125
7-BOB. KOMPANIYA FAOLIYAT YURITAYOTGAN
MAMLAKATLARDA MENEJMENT USLUBINING
XUSUSIYATLARI
Menejment uslubi
Milliy xususiyatlar, ya’ni madaniyat,
psixologiya, temperament,
an’analar ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tushunish va hal qilish, hamda
korxonalarning samarali faoliyati uchun zarur
tashkiliy sharoitlarni
yaratish usuli sifatidagi menejment uslubiga ta’sir ko’rsatadi. Global
menejerning faoliyat doirasiga turli mamlakatlarda muloqot ko’rinishi,
ishlab chiqarish munosabatlari, muzokaralarda xulq-atvor xususiyatlarini
hisobga olgan holda zamonaviy boshqaruv usullari
asosida ishni tashkil
qilish kiradi. Xalqaro menejer qabul qiluvchi mamlakatda o’z faoliyatining
dastlabki qadamlaridanoq menejment uslubi xususiyatlariga duch keladi.
Global menejment bo’yicha mutaxassislar tashqi iqtisodiy bitimning
xalqaro menejment faoliyatining ilk davrida qiyinchiliklar keltirib
chiqarishi mumkin bo’lgan yettita asosiy elementlarini ajratadilar:
1. Yangi xorijiy sherik bilan muzokaralar muhiti. Bu yerda
muzokaralar o’tkazilayotgan mamlakatlik sheriklar ma’naviy
ustunlikka
ega bo’ladi. Ular muzokaralar davrida kam harajat qiladi va mahalliy
bozor ahvoli haqidagi tezkor axborot bilan yaxshiroq ta’minlangan.
2. Qabul qiluvchi mamlakatning madaniy va tarixiy xususiyatlari.
Ularni bilish ishbilarmonlik muhitiga tezroq moslashishga, mahalliy
iste’molchilar va yetkazib beruvchilar bilan
oson til topishga yordam
beradi.
3. Qabul qiluvchi mamlakatning mafkurasi (millatchilik, islom
fundamentalizmi, xitoy patriotizmi va b.) xorijiy korxona biznesini tashkil
qilish va faoliyat yuritishiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.
4. Byurokratik an’analar qabul qiluvchi mamlakatda tadbirkorlik
faoliyati o’rnatilishini uzoq muddatga cho’zib yuborishi mumkin.
Masalan, Rossiyada “Makdonalds” restoranlarini tashkil qilish haqidagi
muzokaralar 10 yil atrofida davom etgan.
Ekspertlar baholashicha, 90-
yillarda Xitoyda xorijiy va xitoy firmasi o’rtasida qo’shma korxona tashkil
qilish to’g’risidagi muzokaralar o’rtacha ikki yil atrofida davom etgan.
5. Qabul qiluvchi mamlakat qonunlari. Ular xalqaro menejer
tomonidan o’rganilgan bo’lishi va ularga qat’iy rioya qilinishi kerak.
6. Turli pul tizimlari qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro kompaniya
xorijiy filialining faoliyatini jiddiy qiyinlashtiradi.
126
7. Qabul qiluvchi mamlakatda siyosiy va iqtisodiy barqarorsizlik
xorijiy filial faoliyatida kutilmagan va keskin salbiy o’zgarishlarni keltirib
chiqarishi mumkin.
Bryusseldagi YeI shtab-kvartirasida osilgan plakatda YEIga a’zo-
mamlakatlar korxonalaridagi ishchi va xizmatchilarning bir-biridan keskin
farqlanuvchi milliy xususiyatlariga duch keluvchi
xalqaro menejerning
qiyinchiliklari yumor yordamida ifoda etilgan.
Umumyevropa menejment uslubini yaratishga urinib ko’ring, agar:
nemislar yumorni tushunmasa,
finlar sukut saqlasa,
inglizlarning ovqati anglab bo’lmas aralashmalardan iborat bo’lsa,
lyuksemburgliklar yulduz kasalligiga duchor bo’lsa,
fransuzlar rulda kutilmagan harakatlar sodir qilsa,
ispanlar mag’rur,
italyanlar xissiyot og’ushida,
gollandiyaliklar ziqna,
belgiyaliklar ish joyida o’tirmasa,
portugaliyaliklar kuvaldadan murakkabroq texnikani o’zlashtira
olmasa,
shvedlar o’ta birqarashli,
greklar tashkiliy bo’lmasa,
irlandiyaliklar ichkilikni xush ko’rsa,
avstriyaliklar sabrsiz bo’lsa.
Sayyoramizda ikkita asosiy menejment uslubi: g’arbiy va sharqiy
menejment uslublari mavjud.