texnologik tarmoqlarni (o’lchov asboblari,
kompyuterlar, aloqa vositalari
va boshqa ishlab chiqarish) nou-xau sotish, ishlab chiqarish samadorligini
oshirish va bozorni kengaytirish orqali o’z foydasini oshirishni nazarda
tutmoqdalar. Bunda kanada kapitalining janubga kuchishini kuchayishi
natijasida ish joylari qisqaradi. Biroq, boshqa tomondan qit’a ko’lamidagi
ulkan
liberallashgan
bozor
makonining
shakllanishi
uchinchi
mamlakatlardan, asosan YeI va Yaponiyadan
bevosita va portfel
investitsiyalarining Kanadaga oqib kelishini rag’batlantiradi.
EIda kamroq rivojlangan mintaqa va mamlakatlarga (Gretsiya,
Irlandiya, Portugaliya) qo’shma byudjet fondlaridan moliyaviy yordam
berilsa, NAFTA Meksikaga bunday yordam ko’rsatmaydi. Uning yangi
vaziyatlarga yolg’iz moslashishiga to’g’ri keladi. Shunga qaramay
NAFTA yordamida Meksika o’z iqtisodiyotini islohotlashtirish va sanoati
rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo’shilish muddatini yarim asrdan 10-15
yilgacha qisqartirishi taxmin qilinmoqda.
Buning uchun ikki shimoliy
davlat va Meksika o’rtasidagi tovar ayirboshlashni faol erkinlashtirish
jarayoni boshlanishi zarur, chunki kanada-amerika savdosida savdo
to’siqlari bartaraf etib bo’lingan. Ayniqsa, tayyor mahsulotlar ayirboshlash
cheklovlardan qat’iy ozod qilingan: sanoat va
oziq-ovqat tovarlari bilan
o’zaro savdoda boj to’lovlari 65%ga kamaytirilgan, qolgan to’lovlarning
ko’pchiligi esa 2003 yilda tugatiladi. Energoresurslar, qishloq xo’jalik
mahsulotlari, avtomobillar va to’qimachilik tovarlari bozorini asta-sekin
liberallashtirish mo’ljallangan.
Meksika qishloq xo’jalik mahsulotlari bo’yicha har bir shimoliy sherik
bilan alohida ikki tomonlama shartnomalar tuzmoqda. Meksika o’z
bozoriga Kanada va AQShning yuqori texnologik
tovarlari kirib kelishini
ta’minlash uchun Amerika va Kanadada ishlab chiqarilgan kompyuterlarga
avvalgi 20%lik boj to’lovini butunlay olib tashladi, uchinchi
mamlakatlardan shunday tovarlarga boj to’lovi asta-sekin 3,9%gacha
pasaytiriladi. Shunday qilib, shimoliy sheriklarga
Meksika bozoridan
arzon yapon va Janubiy Koreya texnikasini siqib chiqarish imkoniyati
beriladi. 10 yil mobaynida Meksika avtomobillar importiga ko’pgina
117
cheklashlarni olib tashlashi kerak, bu esa amerika eksportyorlariga bozorni
kengaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari, 90-yillar o’rtalarida
Meksikada xorijiy investorlar imkoniyatlarini kengaytiruvchi qonun
kiritilgan edi. Sanoat va qishloq xo’jaligining ko’p
tarmoqlarida kapitalni
“har qanday nisbatlarda” kiritish ruxsat etildi. Xorijiy tadbirkorlarga
energiya tashuvchilar va radioaktiv rudalarni izlab topish va qazib
chiqarishga transport va kommunikatsiya infrastrukturasiga mablag’lar
investitsiyalash hozircha ta’qiqlanadi. Keyinchalik qatnashish ulushi
cheklangan sohalarda uni 2001 yildan boshlab - 51 % gacha, 2004 yildan
boshlab – 100 % gacha kengaytirish ko’zda tutilmoqda.
Meksika banklar va sug’urta kompaniyalarida
xorijiy firmalarning
ishtirok etish cheklovlarini olib tashlash majburiyatini olgan, bu esa
Amerika va Kanada moliyaviy kapitalining Meksika sug’urta bozorining 3
dan 1 qismini egallash imkoniyatini yaratadi.