Xalqaro menejment




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/101
Sana18.01.2024
Hajmi1,44 Mb.
#140301
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   101
Bog'liq
Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

7.2-rasm. Yapon avtоmobilsozligida subyetkazib berishlarning 
chizmasi 


132 
“Porshe” kompaniyasi sotuvlarining keskin kamayishi va firma 
rahbariyatining ishlab chiqarish harajatlarining o’sishi ustidan nazoratni 
yo’qotishi tufayli bankrotlik yoqasiga va mustaqillikni yo’qotishiga kelib 
qoldi. Qarzlarga botgan kompaniyani germaniya avtogigantlari “Mersedes-
Bens”, “BMV” va “Folksvagen” sotib olishga tayyor edi.
“Porshe” mustaqilligini ma’muriyatning “o’z kamchiliklaridan nobud 
bo’lishdan ko’ra, o’zga tajriba yordamida tuzalmoq afzal” degan g’oyasi 
va “Sin gidzyutsu” (tarjima qilinganda – yangi texnologiya) yapon 
maslahat firmasi mutaxassislarini taklif qilish qarori qutqarib qoldi. Yapon 
mutaxassislari uch yil ichida “Porshe”ni qayta qurdi. Natijada yig’ma 
konveyer qisqartirildi, bir necha uchastkalar va yordamchi xonalar 
yo’qoldi, zavodning hududiy maydoni 30 % ga kamaydi, avtomobil 
yig’ish sur’ati esa deyarli 40 % ga o’sdi va ishlab chiqarish nosozligi 
(brak) kamaydi. 
Hal qiluvchi momentlardan biri bo’lib nemis intizomi va pedantizmi 
o’rniga yapon menejmenti tomonidan yaratilgan ijodiy muhit o’rnatilishi 
xizmat qildi. Mehnat avvalgi uskunalarda o’sha ishchilar va muxandislar 
yordamida amalga oshirilmoqda. Ishchi va muxandislar yapon menejmenti 
ta’sirida ratsionalizatsiya jozibadorligini anglab, har oyda yaponlar 
tomonidan zamonaviylashtirilgan mehnat jarayonini takomillashtirishga 
qaratilgan ikki yarim mingta taklif-tashabbuslar taqdim qilmoqdalar.
Yapon novatsiyalarining kiritilishi amalda menejment va butun ishlab 
chiqarish tsiklini tashkil etish nuqtai-nazaridan yangi “Porshe” 
kompaniyasi vujudga kelishiga olib keldi. “Porshe” moliyaviy 
qiyinchiliklardan qutildi, yuqori foyda ko’rmoqda va bozorga yangi model 
– marketing taxmini bo’yicha 50 ming dollar bahoda ikkio’rinli 
oltitsilindrli “Bokster” avtomobilini chiqarmoqda. Bundan tashqari, butun 
tarixi mobaynida ilk bor sport avtomobillari ishlab chiqarishdan tashqari 
vezdexod va mikroavtobuslar chiqarishni mo’ljallamoqda. 
Boshqa misol – AQShda “Toyota” yapon firmasi va “Djeneral 
motors” amerika korporatsiyasining qo’shma korxonasini tashkil qilinishi. 
“Nyu yunayted motor menyufekchuring ink.” (NYuMMI) nomli qo’shma 
korxona Frimont shahridagi (Kaliforniya shtati) zavodda joylashgan. 
Yaponiyadagi “Toyota” firmasida, AQSh da “Djeneral motors” 
korporatsiyasi zavodlarida va qo’shma amerika-yaponiya “NYuMMI” 
korxonasida 
avtomobil 
ishlab 
chiqarishning 
texnik-iqtisodiy 
ko’rsatkichlarini taqqoslash AQShda avtomobillar ishlab chiqarishga 
yapon menejmentining ijobiy ta’sirini ko’rsatdi (7.1-jadval). Dunyoda eng 


133 
keng tarqalgan yapon menejmenti usullarining ro’yxati 7.2-jadvalda 
berilgan. 

Download 1,44 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   101




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish